Reja: Qadimgi Sharq madaniyatida axloqiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi
Download 144.5 Kb.
|
Ijtimoiy ishning axloqiy va insonparvarlik xususiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qadimgi Sharq madaniyatida axloqiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi
- Somir va Bobilon.
Ijtimoiy ishning axloqiy va insonparvarlik xususiyati Reja: 1. Qadimgi Sharq madaniyatida axloqiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi. 2. Antik davrning axloqiy ideallari. O‘rta asrlardagi axloqiy qarashlar. 3. Uyg‘onish davri va Yangi zamon axloq konsepsiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari. 4. Din va axloqiy muammolar. 1. Qadimgi Sharq madaniyatida axloqiy qarashlarning shakllanishi va rivojlanishi Axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurning vujudga kelishi hamda uning taraqqiyoti qonunlarini o‘rganadi, ma’naviy merosning ulkan qismi bo‘lmish axloqiy ta’limotlar, hikmatlar, pand-o‘gitlarni zamonaviy jamiyat hayotiga tatbiq etish va targ‘ib qilish yo‘llarini tahlil etadi. Garchand har bir axloqiy konsepsiya ma’lum bir mutafakkir mulohazalari va ilmiy faoliyatining mevasi bo‘lsa-da, u mohiyatiga ko‘ra, muayyan tarixiy davr talablaridan kelib chiqadi. Ayni paytda, turli odob va etiket qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladigan axloqiy targ‘ibot muammolari, axloqiy pand-o‘gitlar va me’yorlar talablarini bajarish-axloqiy boshqarish sohasiga kiradi hamda axloqshunoslikning odatda “amaliy axloq” deb ataladigan qismini tashkil etadi. Somir va Bobilon. Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim ming yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo‘lmish mixxatda Somir (Shumer) giltax-talariga yozilgan matnlarda aks etgan. Ularga ko‘ra, somirliklar haqiqat va adolatni, qonun va tartibni adolat va erkinlikni, shafqat va muruvvatni yuksak baholaganlar hamda qadrlaganlar. Tabiiyki, ular yolg‘on va yovuzlikni, adolatsizlik va zulmni shafqatsizlik, va qattollikni inkor etganlar. Somir podsholari, hokimlari o‘zlarining qonun va tartib o‘rnatilganliklari, yovuzlik va zo‘ravonlikni yo‘q qilganliklari, mazlumlarni zolimlardan himoya qilganliklari bilan faxrlanganlar. Somir alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma’budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo‘lganlari uchun ham madh etiladi. Shuningdek, somiriylarning maqol va matallari, hikmat-iboralari ham diqqatga sazovor; ularning ko‘pchiligi umuminsoniy hikmatlar darajasiga ko‘tarilgan va Sharqda biroz boshqa-charoq shaklda hozirgacha qo‘llaniladi. Somirliklar erishgan ilmiy, badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlar bobilliklar axloqiy qarashlari uchun asos bo‘ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbatan badiiy yuksak va mukammal «Gilgamesh» (turkolog olimlar uni «Bilgamish» ‒ «bilimlar egasi» deb e’tirof etishadi) eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan Bobilon podshosi Xammurapining mashhur Qonunlar majmuyi esa Qadimgi Somir qonunlarining tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, yetim-yesir va kambag‘allarni adolat tamoyili asosida himoya qilish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan; Xammurapi unda o‘zining kambag‘alparvarligi va adolatparvarligi bilan faxrlanadi. Umuman olganda, Somir va Bobilonda majusiyat shaklidagi dindorlik juda kuchli bo‘lgan: kimda-kim ma’budlarga ixlos qo‘ysa, ular yuborgan azoblarga chidasa, shukronalik qilsa, baxtli yashaydi, aks holda esa ma’budlar qahriga uchrab, xor-zorlikda dunyodan ko‘z yumadi, degan qat’iy aqida hukm surgan. Qadimgi donishmandlar barcha balo-qazo odamlar boshiga ularning gunohlari tufayli yog‘iladi, gunohsiz odam esa dunyoda yo‘q. Olamda yovuzlikning mavjudligi odamlarning xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lib, bunga ma’budlar zarracha ham aybdor emas. Download 144.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling