Аristоtеl` erаmizdаn оldingi 384-322 yillarda yashagan U. Plotonning shogirdi, makedoniyalik iskandarning tarbiyachisi.Aristotel` olamni yaxlit bir butun deb bildi.U odamda tana bilan jon bor materiya bilan forma singari bir-biridan ajralmagan holda mavjuddir, deb bildi. Uning fikricha uch xil jon bor:
1. o'simlikdan tarkib topgan jon oziqlanishda va o'rchib ko'payish namoyon bo'ladi;
2. hayvonotdan tarkib topgan jon, bu sezgilar va istaklarda namoyon bo'ladi;
3. aqlning ifodasi bo'lgan jon.
Insondagi jonning hayvoniy qismi aqlga tobe bo'lganligi uchun uni iroda deyish mumkin.
Uning fikricha, uch xil jonga muvofiq uch xil tarbiya jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya bo'lishi kerak. Tarbiyaning maqsadi jonning oliy tomonlarini aql va irodani kamol toptirishdan iboratdir. Har bir moddada rivojlanish bo'lganidek, insonga ham tabiat faqat qobiliyatlarning boshlang'ichnigina beradi, insonda kamol topish imkoniyati tabiatda mavjuddir va imkoniyat tarbiya vositasi bilan ro'yobga chiqariladi, shu sababli jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyani bir-biri bilan bog'lab olib borish maqsadga muvofiq. Tarbiya davlat tomonidan bir xil tashkil etilishi kerak.Aristotel` pedagogika tarixida birinchi bo'lib bola yoshini davrlarga bo'ldi, insonning yoshlik yillarini 3 yilga bo'ldi.
1) 7 yoshgacha, 2)7-14 yoshgacha, 3) 14-21 yoshgacha bo'lgan davr.Uningcha bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanishi kerak.O'g'il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktablarida o'qishlari kerak.Bolalarga aqliy tarbiyadan oldin jismoniy tarbiya berilishi kerak.Boshlang'ich ta`lim vaqtida gimnastikadan tashqari uqish yozish, grammatika, rasm va muziqa urgatilishi kerak. Uning xotin-qizlar tarbiyasi erkaklar tarbiyasidan farq qilishi kerak.Hamma narsada ortiqchallika ham, kamchillika ham yo'l qo'ymaydigan xatti- harakat yaxshilikning nishonasidir, harakatni hosil qilish uchun ko'proq mashq qilish kerak.
Dеmоkritning fаlsаfiy qarashlari (eramizdan oldingi 460-370 yillar) qadimgi gresiya falsafasining cho'qqkisidir. O'z asarlarida tarbiya masalalariga ko'p e`tibor beradi. Demokrit tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalalarini birinchi bo'lib ilgari surdi. “Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o'xshaydi” deb yozadi. U “ta`lim mehnat asosidagina go'zal narsalarni hosil qiladi” deb ko'rsatib o'tadi va tarbiya ishida mehnatning roli katta ekanligini ta`kidlaydi va “doimo mehnat qilib turishni” talab qiladi.
Demokrit yomon o'rganishdan ehtiyot bo'lish kerak va yaxshi xulq hosil qilishda mashqning ahamiyati katta deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |