Reja: Qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklariga qarshi kurash usullari
Fungitsidlardan foydalanish qoidalari
Download 212.46 Kb.
|
2.8. Fungitsidlardan foydalanish qoidalari
Barcha fungitsidlar va antiseptiklar qishloq xo‘jaligi o‘simliklarida, shu jumladan daraxtlarda uchraydigan kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar bo‘lib, ular insonlar, issiqqonli hayvonlar, foydali hasharotlar, qushlar va boshqalar uchun ham zaharlidir. Qo‘llaniladigan kimyoviy moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirishda ularni qo‘llash qoidalarini yaxshi bilish muhim ahamiyatga ega. Kimyoviy himoya chora-tadbirlarini qo‘llash faqatgina tajribali, shu sohaning yetuk mutaxassisi tomonidan bajarilishi kerak. Yil boshida dala ishlarini boshlashdan oldin barcha kimyoviy himoya qilish tadbirlariga aloqador xodimlar instruksiyadan o‘tishlari shart. Instruksiyada pestitsidlarni qo‘llashda ehtiyot choralari, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, tuproq, suv, suv havzalari va atrof-muhitni zaharlanishdan asrash, zaharlangan insonlarga tez yordam berish va boshqa tadbirlar bilan tanishib chiqiladi. Fungitsidlar bilan ishlashda 18 yoshga to‘lmagan, emizikli, homilador ayollar, yuqumli kasallik bilan og‘rigan va jarrohlik operatsiyasini o‘tkazgan xodimlarning umumiy ish vaqti 6 soatdan oshmasligi kerak (o‘tkir zaharlovchi moddalar bilan 4 soat, qolgan 2 soati boshqa ishlar). Fungitsidlar bilan ishlashda shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash lozim. Ish vaqtida ovqatlanish, chekish va ichish mumkin emas. Ma’lumki, ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilish katta ahamiyatga egadir. Ovqatlar oqsil va vitaminlarga boy bo‘lishi lozim, ovqatni ish boshlashdan oldin qabul qilish kerak. SHo‘r va tuzlangan narsalarni mumkin qadar kamroq iste’mol qilish lozim, chunki ular organizmda suv miqdorini to‘xtatib turadi. Ertalab va tushlikda sut, sho‘rva, kisel, choy kabi tuzi kam ovqatlarni iste’mol qilish, kunlik ichiladigan suyuqlik 2,5 litrdan kam bo‘lmasligi kerak. Fosfororganik va mis preparatlari bilan ishlaganda yog‘li taom, rux fosfid bilan ishlaganda esa tuxum iste’mol qilish mumkin emas. Fosfororganik preparatlar qo‘llanilganda tvorog, sut, qatiq, shakar, sabzavot, ko‘kat, grechka, S vitaminiga boy ovqatlarni, mis preparati ishlatilganda – oqsil va vitaminlarga boy ovqatlar, meva, asal va shakarni ko‘p iste’mol qilish kerak. Tuproq, urug‘ va ekinzorlarga ishlov berish mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak. Kimyoviy preparatlar bilan ishlovchi odamlar shaxsiy himoya vositalari va sut bilan ta’minlanadi. Ish joyida tez tibbiy yordam vositalari bo‘lishi shart. Ishchi-xodimlar yilda bir marta shifokor ko‘rigidan o‘tkaziladi. Kimyoviy moddalarni qo‘llash chora-tadbirlari qabul qilingan texnologiya talablariga muvofiq bajarilishi kerak. Shundagina himoya choralari yaxshi natija berishi, inson va atrof muhitni zaharlanishidan himoya qilishi mumkin. Kimyoviy moddalarni qo‘llashga mutaxassislar ko‘rsatma bergandan keyingina ruxsat beriladi. Pestitsidlarni qo‘llash qabul qilingan reglament asosida olib boriladi. Pestitsidlar va ularni qo‘llash maxsus jurnallarga yozilib boriladi. Havo harorati 200С bo‘lgan kunlarda pestitsidlar ertalab va kechqurun qo‘llaniladi. 1-2 sinfga kiruvchi o‘ta zaharli preparatlarni aholi yashaydigan joylarda, chorvachilik komplekslari, qishloq-xo‘jalik ekinlarida ishlaydigan ishchilar ko‘p joylarda va dam olish maskanlariga yaqin joylarda qo‘llash mumkin emas. Pestitsidlar qo‘llaniladigan joydan 300 m masofada ogohlantirish ko‘rsatgichi bo‘lishi shart. Kimyoviy moddalarni dalada qarovsiz qoldirishga ruxsat etilmaydi. Download 212.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling