Reja: Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda


Download 75.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana02.06.2024
Hajmi75.51 Kb.
#1835843
1   2
Bog'liq
kfkg(1)

1. Yerni ekin ekish oldidan ishlash.
2. Yerni ekin ekishdan keyin ishlash.
3. Qishloq xojaligi ekinlarini ekish usullari.
’


1.Yerni ekin ekishdan oldin ishlash.. Yerni ekin ekishdan oldin ishlash
boronalashdan boshlanadi. Boronalanganda yerning yuza qismi tekislanadi, endi
osib kelayotgan begona otlar yoqotiladi, kesaklar maydalanadi, hosil bolgan
’
’
’
’
qatqaloq yumshatiladi va nam buglanishi-ning oldi olinadi.
’
Yerga ekin ekish oldidan ishlov berishni yer yetilmasdan oldin boshlab
yuborish mumkin emas, chunki bunda palaxsalar hosil bo’ladi, uning yuza qismi
zichlashadi. Кo’klamda shudgorning 8-10 sm chuqur-likdagi tuprog’i yetilishi
bilan yerni ishlay boshlash kerak. Respub-likamizning turli tuproq-iqlim sharoitida
bu muddat taxminan quyidagi davrlarga togri keladi: Qashqadaryo, Surxondaryo
’ ’
va Buxoro viloyatlarida fevral oyining ikkinchi yarmiga, yoki mart oyining
birinchi besh kunligiga, Andijon, Namangan, Fargona viloyatlarida mart oyining
’
birinchi yarmiga, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va Samar-qand viloyatlarida mart
oyining ikkinchi yarmi, Xorazm va Qora-qalpogistonda esa mart oyining uchinchi
’
on kunligi, aprel oyining birinchi besh kunligiga togri keladi.
’
’ ’
Yogingarchilikdan keyin shudgorning yuza qismi zichlashgan bolsa, chizel-
’
’
kultivatorlar bilan yerni yumshatish, songra mola bosish kerak.
’
Tuproq shori yuvilgan va yaxob suvi berilgan yerlarni chigit ekishga
’
tayyorlashda egat, marza, oqariqlar, past va dongliklar tekislanadi. Yer yetilishi
’
’
bilan boylamasiga yoki kondalangiga ikkita ketma-ket ulangan borona yurgiziladi.
’
’
Кo’klamda yerni sayozroq bo’lsa ham qayta haydashga yo’l qo’ymas-lik
kerak. Agar yaxob berilgandan yoki tuproq sho’ri yuvilgandan keyin yer juda
zichlashib, begona o’t bosgan bo’lsa, plugning agdargichlarini olib qo’yib
yumshatish mumkin.
Кo’klamda haydaladigan yerlarni iloji boricha barvaqt, yer yetilishi bilanoq
ishlashga kirishish kerak. Shunday qilinganda tuproqda nam toplanadi. Yer
’
bahorda haydalganda zudlik bilan diskalash va borona-lash kerak.
2.Yerni ekin ekishdan keyin ishlash.Malumki, Markaziy Osiyo tuproqlari
’
yomgir yoqqandan keyin qatqaloq hosil qiladi. Tuproqning mexanik tarkibi qancha
’
ogir bolsa, qatqaloq shuncha qattiq va qalin boladi. Tuproq shor bolsa, qatqaloq
’
’
’
’
’
yana ham qattiq boladi. Shuning uchun ekinzorlarda bahorgi yomgirlardan keyin
’
’


hosil bolgan qatqa-loqni zudlik bilan yumshatish lozim. Qatqaloq oz vaqtida
’
’
yumshatil-may kechiktirilsa, uning qattiqligi va qalinligi oshib boradi, yumshatish
qiyinlashadi va zarari katta boladi.
’
Agar chigit unib chiqqan yoki chiqish oldida bolsa, rotatsion motiga yoki
’
chigit, makkajoxori chiqib, qatorlari bilingan bolsa,u holda rotat-sion yulduzchalar
’
’
ornatilgan kultivatorlardan foydalanish mumkin.
’
Chigit ekish tamomlangandan keyinroq yomgir yogsa, qatqaloqni yoppasiga
’
’
yumshatadigan yengil "zig-zag" borona bilan qatorlarni kondalangiga boronalash
’
mumkin.
Yerning qotib qolishiga va begona otlarning osib rivojlanishiga yol qoymaslik
’
’
’
’
uchun ekinlarning qator orasiga ishlov berishni erta boshlash kerak. Ekinlarning
qator oralariga ishlov berish muddati va chuqurligi tuproqning holatiga.begona
otlar bilan ifloslanganligiga va ob-havo sharo-itiga qarab belgilanadi.
’
Кultivatsiya qilishda kultivatorning ikki chetidagi pichoq 6-8 sm, o’rtasidagi
g’ozpanja esa 10-12 sm chuqurlikda ishlatiladi. G’o’za qator oralarining qanday
kenglikda (60 yoki 90 sm) bo’lishidan qat’iy nazar kultivatsiya qilishda 8-10 sm
kenglikda himoya zonasi qoldiriladi. Кeyingi kultivatsiyada yumshatuvchi ish
organlarining chetidagisi 8-10 sm, o’rtadagisini esa 14-16 sm chuqurlikda
ishlatiladi. Ikkinchi, uchinchi va keyingi kultivatsiyalarda himoya zonasi 10-12 sm
gacha kengaytiriladi.
Har galgi sug’orishdan song yer yetilishi bilan kultivatsiya otkazish lozim. Bu
’
’
namlikni saqlashni taminlaydi.
’
3.Qishloq xojaligi ekinlarini ekish usullari
’
Hozirgi sharoitda ekin uruglari
’
turli xil konstruksiyadagi seyalkalar bilan ekiladi.
Yoppasiga qatorlab ekish. Bu usulda SU-24, S3D-24, kombinatsiya-
lashtirilgan SUК-24 kabi seyalkalarda arpa, bug’doy, javdar, suli va boshqa ekinlar
ekiladi, qatorlar orasi 13-15 sm, o’simliklar orasi esa 1,2-1,5 sm bo’lib, urug’
oraliqlari har xil bo’ladi.


Tor qatorlab ekish. Bu usul bilan SUB-48, SUB-48B va SA-48 mar-kali diskli
yoki soshnikli seyalkalarda zig’ir, raps, bug’doy,javdar kabi ekinlar, qatorlar orasi
6-8 sm, o’simliklar orasi 3-4 sm qilib ekiladi.
Shaxmat usulida ekish. Bu usul g’alla ekinlarini SU-24, S3D-24, SUК-24
seyalkasi bilan ekishda qo’llaniladi. Bunda seyalka urug’ni yarim normasini
sepadigan qilib sozlanadi. Urug’ning yarmi dalaning uzunasiga, qolgan qismi esa
dalaning ko’ndalanggiga yurib ekiladi.
Qatorsiz ekish. Bu usulda kultivator seyalka va КAS-3,5 markali o’rnatma
seyalkadan foydalaniladi. Urug’ seyalkaning tebranish nati-jasida panjalar ochib
ketgan egatchalar tagiga 6-11 sm kenglikda yol-yol bolib tushadi. Seyalkaning
’
’
’
prujinali boronasi tuproq betini tekislaydi va urug ustiga biroz tuproq tortib uni
’
komadi. Dukkakli don va yorma qilinadigan ekinlarni qatorsiz ekilganda yaxshi
’
natija beradi.
Tasma shaklida ekish. Bunda 2 yoki bir necha qator bir-biriga yaqin qilib
ekiladi. Har bir qatorlar orasi osimlikning xususiyatiga qarab 7-8-15 sm, bir qosh
’
’
qator bilan, ikkinchi qosh qatorlar orasi 45-60 sm boladi. Bunday qatorlarni tasma
’
’
deyiladi. Tariq, sabzi, piyoz va boshqa ekinlar shu usulda ekiladi.
Egat tagiga ekish. Issiq va qurgoqchil, tuproqning yuza qatlami tez quriydigan
’
hamda togli tumanlarda don ekinlarining urugini egat ochib, egat tagiga ekish
’
’
yaxshi natija beradi. Bunda seyalka soshniklarining oldiga egat ochadigan maxsus
panjalar ornatiladi, u 12-15 sm chuqurlikda va 45 sm kenglikda egat ochadi.
’
Кeng qatorlab ekish. Chigit, makkajo’xori, lavlagi, oq jo’xori kabi ekinlar
keng qatorlab ekiladi va ekishda STX-4A va STVX-4 markali seyalkalardan
foydalaniladi.
Qatorlar va qatordagi o’simlik oraligining kengligi har qaysi ekinning
biologik xususiyatiga qarab belgilanadi. Ekinlarning qator orasi 60-90 sm va undan
ortiq bo’lishi mumkin.
Кvadrat uyalab ekish. Bu usulda chigit hamda makkajo’xori, lavlagi SКGX -
4-6A, SКGX-6B, STVX-4, STX-4 kabi markali maxsus seyalka-lardan foydalanib
ekiladi.


Кeng qatorlab seruyalab ekish. Sugoriladigan dehqonchilik sharoi-tida chigit,
’
makkajoxori, lavlagi va boshqa ekinlarni qator orasi 60 va 90 sm, osimlik orasini
’
’
esa 10-30 sm qilib ekish usuli qollanilmoqda.
’
Urugni egatga ekish usuli. Jumhuriyatning janubiy paxtakor xoja-liklari yerni
’
’
egat olib sugorib, yer yetilishi bilan egatga chigit ekmoqda. Egatlar kuzda yoki
’
bahorda olib qoyiladi.
’
Ekish muddati. Oz vaqtida ekilgan urug qulay sharoitda tuproqning tabiiy
’
’
namiga bir tekis unib chiqadi. Hamma maydonda kochat tola boladi. Bu esa
’
’
’
osimlikning osishini va rivojlanishini tezlashtiradi, hamda mol hosil olishga imkon
’
’
’
beradi. Ekish muddati, tuproqiqlim sharoiti va ekin-larning biologik
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ekish meyori - deb bir gektar yerga ekiladigan urug miqdoriga aytiladi.
’
’
Ekinni ekish meyorini kilogramm hisobida quyidagi formula bilan hisoblanadi.
’
E = S x O
bu yerda:
S -1 gektar yerga ekish uchun sarflanadigan konditsion uruglar soni.
’
O - 1 dona urugning ortacha ogirligi.
’
’
’
Agar 1000 dona sholi urugining ortacha vazni 35g bolsa, bir gektar yerdan 5
’
’
’
mln.tup kochat olish uchun 5mln x 0,035g
’
= 175 kg uruglik sholi ekish kerakligi
’
aniqlanadi. Urugning xojalik jihatdan yaroqliligi past bolsa ekish normasi hisoblab
’
’
’
tegishli miqdorda oshiriladi.
Agar uruglik sholini xojalik yaroqliligi 95% ni tashkil etsa, gektariga ekish
’
’
meyori quyidagicha topiladi:
’
175 x 100
= 184,2 kg/ga
95
Urugni ekish meyori shu ekin ekilayotgan xojalikning tuproq-iqlim sharoitiga,
’
’
’
ekish muddatiga va usuliga qarab o’zgaradi.


Ob-havo sharoitining o’zgarishi, ya’ni yerning sernam yoki quruqligi ekish
normasiga ta’sir etadi. Ob-havo noqulay bo’lguday bo’lsa, ekish normasi biroz
oshiriladi.

Download 75.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling