Reja: Qishloq xo'jalik melioratsiyasining ahamiyati
Download 24.51 Kb.
|
Melioratsiya va yerlarni rekultivatsiyalash turlari va ularning xalq xo jaligidagi roli.
Melioratsiya va yerlarni rekultivatsiyalash va ularning xalq xo’jaligidagi roli Reja: 1.Qishloq xo'jalik melioratsiyasining ahamiyati. 2.Meliorasiya fan 3.Fanning maqsadi va vazifasi. 4.Fanning qisqacha tarixi. 5.Melioratsiyaning turlari O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin yer va suvga bo'lgan munosabat tubdan isloh qilina boshlandi. Yer va suv manbalaridan oqilona, samarali foydalansh uchun mamlakatimizda qator qonunlar va qarolar qabul qilindi. Vazirlar mahkamasining "1993-1994 yillarda yangi yerlari o'zlashtrish va qadim dan sug'oriladigan yerlarni ta'mirlashga doir shoshilinch choralar to'g'risida" gi qarori. O'beiston Respublikasi Oliy Majlis suvdan foydalanish to g'risida (1993y), "Yer solig'i to'g' risida" (1993 yil 6 may), "O'zbekiston Respublikasining yer kodeksi" (1998 yil 30 aprel), "Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) to'g'risida, (1998 y.) "Fermer xo 'jaligi to'g'risida", "Dehgon xo' jaligi to'g'risida" (1998 y.) qonunlari shular jumlasidandir. Ushbu gonun va garorlar asosida qishloq xo'jaligida tub islohatlar amalga oshirilm oqda. Respublikamizning umumiy yer maydoni 2000 yil 1 yanvardagi ma'lumot bo'yicha 44787,7 ming gektar, shundan sug'oriladigan maydon 4300 ming gektar yoki umumiy maydonning 9,3% ini tashkil qiladi. Sug'oriladigan yer lardan olinadigan mahsulotlar umum ly qishlog xo'jaligidan olinadigan mahsulot laring 95% ini tashkil etadi. Shuning uchun sug'oriladigan yerlardan samarali foydalanish ularni anumdorligini oshirib borish, har bir gektar yerdan kafolatlangan yugori sifatli arzon mahsulot olish muhim muammo bo'lib golmogda. Bu muammolarni hal gilishda melioratsiya fanining ahamiyati juda katta. Chunki sug'oriladigan yerlarning 55-60% i sho'rlangan va botqoqlangan, 50% i eroziyalangan 10-12% gipsli, korbonatli, tuproqlardan iborat. Shu bilan birga sug'oriladigan yer lar tarkibida juda unimsiz qum va qumloq, toshloq, shag'al tuproglar ham keng targalgan. Yugorida ko'rsatib o'tilgan yerlardan unimli foydalanish uchun melior at siya tadbirlart zaruriy omillar hisoblahadi. Tarixiy ma lum otlarga qaraganda Markaziy Osiyoda eramizdan oldingi IX-VIII asirlardayoq sug'orish melioratsiyasi bo'lgan. Bunga misol qilib Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona davlatarida katta sug orish ishlari, sug'orish tamoglari, sur to'plash inshootlart qurilganligi ma' lum." Bu vohalarda fagat sug'orish kanallari emas, balki ular zovur qazib sizot suvlarini kamatrish, shahar va qishloglami toza suv bilan ta'minlash uchun quvurlardan foydalanish yo'llarini bilishgan. Lekin bizning davrimizgacha bu sug'orish va zax qochirish inshotlarini barchasi yetib kelmagan, chunki bu vohalarda bo'lgan o'zaro urushlar va chetdan kelgan bosqinchilar tomonidan xarobaga aylantirilgan. Tub aholilar tomonidan buzilgan va xarobaga aylantirilgan sug'orish inshootlari yana tiklanib foydalanil gan. Qadimgi sug'orish inshootlarining xarobaga aylanishning sabablaridan biri tabiatning ta'siri ostida ham yuz bergan. Masalan: kuchli zilzila, kuchli shamol va dovullar, sel oqimi, ko'chma qumlarning bosishi va hokazolar. Bu oqibatlarga qarshi kurash yoki oldini olish giyin bo'Igan, dehqonchilik sust, o'z holicha rivoj-langan. Markaziy Osiyoda melioratsiya bo'yicha ilmiy ishlar 19 asrning oxirlarida boshlandi. Bu yerda melioratsiya bo'yicha ilmiy ishlar bilan shug'ullanadigan Turkiston tajriba stansiyasi tashkil etildi. Keyinchalik esa Mirzacho'l, Andijon tajriba stansiyalari tashkil etildi. Bularga 1930 yillardang so'ng esa Buxaro, Samarqand, Xorazm va Farg'ona sug' orish tajriba stansiyalari qo' shildi. Hozirgi paytda Respublika viloyatlarida suv xo'jaligi ishlari bilan shug'ullanadigan ilmiy tekshirish institutlari (O'zPITI, Irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti) ularning tajriba stansiyalari va filiallari faoliyat ko'rsatmoqda. Melioratsiya fanining rivo|lanishiga A.N. Kostyakov, L.P. Rozov, V.D. Jurin, V.A. Kovda, V.S. Maligin, N.A. Besednov, N.F. Bespalov, A.S. Robochiev, F. go'shgan lar. Hozirgi paytda O'zbekistonda 180 ming km xo 'jaliklararo kanallar 92 mingta gidrotexnik inshootlar, 230 ming km xo 'jalik kanallari, 120 ming km - kollektor - zovur tarmoqlari, 35 ta suv ombori mavjud. Meliorasiya tufayli sug'oriladigan yerlar 4300 ming gektarga yetkazildi. Faqatgina 1965 yildan 1995 yilgacha yoki 30 yil ichida 1 mil. 600 ming gektar yer o'zlashtirib qishlog xo'jalik oborotiga kirtidi. Yangi yerlar Mirzacho'l, Qarshi, Sherobod, Jizzax cho'llarini, Buxoro, Farg'ona va boshqa viloyatlaridagi bo'sh yerlarni o'zlashtirish evaziga amalga oshirildi. Yangi o'zlashtirilgan yerlar asosan sho'rlangan va botqoqlangan tuproglar bo'lib ular gishloq xo 'jalik ekinlarint o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Respublikam izda sho'rlangan va botqoqlangan yerlar bilan bir gatorda shamol va suv eroziyasiga uchragan sel oqimi, qum ko'chishga moil yerlar keng targalgan. Tabiatning bu hodisalari natijasida ham juda ko'p qishlog xo'jalik ekinlari zararlanadi va natijada hosil kamayadi. Bunday tabily noqulay Jarayonlarni oldini olish va tuproq unumdorligini ko paytirishda melioratsiyaning ahamiyati Juda katta. Yerning noqulay tabily sharoitini (iqlim, tuproq, gidrologiya va gidrogeologiya sharoitlarini) tubdan yaxshilashga qaratilgan fan gishlog xo'jalik melioratsi yasi fani deyiladi. Melioratsiya - lotincha yaxshilash demakdir. Download 24.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling