Reja: Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati


Download 0.84 Mb.
Sana28.10.2020
Hajmi0.84 Mb.
#137474
Bog'liq
QONUN USTUVORLIGI


QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH VA SUD HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH VA SUD HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

 

Reja:

 
  • Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati.
  • Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.
  • Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti.
  • Qonun ustuvorligi tamoyilining O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishidagi ahamiyati.
  • Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati.

“Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq va normalarni buzganligi uchun javobgar bo‘ladi”, - deb ta’riflaydi, - I.A.Karimov.

Qonun ustuvorligi - demokratik jamiyat barpo etishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, adolat mezoni hisoblanadi. Chunki, qonun ustuvorligi ta’minlansagina adolat qaror topadi, insonlar millati, tili, urf-odati, an’anasi, qadriyatlari, diniy e’tiqodi, jinsi, ijtimoiy ahvoli kabilarda tenglikka erishadilar. U mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida barqarorlik ta’minlanishining asosi hisoblanadi.



Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.

Huquqiy demokratiyaga asoslangan jamiyatda qonun ustuvorligi prinsipini ta’minlovchi asosiy shartlar quyidagilardan iborat.



 
  • Birinchidan, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining real joriy etilganligi. Bu prinsipgako‘raqonunchiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo‘g‘inlari o‘zlarining Konstitutsiyada va qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar.

Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.
  • Ikkinchidan, O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining birinchi bandiga muvofiq,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.

Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.
  • Uchinchidan, joriy qonunlar va barcha normativ huquqiy aktlar Konstitutsiyaga tamomila mos vaunga muvofiq yaratilishi lozim. Bu esa mamlakatda qonuniylik va huquqiy tartibot, taraqqiyot va barqarorlik hukm surishiga olib keladi.

Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.
  • To‘rtinchidan, qonun ustuvorliginita’minlovchiva mustahkamlovchi vositalardan birikodekslashtirishdir. Kodekslar huquq tarmog‘ining bosh qonuni sifatida Konstitutsiya prinsiplarini rivojlantirish yo‘lida yaratiladi va ular konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlardan keyingi maqeniegallaydi. Kodekslar o‘zining mantiqiy mukammalligi, pishiqligi, ichki barqarorligi huquqiy qoidalarga amal qilganligi tufayli kodeks normalari hayotda o‘zining amalini oson topadi.

Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.
  • Beshinchidan, qonun ustuvorligin ta’minlashning asosiy omillarini quyidagichae’tirofetishmumkin:
  • qonun chiqaruvchi jarayonni muttasil demokratlashtirib borish – insonparvar, adolatli xalqchil qonunlar yaratilishining garovidir;
  • qonunning sifatini mukammallashtirish, uning ichki mexanizmi puxta, yuridik texnika nuqtai nazaridan benuqson bo‘lishiga erishish;
  • qonunchilikni isloh qilish va takomillashtirishda “qonunda ta’qiqlanmagan hamma narsaga ruxsat beriladi” (fuqarolar uchun). “Faqat qonunda mustahkamlangan narsalargagina ruxsat beriladi” (mansabdor shaxslar va davlat idoralari uchun) degan prinsipga qat’iy amal qilinishiga erishish;
  • qonunchilik faoliyatining yaqin yillar va istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasini hamda qonun ustuvorligini ta’minlash konsepsiyasini yaratish;
  • qonunlar amal qilishining ijtimoiy mexanizmiga e’tibor qaratish. Bu sohadagi ijtimoiy omillar (ta’sir etuvchi kuchlar, vositalar) ni sinchiklab o‘rganish;
  • aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish.

Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.
  • Oltinchidan, qonun osti, idoraviy normativ hujjatlarga havolalar,ya’niilovalar (shior vadeklaratsiyalar tarzidagi normalar) ko‘p bo‘lishining oldini olish zarur. Bunday ilovalar haddan ziyod ko‘p bo‘lishi keyinchalik amaliyotda qonun chetda qolib, uning o‘rnini idoraviy hujjat egallab olishi bilan qonun ustuvorligiga ziyon etishi xavfini keltirib chiqaradi.
  • Yettinchidan, qonunlarning barqaror va ustuvorbo‘lishigaerishish. Ularga tez-tezqo‘shimchavao‘zgartirishlar kiritish, pirovard natijada qonunning ahamiyati va nufuzi tushib ketishiga olib keladi.
  • Sakkizinchidan, jinoiy jazolarni liberallashtirish qonun ustuvorliginita’minlashningmuhim shartibo‘lib hisoblanadiki, biz mavzuni bayon qilish jarayonida bunga alohida to‘xtalamiz.

Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.
  • To‘qqizinchidan, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorliginita’minlashdaprokuror nazoratiningroli katta. Prokurorlik nazorati faoliyatida qo‘llaniladigan taqdimnoma, amrnoma, ogohnoma, qaror va arizalarning sifati va ta’sirchanligining yanada yuqori bo‘lishida 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘zda tutilgan qonuniylik, odillik, mustaqillik va oshkoralik prinsiplari huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan maqsad, xalqimiz ham, prokuratura xodimlari ham ushbu tamoyillarni aniq tasavvur etishlari kerak. Holbuki, fuqarolar har bir prokuratura xodimidan ushbu tamoyillarni ro‘yobga chiqarishni talab qilish huquqiga ega. Prokurorlik nazorati olib borayotgan prokurorlar esa o‘z faoliyatida shu prinsiplarga og‘ishmay rioya etishi shart.

Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti.

Jinoiy jazolarni liberallashtirish borasida jinoiy jazo tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlash borasidagi say’-harakatlar muhim o‘rin tutadi. Sud-huquq tizimini liberallashtirish to‘g‘risida Prezidentimiz “Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida biz haletishimiz lozim bo‘lgan yana bir masala – bu jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlashdir” deganda aynan shu harakatlarni nazarda tutgan edi.

Ma’lumki, 1995 yilgacha amal qilgan Jinoyat Kodeksida 33 ta jinoyatga o‘lim jazosiqo‘llanilar edi. Keyingi Jinoyat Kodeksida esa ularning 13 tasi saqlanib qoldi, ya’ni 20 ta turdagi jinoyatdan o‘lim jazosi olib tashlandi. Jumladan, ayollar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar va voyaga etmaganlarga nisbatan bu jazo qo‘llanilmaydi. Shuningdek, o‘lim jazosi avf etish tartibida yigirma besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilishi mumkin (JK ning 51-moddasi).

Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti.

Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti.

1995 yilgacha

1995 yil

1998 yil

Sudlar faoliyatini tashkiliy ta’minlashning yangi tizimi

Odil sudlovning yangi tizimi

Sudlar faoliyatini tashkiliy ta’minlashning yangi tizimi

Sudlar faoliyatini tashkiliy ta’minlashning yangi tizimi

Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati

Huquq - davlat tomonidan belgilanadigan yoki ruxsat etiladigan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy hulq-atvor qoidalari tizimidir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyator bo‘lib, uning ushbu xususiyati ijtimoiy munosabatlar bilan bo‘ladigan muntazam aloqadorligini ta’minlaydi.



Erkinlik –insonga qonun bilan ruxsat etilgan u yoki bu harakatni amalga oshirishi va hayot uchunzarur bo‘lgan ne’matlardan foydalanishda ijtimoiy to‘siqlarning bo‘lmasligi tushuniladi.

Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish” ikkinchi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, sud hokimiyatining tom ma’noda mustaqilligini ta’minlash, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish ushbu sohadagi islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridir.

QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISH:

YURIDIK YORDAM VA HUQUQIY XIZMATLAR SIFATINI TUBDAN YAXSHILASH

jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi to’g’risidagi murojaatlarning, xabarlarning o’z vaqtida olinishini ta’minlash

sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini o’qitish, tanlash va joy-joyiga qo’yish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini e’lon qilib borishni, advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYo organlarini isloh qilish

SUD JARAYONIDA TORTISHUV TAMOYILINI TO’LAQONLI JORIY ETISH

mintaqaviy apellyatsiya sudlarini tuzish

quyi instantsiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instantsiyalarining vakolatlarini kengaytirish

MA’MURIY, JINOYAT, FUQAROLIK VA XO’JALIK QONUNCHILIGINI, JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH TIZIMI SAMARASINI OSHIRISH

Ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirish

2018-2021 yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish kontseptsiyasini ishlab chiqish, protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish

SUD HOKIMIYATINING CHINAKAM MUSTAQILLIGINI HAMDA FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI ISHONCHLI HIMOYA QILISH KAFOLATLARINI MUSTAHKAMLASH

Oliy sud kengashini tuzish

professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish

sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish



Xulosa.

Men ushbu mavzu yuzasidan xulosa qilib aytishim mumkinki “Qonun ustuvorligi - fuqarolik jamiyatining muhim omili” fuqarolarning jamiyatda o`z o`rnini topa bilishi, o`z huquqini, davlat tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarni bilishi darkor ekan. Qonun va huquqlarini bilib olishi adolatli demokratik jamiyat qurishimizda katta zamin bo`ladi. Bunda Amir Temurning ushbu “Qayerda qonun hukmron bo`lsa, shu yerda adolat bo`ladi” degan fikrini ta’kidlab o`tsak bo`ladi.. Natijada, o’rganayotgan fanimiz, ya’ni ‘‘Fuqarolik jamiyati asoslari’’ fanining naqadar ahamiyatga ega ekanligini qisman bo’lsada tushunish imkonini beradi deb o’ylayman.



 

 

Foydalanilgan adabiyotlar.


  • Nazarova M.G. , Eronov. S.Q. “Fuqarolik jamiyati” fanidan o’quv - uslubiy majmua. Bakalavrlar uchun. Olmaliq-2019.

  •  
  • Fozilov U. E. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning nazariy va huquqiy asoslari: O‘quv qo‘llanma. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016. – 124 b.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling