Reja: Qurilish inshootlari haqida


To'liq (kapital) qurilish


Download 27.91 Kb.
bet2/3
Sana08.02.2023
Hajmi27.91 Kb.
#1177188
1   2   3
Bog'liq
Qurilish ishlarining asosiy turlari (1)

To'liq (kapital) qurilish - umumlashtiruvchi atama bo’lib, unga yangi qurish, qayta qurish va texnik qayta qurollantirish bilan kengaytirish, bino va inshootlarni tugal va joriy ta'mirlash kiradi.
Respublikamiz xalq xo‘jaligi tarmoqlari orasida qishloq qurilish sohasi alohida o'rin tutadi. Mustaqillikka erishilgandan so'ng o‘tgan davrda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari jadal va keng ko‘lamda rivojlantirilmoqda. Bu rivojlanish jarayonini halq xo'jaligi ahamiyatiga ega bo’lgan bino va inshootlar qurilishisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bu esa o‘z navbatida qurilish sohasini zamon talablari asosida takomillashtirishni talab etmoqda.
Zamonaviy kapital qurilish ishlarini olib borishda mamlakatimizdagi iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni hal qilish eng muhim masalalardan biridir. Kapital qurilish ishlarining samaradorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri material-texnik resurslardan oqilona foydalanish, qurilish sifatini oshirish hamda umumqurilish ishlarini bajarishdagi texnologik jarayonlarni takomillashtirishdan iborat.
Qurilish mahsuloti hisoblangan bino va inshootlarning sifati umumiy holda loyiha sifati, qurilish materiallari va konstruksiyalarining sifati hamdaqurilish-montaj ishlarining bajarilishi, ya’ni jarayonlar texnologiyasi sifati bilan belgilanadi. Qadimda yashab o‘tgan me'morlarimiz buni juda yaxshi bilganlar va unga qat’iy amal qilganlar. Shu sababli ham Samarqand, Xiva, Buxoro kabi ko’hna shaharlarda minglab yillar avval qad rostlagan madrasa va minoralar o‘z ko’rki va salobatini xanuz yo'qotmagan.
Hozirgi davrda “Qishloq qurilish invest” tashkilotining respublikamiz qishloq joylarida amalga oshirayotgan qurilishlari qishloq ahli farovonligini oshirishga katta hissa qo'shmoqda.
Qishloq qurilish texnologiyasi - qurilishning tayyorgarlik va asosiy davrlarida qurilish maydonchasida bajariladigan ishlarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, unga yana binoning yer osti va yer usti qismlarini barpo etish ishlari, barchapardozlash ishlari va muhandisliksanitariya va elektrotexnika qurilmalar, liftlar va boshqalar kiradi.

Qurilish yo‘nalish sifatida ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishini birlashtiradi.


Texnologiya - zarur maxsulotni olish jarayonida materiallarni yarim mahsulotlarni tayyorlash yoki ularga ishlov berish usul (metod) larini ma’no ifodasini bildiradi. Texnologiyaning vazifasi - zamonaviy ilmiy yutuqlar va ishlab chiqarish tajribasi negizida yangi, samarali va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq jarayonlarni ishlab chiqish va joriy qilishdan iborat.
Zamonaviy qishloq qurilishi arxitektorlar oldiga shunday masalalar qo‘ymoqdaki, ular qurilish texnologiyasining nazariy asoslarini va amaliy layoqatga ega boiishlarini, bino va inshootlar barpo etish usullarini bilishni taqozo qiladi.
«Qishloq qurilish texnologiyasi» qurilish jarayonlarini bajarish usullari to‘g‘risidagi fan bo‘lib, bu fanni mukammal o‘zlashtirish uchun talabalar «chizma geometriya va injenerlik grafikasi», «oily matematika», «fizika», «qurilish materiallari va buyumlari» «arxitektura» va boshqa fanlar bo‘yicha yetarli ma’lumotga ega bo'1 ishlari talab etiladi.
Qurilish industriyasi negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat, xususiy, qoʻshma va boshqa pudrat qurilishmontaj tashkilotlari, shuningdek, oʻz moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega boʻlgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xoʻjaliklar tashkil etadi. Oʻzbekistonda qurilishmontaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aksiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qoʻshma korxonalar, loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilishmontaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.


Download 27.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling