Reja: Qurilish inshootlari haqida


Qurilishlar quyidagi turlarga ajratiladi


Download 27.91 Kb.
bet3/3
Sana08.02.2023
Hajmi27.91 Kb.
#1177188
1   2   3
Bog'liq
Qurilish ishlarining asosiy turlari (1)

Qurilishlar quyidagi turlarga ajratiladi:

  • Bino qurilishi (turar-joylar, jamoat binolari).

  • Sanoat qurilishi (korxona va fabrikalar).

  • Yoʻl-transport qurilishi (yoʻl, koʻprik, tunnellar).

  • Gidrotexnik qurilish (gidroelektrik stansiya, damba, kanallar).


Bino - kishilarning biror ish faoliyatiga mo’jallangan va moslashtirilgan, ichki fazoga-bo‘shliqqa ega bo'lgan yer usti inshooti.
Binolar quyidagi qismlardan tashkil topishi mumkin:
1. Hajmiy elementlar, ya’ni bino hajmining yirik qismlari (alohida xonalar, sanitariya kabinalari va h.k.).
2. Konstruktiv eiementlar, ya’ni bino tuzilishini belgilovchi asosiy qismlar (poydevorlar, devorlar, to'sinlar, qavatlararo yopmalar, yopmalar, tomlar va boshq.).
3. Qurilish ashyolari, ya’ni konstruktiv elementni tashkil etuvchi, nisbatan kichik qismlar (g'isht, beton, oyna, po'lat, armatura va boshqa).
Sanoat binolari — biror sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda mehnat jarayonini amalga oshirish uchun mo'ljallangan va ichiga ishlab chiqarish qurollari joylashtirilgan binolar (ustaxonalar, omborxonalar, garajlar, elektrostansiyalar, sex binolari)
Ko'priklar asosan quyidagi holatlarda quriladi:noqulayliklami bartaraf etish maqsadida — daryolar va boshqa suv havzalari ustidan, yo'llar ustidan (puteprovodlar), jarliklar va qiyaliklar orqali (estakadalar) o'tkaziladi. Vazifasiga ko'ra: temiryo'l ko'priklari, avtomobil yo'llari ko'priklari, shaharko'priklari, piyodalar uchun ko'priklar, bundan tashqari, transport vositalarining birgalikda o'tishilari uchun, suv ta’minoti uchun (akveduklar), neft va gaz mahsulotlarini o'tkazish uchun quriladi. Ishlatiladigan qurilish materiallari bo'yicha: yog'och ko'priklar, tosh ko'priklar, temir-beton ko'priklar, temir ko'priklar bo'ladi.
Gidroelektrstansiya (GES)-suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi
Damba - koʻtarma — daryo oʻzani va qayirlarida suv yoʻlini toʻsish yoki oqim yoʻnalishini oʻzgartirish uchun quriladigan tuproq koʻtarma koʻrinishidagi gidrotexnika inshooti. Damba bosimli va bosimsiz turlarga boʻlinadi.
XULOSA.
Sir emaski, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari, qabul qilingan davlat dasturlari, ular ijrosini ta’minlash, tarmoqda islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar natijada bunyodkorlik ko‘lamlari tobora kengayib bormoqda.
Biroq, qurilish sohasidagi yangi davrning boshlanishi, tizimdagi muammolarni aniqlash, tan olish va ochiqlash, ayniqsa, ularni yechish oson kechgani yo‘q. 2017-2019 yillar va 2020 yilning shu kuniga qadar qurilish sohasini tartibga soluvchi jami 40 ga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi: 2017 - 4 ta, 2018 yilda - 13 ta, 2019 yilda - 10 ta va 2020 yilning shu kunigacha 10 dan ortiq. Ushbu qaror va farmonlar tizimda yillar davomida saqlanib qolgan muammolarni tubdan isloh qilishga qaratildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 mayida PQ-2936-son O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tarkibiy tuzilmasi tubdan o‘zgartirildi va yangi vazifalar qo‘yildi. Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari qo‘shimcha shtat birliklari bilan kengaytirildi. Natijada, 11 ta hududda “O‘zshaharsozlik” va Samarqand shahrida “Toshkentboshplan” loyiha instituti filiallari, shuningdek, 13 ta hududda 26 ta yetakchi loyiha tashkiloti ochildi. Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlari hamda 14 ta qurilish kasb-hunar kolleji qo‘mita tasarrufiga o‘tkazildi.
Download 27.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling