Reja: Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari
Download 19.75 Kb.
|
LOYIHALASH ASOSLARI
QURILISHDA LOYIHALASHTIRISHNING MAQSADI VA VAZIFALARIReja:1.Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari. 2.Loyihalash bosqichlari. 3.Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari. Har bir qurilish ob’yektini tiklashda avvalom bor, uning qurilishini amalga oshirishning texnik imkoniyatlari va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. Bu vazifalar, savol va masalalar “loyiha” deb nomlanuvchi maxsus hujjatda o‘z aksini topadi. Loyiha – bu quriladigan injenerlik inshooti yoki quyidagi ko‘rinishda namoyon etiladigan sanoat ishlab chiqarilishi yoki fuqarolar uchun mo‘ljallangan ob’ektlarni shakllantirish bo‘yicha maqsadlar tizimidir. 1.Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari Har qanday ob’yektni loyihalash odatda bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi. Loyihalashning birinchi bosqichida g‘oya paydo bo‘lgandan so‘ng investisiyalash maqsadlari: ob’yektning qanday vazifa bajarishga mo‘ljallanishi, uning quvvati, ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomentklaturasi, joylashish o‘rni aniqlanadi. Birinchi bosqichda bajarilgan izlanishlar (ilmiy – tadqiqot ishlari) va ishlar asosida buyurtmachi (investor) g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish yoki ularni to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Ikkinchi bosqich ishlari – ob’yekt qurilishi investisiyasining texnik – iqtisodiy asosini ishlab chiqishga kirishadi. Loyihalash jarayoni davomiyligi loyihalashdan boshlab qurilish boshlanishiga qadar o‘rta va nisbatan katta ob’yektlar bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha davom etishi mumkin.Sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, tarar - joy, jamoat va fuqaro binolari loyihalarida ularning tashqi qiyofasiga katta e’tibor qaratiladi, chunki yangi ob’yektni joylashtirish bilan nafaqat iqtisodiy samara olinishi, balki ijtimoiy va shaharsozlik bo‘yicha ham samara olinishi lozim. Yerdan oqilona foydalanish va atrof – muhitni muhofaza qilishga alohida e’tibor ajratiladi. Download 19.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling