Reja: Quruqlik biomassasi. Tuproq biomassasi


Download 0.88 Mb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1156006
  1   2   3   4
Bog'liq
66 – Mavzu Biosfera biomassasi


66 – Mavzu: Biosfera biomassasi.
Reja:
1. Quruqlik biomassasi.
2. Tuproq biomassasi.
3. Okean biomassasi.
BIOSFERA BIOMASSASI
Biosferadagi barcha tirik organizmlar: hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlarning umumiy massasi biomassa deb ataladi. Yer sayyorasining biologik massasi o‘rtacha 2423 milliard tonnani tashkil etadi. Quruqlik va okeanlar biomassalari bir-biridan farq qiladi.

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, biosferadagi tirik organizmlarning asosiy qismi quruqlikda, ya’ni qit’alarda jamlangan (98,7% dan ko‘proq). Okean biomassasi katta emas, 0,13% ga teng. Quruqliklarda o‘simliklar biomassasi katta bo‘lsa (99%), okeanda esa hayvonlar biomassasi 93% dan ko‘proqni tashkil etadi. Agar hayvon va o‘simliklarni o‘zaro taqqoslasak 2400 mlrd t o‘simlik va 3 mlrd t hayvonot olamiga to‘g‘ri keladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Yer yuzidagi tirik biomassani asosan yashil o‘simliklar tashkil etadi. Geterotrof organizmlar biomassasi o‘rtacha 1% ni tashkil qiladi.
Quruqlik biomassasi. Qutblardan ekvatorga tomon borgan sari quruqlik biomassasi ortib boradi. Shu bilan bir qatorda o‘simlik turlari soni ham ortadi. Yo‘sinlar va lishayniklardan iborat tundra (500 ga yaqin tur) ignabargli va keng bargli o‘rmonlar bilan, ular esa o‘z navbatida dashtlar (2000 ga yaqin turlar), subtropik o‘rmonlar (3000 dan ko‘proq turlar) bilan almashinadi. Tirik moddaning eng ko‘p biomassasi tropik o‘rmonlarda to‘plangan bo‘lib, ular biosfera materik qismining eng mahsuldor jamoalari hisoblanadi (8000 dan ko‘proq turlar). Hayvon turlarining xilma-xilligi o‘simliklarning biomassasiga bog‘liq bo‘lib, ekvator tomon hayvon turlari soni ortib boradi. Turlar soni ko‘p, ya’ni hayot zich bo‘lgan joylarda hamkorlikda yashashga moslanishlar paydo bo‘ladi. Turlar bir-biri bilan oziq zanjirlari orqali bog‘langan biotsenozlarda hayot zichligi ortib boradi. Oziq zanjirlari bir-biri bilan tutashib, modda va energiyaning bir bo‘g‘indan boshqasiga o‘tishini ta’minlaydigan murakkab oziq to‘rlarini hosil qiladi. Quruqlik biomassasiga inson kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur ta’sir natijasida biomassa hosil qiluvchi maydonlar qisqarmoqda. Bu ham yer va suvdan ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligida ratsional foydalanishni talab etadi. Dunyo okeani biomassasi. Dunyo okeani Yer yuzining 2/3 qismini egallaydi. Okeanlarda biomassa notekis tarqalgan bo‘lib, uni asosan suvning yuza qatlamidagi plankton organizmlar tashkil etadi. Quruqlikdagi o‘simliklar biomassasi okeandagi tirik organizmlar umumiy biomassasidan ko‘p bo‘lsada, ammo dunyo okeanida biomassaning hosil bo‘lish mahsuldorligi yuqori. Bu fitoplankton va zooplanktonning jadal sur’atlarda ko‘payishiga, o‘sishiga hamda qisqa hayot sikliga egaligi bilan bog‘liq. Okeanda fotosintez jarayoni 100 m gacha bo‘lgan yuqori qatlamlarda uchraydigan produtsentlar ishtirokida sodir bo‘ladi. Fotosintezning 1/3 qismi okeanda kechadi. Okeanlardagi hayvonlarning oziqlanishida planktonlarning ahamiyati juda katta. Suvo‘tlari va sodda organizmlar bilan mayda qisqichbaqasimonlar oziqlanadi. Qisqichbaqasimonlar esa o‘z navbatida mayda baliqlarga oziq bo‘ladi. Mayda baliqlarni yirtqich baliqlar va qushlar ovlaydi. Mo‘ylovli kitlar ham faqat planktonlar bilan oziqlanadi. Okeanlarda, ayniqsa okean tubida organik qoldiqlarni anorganik moddalarga parchalovchi bakteriyalar ko‘p. O‘simlik va hayvon qoldiqlari asta-sekin okean tubiga cho‘kadi. Ularning ko‘pchiligi kremniy, ohak moddadan iborat qobiq bilan yoki ohak chig‘anoq bilan qoplangan bo‘lib, okean tubida cho‘kindi jinslarni hosil qiladi. 100 mln yil ilgari dengiz bilan qoplangan Markaziy Osiyodan ohak va bo‘r konlari topilgan. Ular tarkibida qadimgi mikroskopik hayvonlar (ildizoyoqlar)ning chig‘anoqlarini topish mumkin. Dengiz va okeanlardan neft qazib olish, uni tankerlar orqali tashish kabi inson faoliyati dunyo okeanini ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Dengiz va okean suvlarining ifloslanishining oldini oladigan chora-tadbirlarga rioya qilish muhim.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling