Reja: Quruqlik biomassasi. Tuproq biomassasi


Download 0.88 Mb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1156006
1   2   3   4
Bog'liq
66 – Mavzu Biosfera biomassasi

Tuproq biomassasi. Tuproq nafaqat o‘simliklar o‘sishi uchun zarur muhit hisoblanadi, balki xilma-xil tirik organizmlarga ega biogeotsenoz hamdir. Tuproq biomassasini tuproqda yashovchi tirik organizmlar tashkil qiladi va aynan shular tuproqning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir tuproqning o‘ziga xos biotsenozlari mavjud. Bu biotsenozlarni o‘simlik ildizlari, mikroorganizmlar, chuvalchanglar, hasharotlar va ularning lichinkalari, ko‘rsichqonlar va yumronqoziqlar tashkil qiladi. Ularning faoliyati tufayli tuproq unumdorligi ortadi, ularning qoldiqlari esa bakteriyalar uchun organik modda manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, yomg‘ir chuvalchanglari 1 ga maydonda 25 t tuproqni o‘z ichaklari orqali o‘tkazib, 0,5 sm qalinlikda unumdor tuproq hosil qiladi. Tuproqning yuza qatlamlarida esa bir hujayrali yashil suvo‘tlar va sianobakteriyalar yashab, fotosintez jarayonida tuproqni kislorod bilan boyitadi. Tuproq biomassasi qutblardan ekvator tomonga ortib boradi. Yomg‘ir suvlari, erigan qorlardan hosil bo‘ladigan suvlar tuproqni kislorod va mineral tuzlar bilan to‘yintiradi. Erigan moddalarning ma’lum miqdori tuproqda qolsa, ko‘proq qismi esa daryolarga, ular orqali esa dengiz va okeanlarga chiqarib tashlanadi. Tuproq orqali yerosti suvlari doim bug‘lanib turadi, tuproqda to‘xtovsiz gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Tunda harorat pasayganda atmosfera gazlari siqilishi tufayli havoning bir qismi tuproqqa o‘tadi. Tuproqqa o‘tgan kislorod o‘simlik va hayvonlar tomonidan nafas olish jarayoniga sarflansa, azot gazi azot fiksatsiyalovchi bakteriyalar tomonidan o‘zlashtiriladi. Kunduzi harorat ortganda tuproq isishi natijasida tuproqdan atmosferaga karbonat angidrid, vodorod sulfid, ammiak kabi gazlar ajraladi. Tuproqda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar biosferada moddalar aylanishini ta’minlaydi. Insonning xo‘jalik faoliyati, pestitsidlar (o‘simlik zararkunandalari, kasallik qo‘zg‘atuvchilariga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy vosita) biosferada muhim tarkibiy qismi bo‘lgan tuproq organizmlarining yoppasiga nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tuproq bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va uni muhofaza qilish lozim. Hozirgi kunda insonlar million yillar davomida shakllangan ulkan ekotizim qonuniyatlarini buzmagan holda hamda biomassaning qisqarishiga olib kelmaydigan faoliyat yuritishlari lozim.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling