Reja: Qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarining tashkiliy asoslari va muammolari


Biologik shikastlangan o‘choqda esa


Download 85 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1585675
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1516461143 70055

Biologik shikastlangan o‘choqda esa biologik razvedka va bakterial moddalar xili, karantin yoki observatsiya rejimini qo‘llanilishi; sanitar-ekspertiza, oziq-ovqat maxsulotlari, suv, emlarning zaharlanganligini aniqlash va ularni zararsizlantirish; epidemiyaga qarshi, sanitar-gigienik, veterinariya ishlari va boshqa omillar amalga oshiriladi.
Bu ishlarni olib borishda biologik shikastlangan o‘choqda sanitarepidemeologik maskan, veterinariya maskani, epidemiyaga qarshi harakatlanuvchan otryad, shifoxonalar, poliklinika, veterinariya tarmoqlari va boshqa meditsina tarmoqlari jalb etiladi. Ular birinchi navbatda og‘ir kasallik tarqatuvchilardan saqlash uchun profilaktik omillar olib borishadi. Bunda turli xildagi ta’sir etuvchi antibiotiklardan hamda SHD-2dan, gazniqoblardan foydalaniladi.
Hududda kasallik tarqatuvchining aniq turi topilgandan keyin, unga qarshi maxsus dorilardan foydalaniladi. Shundan keyin shikastlanganlarning kasallanish holatiga qarab har xil darajada tuzatish muolajalari olib boriladi. Ular darhol kasalxonaga yotqiziladi va juda og‘irlari ma’lum joyga, maxsus gruhlar yordamida evakuatsiya qilinib o‘sha erda davolanadilar.
Biologik o‘choqning tugatilishi u erdagi oxirgi odamni tuzalib ketish vaqti bilan aniqlanadi. Biologik o‘choqda xarakatlanuvchan qismlar, u erdagi yuquvchan kasallik bilan kasallanmasliklari uchun hamma omillarni olib borish kerak, ya’ni kasallar bilan muloqatda bo‘lmaslik, inshoatlar, xonalar, atrof-muhit zararsizlantirib turilishi, kiyim-kechaklarni dezinfektsiya qilib turish va o‘zini sanitar - qayta ishlovdan o‘tish turish talab etiladi. Mana shularga rioya qilib, harakatlanuvchi tuzilmalar hech qanday yo‘qotishsiz, o‘z vazifalarini bajarib boradilar. Murakkablashgan shikastlanish o‘chog‘ida QBTIni olib borish, alohidaalohida o‘choqlarda olib borilgan ishlarni nisbatan bir necha o‘n barobar og‘ir hisoblanadi. Chunki bu holatda vaziyat juda murakkab bo‘lib, o‘choqdagi shikastlantiruvchi faktorlar turini aniqlash juda og‘ir hisoblanadi. Bulardan tashqari bunday o‘choqda biror faktorga qarshi olib boriladigan omillar ikkinchi faktorga tamoman teskari bo‘lishi mumkin.
Masalan, xavfli epidemiya bilan kasallangan odamlarni davolashda foydalaniladigan karantin omili kuchli binar-xususiyatli kimyoviy qurollar ishlatilganda qo‘llaniladigan evakuatsiya va boshqa vositalar.
Murakkablashgan o‘choqda biror uslubiy ko‘rsatma asosida emas, QBTIni sharoitini aniq o‘rganish orqali, o‘sha erdagi vaziyatdan kelib chiqqan holatda olib boriladi.
3. Shikastlangan xududlarda maxsus qayta ishlov berish omillarini o‘tkazish tartib va qoidalari

Dushman tomonidan qo‘llanilgan qirg‘in qurollari oqibatida insonlar, atrofmuhit, suv, oziq-ovqatlar, texnika, transport vositalari va inshoatlar radioaktiv zarrachalar, zaharli moddalar va bakterial moddalar bilan zararlanishi mumkin. Shu sababdan fuqarolarni mana shu zararlanishdan saqlashda maxsus ishlov berish omillari bajariladi. Maxsus ishlov berish omili - umumiy qirg‘in qurollari talofaatlarini yo‘qotish jarayonining asosiy qismini tashkil etib, u qutqaruv va tiklash ishlarini olib borishda kompleks vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Maxsus ishlov berish omili - to‘liq hamda qisman ishlov berish xillariga bo‘linadi. To‘liq ishlov berish omili deyilganda qo‘yilgan vazifalarni bajarishda hech qanday himoya vositalarisiz amalga oshirish, ya’ni - xavfsiz sharoit yaratish tushuniladi. Qisman ishlov berish omillarida esa qo‘yilgan vazifalarni faqat terini himoyalovchi vositalarsiz amalga oshirish sharoiti tushuniladi. Maxsus ishlov berish omili - atrof-muhitni zararsizlantirish, hamda fuqarolarni sanitar qayta ishlov berishdan tashkil topgan.
Texnika va transport vositalarin zararsizlantirish avtoserviz va boshqa remont qiluvchi korxonalarida amalga oshiriladi.
Fuqarolarni sanitar ishlovdan o‘tkazish esa, xammom, dush xona va boshqa maxsus yuvinish joylarida amalga oshiriladi. Zararsizlantirish omiliga dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfektsiya jarayonlari kiradi.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling