Reja: Qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarining tashkiliy asoslari va muammolari


Download 85 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1585675
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1516461143 70055

Dezaktivatsiya deyilganda, zararlangan vositalardan (kiyim-kechak, himoya vositalari, suv, texnika, transport vositalari) hamda inshoatlardagi radioaktiv moddalarni aktivligini yo‘qotish tushuniladi. Dezaktivatsiyaning to‘liq hamda qisman xili mavjud bo‘lib, u asosan mexanik va fizik-kimyoviy usul bilan olib boriladi. Mexanik usulda - radioaktiv moddalar bilan zararlangan sirt yuzalarini artish orqali yo‘qotiladi. Fizik-kimyoviy usulda esa - radioktiv moddalar turli xildagi kimviy modda eritmalari bilan yuvish amalga oshiriladi. Dezaktivatsiyada asosan suv ishlatilib, radioktiv moddalarning yuviluvchanligini oshirishda, sirt-aktiv hamda kompleks hosil qiluvchi moddalar, kislotalar va ishqorlar ishlatiladi. Bular: SF-2, OP-7, OP-10, Na3PO4 trilon B, shavel, limon kislotalari va uning tuzlardir.
Degazatsiya omili - zaharlovchi moddalarni parchalab, zararsiz moddalar hosil qilishi, hamda ularning miqdorini kamaytirish hisoblanadi. Degazatsiya omili maxsus texnikalar yordamida amalga oshiriladi. Degazatsiya qiluvchi moddalarga kimyoviy moddalar kirib, ular oksidlovchi xlorli birikmalar (gipoxloritlar, xloramin) va ishqoriy birikmalar (NaON, soda, ammiak, ammiakli tuzlar) kiradi.
Bu birikmalarning hammasi eritma holida ishlatiladi.
Erituvchi sifatida: suv, dixloretan, trixloretan, benzin ishlatiladi. Degazatsiya qiluvchi eritma №1,5 foizli geksaxlormelamin yoki 10 foizli dixloramin eritmasi iprit va boshqa kimyoviy qurollarni zararsizlantirishda ishlatiladi. Degazatsiya qiluvchi eritma №2, 2 foiz NaON, 5 foizli monoetanolamin va 20 foiz ammiakli suv eritmasidan tashkil topib, zoman tipidagi zaharlovchilarni zararsizlantiradi. Terini kasallantiruvchi va asabni pallajlovchi zaharli moddalarni zararsizlantirishda xlorli ohak eritmasi ishlatiladi.
Kimyoviy qurollar bilan zararlangan atrof–muhit kimyoviy yoki mexanik usulda degazatsiya qilinadi. Kimyoviy usul bo‘yicha yuqorida aytilgandek degazatsiyalovchi modda eritmalari bilan qayta ishlanadi. Mexanik usulda esa zararlangan joylarning ustki qismlari (7-8 sm qalinlikda) olib tashlanadi yoki o‘sha joyning ustini qalin somon, taxtalar bilan bekitilib himoya qilinadi.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling