Rеjа: Rаdiоаktiv nurlаnishlаrdаn himоyalаnish. Rаdiоаktiv nurlаnishlаr vа ulаrning хоssаlаri. Rаdiоаktiv nurlаrning оrgаnizmgа tа’siri
Elеktr uskunalarining yеrga ulanib qolishini havfi
Download 223.89 Kb.
|
Rаdiоаktiv nurlаnishlаrdаn himоyalаnish. Rаdiоаktiv nurlаn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bino va inshootlarni yashindan himoyalash.
Elеktr uskunalarining yеrga ulanib qolishini havfi.
Yеrga ulanib qolgan tokni yoyilib kеtishi. Izolyatsiyalangan yoki kuchlanish ostida bo’lgan elеktr o’tkazgich uzilib yеrga tushib qolgan holatida, yoki faza izolyatsiyani yorib o’tib qobiqqa ulanib qolgan holatida, elеktr o’tkazgich yеrga ulanib qoldi dеb hisoblanadi. Shu hodisada hosil bo’lgan potensialarni yer yuziga yoyilib ketishi bilan tavsiflanadi. Taxlilni soddalashtirish uchun yеrga oqib ketayotgan tok bitta o’tgazgich orqali va ulangan joyga esa yarim sfеra shakliga ega, yer tartibi bir xil, yеrni solishtirma qarshiligi (R) esa yеrga ulanib qolgan o’tkazgichni matеrialini solishtirma qarshiligidan bir necha barobar ko’p dеb qabul qilamiz. Ulangan joydan X masofada joylashgan A nuqtasida tok zichligi quyidagicha aniqlanadi: Bino va inshootlarni yashindan himoyalash. Momaqaldiroq vaqtida 150 mV. gacha kuchlanishga, 200 kA. gacha tok kuchiga va 600-300000C haroratga ega bo’lgan atmosfera elektr zaryadlari portlash va yong’inlarni keltirib chiqarishi, yer ustidagi obyektlami vayron qilishi mumkin. Yashin ta'siri bevosita zarb ko’rinishida ham, elektromagnit va elektrostatik induksiya ko’rinishida ham bo’lishi mumkin. Barcha bino va inshootlar yashindan himoyalanish darajasiga ko’ra uch toifaga ajratiladi (7.1-jadval). Ulaming toifasi yong’in va portlash jihatdan xavflihgi, o’tga chidamlihgi, shuningdek, ular joylashgan geografik hududda yashin ko’p yoki kam bo’lishiga qarab belgilanadi. I toifaga V—I va V—II sinf binolarining tashqi texnologik uskunalari kiradi. Bu binolarda havo bilan qo’shilib portlash jihatdan xavfli aralashmafar hosil qiladigan gaz, bug’ va chang chiqadi. II toifaga V—I va V—II sinf binofari tashqi texnofogik uskunalari hamda V—I sinf binoiari omborxonalari kiradi. III toifaga II—I, II—II, II—III sinf binoiari kiradi. Bu binolarda yonuvchi qattiq va suyuq moddalar, chang bo’ladi. Bularga ochiq omborxonalar, tutun quvurlari, suv minoralari, 15 m. dan baland minoralar, jamoat va turarjoy binolari, kasafxonalar, bofafar muassasalari, kinoteatrlar kiradi. 1-jadval. Turli sinflardagi obyektiar uchun yashindan himoyalagich toifasi
Yashindan himoyalanmagan bino va inshootlarning bir yilda yashindan zafarlanish miqdori (A) ushbu formuladan aniqlanadi: A = (S + 6H) (L+6H) n*10-6 (6.1), bu yerda: S, L, H - mos ravishda himoyalanayotgan binoning uzunligi, eni, balandligi m; n - bino joylashgan yerning 1 m2 sirtiga to’g’ri keladigan o’rtacha yashin urishlari soni. Ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar, shuningdek, tez alanga oladigan yonuvchi ashyo hamda xom ashyolar saqlanadigan omborxonalar 19-jadvaldagi malumotlar asosida yong’indan himoyalagichlar bilan jihozlanishi kerak. I va II toifalardagi obyektlar bevosita yashin urishidan va yer ustidagi metall komrnunikatsiyalar orqali yuqori potensiallar kirishidan, korpusi temir-betondan ishlangan qurilmalar, elektrostatik induksiyadan ham himoyalanadi. Pilla tortish va ipak yigirish korxonalarining barcha asosiy va yordamchi binolari III toifaga kiradi. Tez alanga oladigan va yonuvchan moddalar, siqilgan gazli ballonlar saqlanadigan omborxonalar, to’kish estakadalari II toifadagi obyektlarga taalluqlidir. Bino va inshootlar yashin urishidan qaytargichlar yordamida himoyalanadi. Ular yashinni qabul qilib, tokni yerga o’tkazib yuboradi. Qaytargichlar uch turda — chiviqli, trosli va to’rli bo’ladi. Ular himoyalanadigan bino yoki inshootdan alohida joylashib, ajratilgan yoki ajratilmagan bo’lishi mumkin. Atmosfera elektridan himoyalanishda ko’pincha chiviqli yashinqaytar-gichlar o’rnatiladi. Chiviqli qo’sh yashinqaytargich birgalikda ishlaydigan va umumiy himoya mintaqasini hosil qiladigan ikkita yakka yashinqay-targichdan iborat. Chiviqli ko’p karrali yashinqaytargich uchta va bundan. ko’p yakka yashinqaytargichdan iborat bo’lib, ular birgalikda ishlaydi va umumiy himoya mintaqasini hosil qiladi. Agar yashinqaytargich himoyala-nayotgan binoning o’ziga emas, balki uning yaqiniga o’rnatilsa, u holda alohida joylashgan chiviqli yashinqaytargich deyiladi. Download 223.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling