Reja: Rangli metallurgiya


Download 25.3 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi25.3 Kb.
#1715274
Bog'liq
куйма материаллар мустакий иш


Mavzu: Rangli metallar va ularning qotishmalarini ishlab chiqarish texnologiyalari
Reja:
1. Rangli metallurgiya 
2. Mis ishlab chiqarish.
3. Alyuminiy ishlab chiqarish.
4. Titan ishlab chiqarish.
5. Magniy ishlab chiqarish.

Rangli metallurgiya —og’ir sanoat sohalaridan biri. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaxo metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shug’ullanadi. Rangli metallurgiya sanoatida prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, kimyoviy moddalar, elektrod buyumlar va hokazo tayyorlanadi. Rangli metallurgiya sanoati mahsulotlarn xalq xo’jaligining hamma sohalarida qo’llaniladi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metall (mis, qo`rg’oshin, rux, volfram, molibden, kumush, oltin, simob kabi) konlari topildi; jumladan Qoramozor mis qo`rg’oshin-rux koni (1926 yil), Obirahmat, Burchmulla, Oq tuz boyitish korxonalari (1942 yil), To’ytepa kon boyitish f-kasi (1949 yil), Takob, Ingichka, Qo’ytosh, Langar R. m. konlari (1941—45 yillar). Ingichka, Qo’ytosh, Ugom, Qalmoqqir, Navoiy, Angren (ko’mir) konlarida volfram, molibden va qalay aralash holda uchraydi. Qo`rg’oshin va Oltintopgan (1953—55 yillar) konlari asosida 1954 yili Angrenda qo`rg’oshin-pirit rux boyitish fabrikasi, Angren-Olmaliq rayonida Qalmoqqir mis, molibden, pirit rudalari koni va ularni boyitish fabrikalari, mis eritish sexi va zavodlari ishga tushirildi (1962 yili). Qo`rg’oshin va Oltintopgan qo`rg’oshin-rux konlari hamda Qalmoqqir mis konlari asosida Olmaliq qo`rg’oshin-rux va mis korxonalari ishga tushirildi (1954 va 1968 yillarda).Qo’ytosh, Ingichka volfram, molibden konlari xom ashyosi asosida Chirchiqda qattiq qiyin eriydigan va issiq bardosh metallar k-ti va boshqa korxonalar mahsulot ishlab chiqarmoqda. 1960- yilarda Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin konlari topildi. Farg’ona vodiysidagi daryo o’zanlarida sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog’larida oltin tarkibli kvars tomirlar va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublikadagi mis, qo`rg’oshin, rux, volfram konlarida oltin, selen, tellur, kumush, oltingugurt, molibden va boshqa nodir metallar uchraydi. Kumush asosan Lashkarak konidan olinadi. Bunday boy xom ashyodan magniy, natriy sulfat, xlor, issiq bardosh magnezit, osh tuzi olinishi mumkin. Angren-Samarqand kon sanoati rayonida kaolin gili va alunit jinsi qatlami ochildi, undan alyuminiy va chinnigil olishda foydalanish mumkin. Angren ko’mirini ochiq usulda qazib chiqarishda ko’p miqdorda kaolin gili olinadi, uning maydoni 100 km , zapasi 10 mlrd. t. Angren kaolin gilida 33— 34% alyuminiy oksidi borligiga asoslanib, Oxangaronda kaolin gili ashyosini qayta ishlaydigan giltuproq zavodi qurish mo’ljallanmoqda. Bu zavod Angren kaolin gilini qayta ishlab, alyuminiy metali ishlab chiqaradi. Respublikada simob va surma konlari zapasi Farg’ona vodiysining janubi va Zarafshon — Hisor ruda rayonida joylashgan bo’lib, ularning soni 50 ga yaqin. Bulardan eng yirigi Sangzor daryosining yuqori qismidagi Qoraso’v (Jizzax vil.) simob konidir. Rangli metallurgiya sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish, turli foydali qazilmalarning yangi konlarini o’zlashtirish hisobiga Rangli metallurgiya ishlab chiqarishni rivojlantirish mo’ljallanmoqda, shu bilan birga yangi fabrika va konlar barpo etiladi. Jizzax viloyatida O’zquloq qo`rg’oshin-rux koni, Surxondaryo vil. da Xondizi kon-boyitish korxonasi quriladi. Olmaliq metallurgiya kombinatida mis, rux, glfat kislotasi va boshqa yo’ldosh elementlarni eritish ko’paytiriladi. O’zbekiston qiyin eriydigan va issiqbardosh metallar kombinatida yirik gabaritli molibden va volfram prokati hamda boshqa mahsulotlari ishlab chiqarilishi mo’ljallanmoqda. Rangli metall qotishmalari ham to’rt guruhga bo’linadi. 1.Og’ir metallar gruppasiga mis, nikel,qo`rg’oshin, qalay, kadmiy, kobalt, mishyak (margimush), surma, vismut, simob (s. og’. 5—13,6 g/sm3 ); 2.Yengil metallar gruppasiga alyuminiy, magniy, titan, natriy, berelliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy (s. or. 0,53—5 g/sm3 ) 3.Asl metallar gruppasiga oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy, rodiy, ruteniy va palladiy; 4.Nodir metallar gruppasiga volfram, molibden, tantal, niobiy, sirkoniy, tarqoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, reniy, gafniy, rubidiy, seziy), siyrak er metallar (lantan va lantanidlar), radioaktiv metallar (poloniy, radiy, aktiniy, toriy, uran va transuran metallar) kiradi. Marganes ruda koni ichida cho’kindi oksidli va karbonatli ruda koni diqqatga sazovor (Ukrainadagi Nikopol, Gruziyadagi Chiaturi konlari). Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan xrom konlari magmatik konlar hisoblanadi. Titan rudalari asosli va ishqorli otqindi jinslar bilan bog’liq. Vanadiy rudalari vanadiyli titano-magnetit va cho’kindi vanadiy hamda vanadiyli, o’tqiziqlardan qazib olinadi.
Rangli metallurgiya - rangli metallar rudalarini qazib olish, boyitish, rangli metallar va ularning qotishmalarini eritishni o'z ichiga olgan metallurgiya sohasi. Fizik xususiyatlari va maqsadi bo'yicha rangli metallar shartli ravishda og'ir ( misqo'rg'oshinruxqalaynikel ) va yengil ( alyuminiytitaniummagniy ) ga bo'linadi. Ushbu bo'linish asosida engil metallar metallurgiyasi va og'ir metallar metallurgiyasi farqlanadi. Rangli metallurgiya korxonalarining joylashishi ko'pgina iqtisodiy va tabiiy sharoitlarga, ayniqsa, xomashyo omiliga bog'liq. Xom ashyodan tashqari yoqilg'i-energetika omili ham muhim rol o'ynaydi.
Rossiya hududida bir nechta asosiy rangli metallurgiya bazalari shakllangan. Ularning ixtisoslashuvidagi farqlari yengil metallar (alyuminiy, titan-magniy sanoati) va ogʻir metallar (mis, qoʻrgʻoshin-rux, qalay, nikel-kobalt sanoati) geografiyasining oʻxshash emasligi bilan izohlanadi.
Rangli metallarning ahamiyati kundan kunga ortib borayapti, ayniqsa radioelektronika, atom energetikasi, kosmik parvozlarlarni rivojlanishi bilan bog’liq. Eng ko’p qo’llaniladigan metallar – bu mis (Cu), rux (Zn), qo’rg’o’shin (Pb), qalay (Sn), alyuminiy (Al), nikel (Ni), magniy (Mg), titan (Ti). Rangli metallarni olish usullari xilma-xil. pirometallurgiya usul yuqori temperaturada kechadigan metallurgiya jarayonlarning majmuasi gidrometallurgiya usul metall rudalari kimyoviy moddalarning suvlar eritmalarida eritiladi, keyin metallar eritmalardan ajratiladi metallotermik usuli kerakli metallar kimyoviy birikmalardan boshqa aktivroq metallar (Al, Ca, Mg) yordamida tiklanadi

Mis ishlab chiqarish. Mis tabiatda murakkab birikmalar (sulfid, oksid, karbonat, silikat) tarzida tog' jinslari tarkibida uchraydi. Kuzatishlarda aniqlanganki, 80% sulfidli, 15% ga yaqini oksidli va qolgani karbonatli, silikatli ma dan (rudalar) bo'lib, tarkibida anchagina qum, gil-tuproq, ohak, magniy oksidlari. oz bo'lsada Ni. Zn, Pb, Ag, Au va boshqa metallar bo'ladi. Mis ruda konlari Uralda, Qozog'istonda, O'zbekistonda va boshqa joylarda bor.


Titan va uning qotishmalari. Titan qotishmalari, ularning xossalar va ishlatilish joylari. Mashinasozlikda ko’pgina detallar, jumladan, podshipniklar, tishli g’ildiraklar, nasos korpuslari, armaturalar va boshqalar ish sharoitidagi o’ziga xos talablarga, chunonchi, aktiv muhitlarda kam yeyilishi, puxtaligi, yengilligi va boshqalarga ko’ra, turli rangdor metallarning qotishmalaridan, ayniqsa, mis, alyuminiy va magniy qotishmalaridan tayyorlanadi. Mis qotishmalarining hammasi ikkita katta gruppaga: bronzalar gruppasi bilan latunlar gruppasiga bo’linadi. Mis bilan qalay qotishmasi bronza deyiladi. Quymakorlik korxonalarida foydalaniladigan bronzalar, o’z navbatida, yana ikki gruppaga bo’linadi; bular qalayli bronzalar gruppasi bilan qalaysiz bronzalar gruppasidir. Ma’lumki, qalay qimmatbaho metall bo’lganligi sababli uni tejash va qotishma xossalarini zarur tomonga o’zgartirish maqsadida qalayli bronza tarkibidagi qalay qisman yoki to’la Zn, Pb, P, Ni, Al, Si va boshqa elementlar bilan almashtiriladi

Mis olish uchun mis rudalar, mis qoldiqlari va mis qotishmalari ishlatiladi. Rudalarda 1 – 6% mis bo’ladi. 1. Mis ishlab chiqarish. Rudalarda mis quyidagi birikmalarni hosil qiladi: oltin gugurt bilan birikmalar – (CuFeS2 – халькопирит, Cu2S – халькозин, CuS – ковелин); oksidlar ko’rinishida - (CuO,); gidrokarbonatlar ko’rinishida - CuCO3 ·Cu(OH)2 Mis asosan pirometrIk usuli bilan quyidagi boskichlarda olinadi: 1) rudalarni eritishga tayorlash; 2)shteyn olish uchun rudalarni eritish (shteyn-mis va temir sulfidlar eritmasi); 2) shteyndan konvertorlarda mis olish;3) misni tozalash 1 bosqich - rudalarni eritishga tayorlash Ruda maydalanadi (0,1-0,2 mm), keyin boyitiladi va qizdiriladi. Mis rudalari flotatsiya usuli bilan boyitiladi. Flotatsiya usulu maydalangan hamma materiallarning suvlanishi har xil bo’lishiga asoslangan. Gaz pufakchalari har bir mineralga har xil yopishadi va natijada pufakcha-mineral juftlarning og’irligi bir biridan farq qiladi va minerallar qatlam-qatlamlarga ajraladi. Natijada tarkibida 35% gacha mis, 50% gacha oltin gugurt bo’lgan jism (kontsentrat) hosil bo’ladi. bu jism oltin gugurtni kamaytirish maqsadida 750–800 С da pechda qizdiriladi 2 bosqich - shteyn olish uchun rudalarni eritish; Rudalarni alangali yoki elektr pechlarda 1250 – 1300 С da eritib shteyn olinadi. Oldingi bosqichda olingan mis rudalardan mis va temir oksidlardan tiklanadi. Mis va temir sulfidlari, o’zaro birikib shteyn, temir silikatlari boshqa oksidlarni o’zida eritib shlakni hosil qiladi. Shteyn tarkibi: 15 – 55% Cu; 15 – 50% Fe; 20 – 30% S Shlak tarkibi: SiO2 , FeO, CaO, Al2O3 3 bosqich - shteyndan konvertorlarda havo berib mis olish; Shteyn konverterlarda temir sulfidini oksidlab, temirni shlakka chiqarib dastlabki misni ajratish uchun havo berilib eritiladi. Konverterlarning uzunligi 6-10 m, tashqi diametr 3-4 m. Jarayon ikkita bosqichda kechadi 1 – konteynerga shteyn quyiladi va kvarts beriladi –sulfidlar oksidlanadi. 2 – 2Cu2O + Cu2 S = 6Cu + SO2 Natijada 98,4 – 99,4% Cu dastlabki mis hosil bo’ladi 4 bosqich - misni tozalash. Yetarli tozalikda mis olush uchun u eritiladi (1 qadam) va elektrolitlarda tozalanadi (2-qadam). Bunda qimmatbaho metallar ham olinadi. 1-qadamda mis oksidlovchi muhitda eritiladi va havo berib, qo’shimchalar (Fe2O3 , Al2O3 , SiO2 ) shlakka yoki gazlar bilan chiqib ketadi. Bundan keyin mis tozaligi 99 – 99,5% yetkaziladi. Misda Sn, Se, Te, As va qimmatbaho metallar qoladi. Bular 2-qadamda chiqarib olinadi. Elektroliz maxsus qo’rg’oshin bilan qoplangan vannalarda o’tkaziladi. Anod 1-qadamda olingan mis, katod toza mis tunikalar, elektrolit CuSO4 eritmasi. O’zgarmas tok eritmadan o’tkazilganda anod erib boshlaydi, katodga mis ionlari o’tirib juda toza hosil qiladi. Qimmatbaho metallar vanna tagiga cho’kadi. Elektrolinik tozalashdan keyin mis tozaligi 99,95 – 99,99% yetkaziladi.


Mis rudalanii boyitish. Mis rudalarning tarkibida mis juda oz bo'lgani (0,5-2%) sababli ularni flotatsion va qaynovchi qalam ostida ko'pincha boyitiladi.
Flatatsion boyitishli. Bu usuldan sulfid va polimetall rudalarni boyitishda keng foydalaniladi. Bu usul metall va begona qo'shimcha zarrachalarining suv bilan turlicha xo‘llanishiga asoslangan, qurilma qiya tubli yashikka o'xshash bo‘lib, unga suv bilan maxsus reagent (ozgina mineral yoki o'simlik moyi) kiritiladi. Keyin esa unga voronka orqali 0,05-0,5 mm gacha maydalangan mis rudasi kiritib, trubka to'qimasi 1 orqali havo haydaladi. Havo ruda zarrachalarini suyuqlik bilan yaxshi aralashtiradi.
Qaynovchi qatlam ostida boyitishli. Mis rudalarini tarkibidagi oltingugurt miqdorini kamaytirib boyitisli uchun ularni yanada unumli maxsus qurilmalarda qayta ishlanadi. Alangali pechlarda mis konsentratlaridan sliteyn deb ataluvclii qotishma olish. Odatda mis konsentratlaridan shteyn olish uchun qattiq. suyuq yoki gaz yoqil- g'ilarda ishlovchi alangali pechlardan foydalaniladi. Bunday pechlarning uzun- ligi 40 m, eni 10 m gacha, tubining yuzi 250 n r gacha etadi. Bu pechlarda bir yo'la 100 t gacha konsentrat suyuq- lantiriladi

Alyuminiy ishlab chiqarish. Alyuminiy tabiatda eng ko'p tarqalgan metall bo'lib, yer qobig'ining 8,8 foizini tashkil etadi. U juda aktivligi sababli tabiatda sof holda uchramaydi. Alyuminiy tog' jinslaridagi gidratlarda [AIO(OH)], Al(OH), va boshqa birikmalarda uchraydi. Ulardan sanoatda foydalaniladiganlariga boksitlar, nefelinlar, apatitlar, alunitlar va kaolinlar kiradi. Alyuminiy l-udalarining yirik konlari Uralda, Sibirda, Kola yarim orolida, Leningrad viloyatida, Boshqirdistonda, O'rta Osiyo respublikalarida va boshqa joylarda bor. Alyuminiyni alyuminiy birikmalaridan olish jarayoni ikki bosqichga ajratiladi:


1. Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidini olish.
2. Alyuminiy oksidlaridan alyuminiy olish.
Alyuminiy uchta bosqichda olinadi: 1) alyuminiy rudalardan Al2O3 - alyuminiy oksidi olinadi; 2) alyuminiy oksididan alyuminiy olinadi; 3) alyuminiy tozalanadi. Tabiatda alyuminiy oksidlari boksitlar (tog’ jinsi) tarkibida boladi (boksitlar- Al2O3 , Fe2O3 , SiO2 , TiO2 , CaO, MgO з, MnO, P2O5 va boshqalar) Sanoatda eng ko’p tarqalgan Bayer usuli bilan tanishib chuqamiz: 1- bosqich. Alyuminiy rudalardan Al2O3 - alyuminiy oksidi olinadi. - boksit tegirmonga NaOH va oxaktosh qoshilib, maydalanadi; - 230 – 250 С temperaturada boqsit parchalanadi, natijada natriy alyuminati (NaAlO2 ) va kremniy silikati (Na2 SiO3 ) - hosil bo’lgan natriy alyuminati (NaAlO2 ) yuviladi NaAlO2 + 2H2O = NaOH + Al(OH)3 ,alyuminiy gidrooksida (Al(OH)3 ) filtrlardan o’tkaziladi, qizdiriladi va Al2O3 .olinadi. 2. Alyuminiy ishlab chiqarish 2 - bosqich. Alyuminiy oksididan alyuminiy olinadi. Elektroliz yordamida alyuminiy oksidi alyuminiygacha tiklanadi. Eritma tarkibi: kriolit (3NaF • AlF3 )- 75- 90%, (MgF2 ) - 2-5%; (CaF2 ) - 2-4%; (Al2O3 ) - 2-10%. Elektroliz temperaturasi 950-970 С. Alyuminiy vanna tagiga yig’iladi va maxsus qurilma bilan to’kib olinadi. 3 - bosqich. Alyuminiy tozalanadi. 2-bosqichda olingan alyuminiyda metall va nometall qo’shimchalar, gazlar bor. Ularni yoqotish uchun suyuq alyuminiydan xlor gazi puflab o’tkaziladi. Hosil bo’lgan bug’simon AlCl suyuq metalldan o’tib qo’shimchalarning zarrachalarini biriktirib metall sirtiga chiqadi va olib tashlanadi. Keyin suyuq alyuminiy kovshda 700 – 730 С da ma’lum vaqt davomida turadi, nometall qo’shimchalar va gazlar metall sirtiga suzib chiqadi. Natijada alyuminiy tozaligi 99,5 – 99,8% ga yetadi.
Toza alyuminiy va uning texnikada ishlatilishi. Alyuminiy oq-kumush rangdagi metall bo'lib, yoqlari markazlashgan kub kattakcha asosdagi kristall panjaraga ega va uning muhim xususiyatlaridan biri o'rtacha zichligining kamligi (γ=2,7 g/sm3 ) hamda yuqori plastiklik va elektr o'tkazuvchanlikka egaligidir. Alyuminiy yaxshi payvandlanadi, bosim ostidan oson ishlanadi, faqat uni kesib ishlash qiyin. Suyuq alyuminiyning oqish xususiyatlari ham yaxshi, biroq quymada katta o'lchamdagi cho'kmalarni hosil qiladi. Alyuminiy havoda tez oksidlangani uchun undan po'lat ustidagi korroziyabardosh qoplamalar olinadi. Alyuminiyning oksidlanishidan Al2O3 hosil bo'ladi, undan havo (kislorod) ning ichkariga diffuziyalanishi qiyin. Yuzadagi oksid qatlami tez ko'chadi, ammo alyuminiyning oksidlanishi oson bo'lganligi uchun darhol yangi oksid qatlami hosil bo'ladi. Shuning uchun oksid qatlam ostidagi yuza uzoq vaqt oksidlanishdan saqlanishi mumkin. Uning mexanik xossalari tarkibidagi o'zga qo'shimchalarning miqdoriga bog'liq. Eng toza yoki maxsus tozalikka ega bo'lgan alyuminiy tarkibida 0,001% qo'shimcha bo'ladi (A999), yuqori tozalikka ega bo'lgan alyuminiy tarkibidagi qo'shimchalarning miqdori 0,005...0,5% bo'ladi (A995, A99, A97, A95). Alyuminiy mashinasozlikda tok va issiqlik o'tkazadigan hamda uncha katta bo'lmagan hajmli korroziyabardosh vositalarni tayyorlashda qo'llaniladi. Alyuminiy yuqori mexanik xususiyatlarga ega bo'lganligi uchun undan tashqi kuch ta'sirida ishlaydigan vositalar deyarli tayyorlanmaydi. Quyma alyuminiyga qaraganda deformatsiyalangan alyuminiyning xossalari yuqori bo'ladi. Sanoatda 2 turdagi deformatsiyalangan (AДЛ va AДЛ) alyuminiy ishlab chiqariladi. Texnik tozalikka ega bo'lgan alyuminiy yupqa tunukasimon (list), quvur, sim va boshqa har xil shakllarda chiqariladi. Yuqori kuchlanishga chidamli kabellarni tayyorlashda hamda elektr o'tkazgich tarmoqlarida alyuminiydan juda samarali foydalaniladi. Oziq-ovqat sanoati uchun alyuminiy qotishmalaridan turli idishlar tayyorlanadi, mahsulotlarni o'rash uchun qog'oz (folga) o'rnida ham ishlatiladi.
Alyuminiy qotishmalari. Alyuminiy qotishmalari toza alyuminiyga nisbatan yaxshi mexanik va texnologik xossalarga ega. Shuning uchun mashinasozlik, samolyotsozlik, kemasozlik, qurilish va qishloq xo'jaligida alyuminiy qotishmalari keng qo'llaniladi. Alyuminiy legirlovchi elementlar bilan bir xil ko'rinishdagi o'zgaruvchan tarkibli qattiq eritmalarni hosil qiladi. Shuning uchun ular holat diagrammasi bo'yicha sinflarga ajratiladi. Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalarining aksariyati yaxshi texnologik xossalarga ega, plastikligi yuqori va ularni kesib ishlash oson. Shuning uchun ulardan turli shakldagi yarim fabrikatlarni ishlab chiqarish mumkin, masalan, qog'ozlar (folga), listlar, chiviqlar, trubalar, qobirg'ali panellar, turli ko'ndalang kesimdagi simlar, bolg'alash va shtamplash mahsulotlari. Bunday zagotovkalar materialni sovuqlayin yoki issiqlayin bosim ostida ishlash usuli bilan olinadi (presslash, ekstruzerdan o'tkazish, bolg'alash, shtamplash, jo'valash hamda volchirlash). Zagotovkalarni plastik deformatsiyalash yo'li bilan olish samarali texnologik jarayon bo'libgina qolmay, balki alyuminiy qotishmalarini mustahkamligini oshirish usuli hamdir.

Titan ishlab chiqarish. Titan yuqori mustahkamligi, korroziyabardoshligi va olovbardoshligi (Тer = 1660 С), yengilligi (4,51 г/см3 ), yaxshi kesib ishlanuvchanligi va bolg’alanuvchanligi bilan ajralib turadi. Konstruktsion material sifatida samolyotsozlikda, kimyoviy sanoatda keng qo’llaniladi. TiО2 emal va bo’yoqlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Titan asosan ilmenit - FeO·TiО2 va rutil - TiО2 . deb nomlanadigan rudalardan olinadi: ular boyitiladi, natijada ilmenit majmuasi olinadi: 40-60% TiO2 , ~30% FeO, ~20% Fe2O3, 5—7% (CaO, MgO, Al2O3 , SiO2 ) Bu majmuadan titanni ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: - titan shlakini eritib olish: elektr yoyli pechlarda ilmenit majmuasi eritilganda TiО2 shlakka o’tadi; - titan tetraxloridini olish: gazsimon xlor 700—900 С titan oksidiga ta’sir qiladi: TiO2 + 2Cl2 + 2С = TiCl4 + 2СО bu reaktsiyada issiqlik ajraladi, - titan tetraxlorididan titanni tiklash: TiCl4 + 2Mg = Ti + + 2MgCl2 Ajralgan issiqlik temperaturani 800—900 С da ushlab turishga imkon beradi, 1-4 t titan olish uchun jarayon 30-50 soat davom etadi - titanni tozalash: Ti + 2I2 = TiI4 bu jarayon 100 - 200 С da kechadi, lekin 1300—1400 С da reaktsiya teskari tomonga ketadi, natijada titan 99,9— 99,99 % gacha tozalanadi.


. Magniy ishlab chiqarish Magniy ishlab chiqarishning asosiy usuli – elektrolitik usuli. Elektroliz magniyning eritilgan tuzkarida olib boriladi. Elektrolit asosan MgCl2, unga erish temperaturani pasaytirish tok o’tkazuvchanligin oshirish uchun NаСl, СаСl2, КСl va bir oz NaF va СаF2 qo’shiladi. Основная составляющая электролита — хлористый магний МgCl2, Magniy olish uchun asosiy xom ashyo karnalit (МgСl2•КСl•6Н2О). Magniy ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari: 1. Karnalitni boyitish; 2. Karnalitni suvsizlantirish; 3. Magniy elektrolitik usulida ishlab chiqarish; 4. Magniyni tozalash; Karnalitni boyitish - bu KCl va erimaydigan qo’shimchalarni МgСl2 va КСl suv eritmalarga o’tkazishdir. Bular vakuum-kristallizatorlarda sovitiladi, hosil bo’lgan sunniy karnalit kristallari filtrlash yo’li bilan ajratiladi. Karnalit ikkita qadamda suvsizlantiriladi. 1- qadamda karnalit 550— 600 С ga qizdiriladi, 3-4% namlik qoladi. 2-qadamda karnalit elektr pechlarda eritiladi va keyin magniy oksidi tinchlantirib turiladi. Magniy elektrolitik usulida olish. Anod – uhafit plastinalar, katod – anodning ikki tomonida joylashgan po’lat plastinalari. Elektrolitdan 2,7—2,8 В tok o’tkaziladi. Xlor ionlari anodga razryadini beradi, xlor pufakchalari chiqib ketadi. Magniy ionlari katodga razryadini beradi va yengil bo’lgani uchun elektrolit sirtiga chiqadi, u yerdan tez-tez olib turiladi. Elektrolitga tez-tez karnalit qo’shib turiladi. Vanna tagiga yig’ilgan shlam vaqti-vaqti bilan olinadi. Magniyni tozalash. Yuqorida olingan magniyda 5% qo’shimchalar bor: metall qo’shimchalar (Fе, Na, К, Аl, Са) va nometall qo’shimchalar (МgСl2, КСl, NaCl, СаСl2, МgО). Magniy flyuslar bilan 700—750 С da eritiladi. Flyuslar tarkibi Mg, K, Na, Ca, Ba xloridlari.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. S.D. Nurmurodov, A.X. Rasulov, A.A. Allanazarov. Mashinasozlik materiallari. - Toshkent.: 2020
2. Nurmurodov S.D., Rasulov A.X., Baxodirov Q.G‘. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi. Darslik. - Toshkent, «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2015
3.Nurmurodov S.D., Ziyamuxamedova U.A. Metallar texnologiyasi. Darslik-Toshkent, 2017
4.Ziyamuxamedova U.A., Nurmurodov S.D., Rasulov A.X. Metallshunoslik. Darslik. - Toshkent, «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2018
5. Norxudjaev F.R. Materialshunoslik. Darslik. - Toshkent.: Fan va texnologiyalar. 2014.
Download 25.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling