Investitsion loyiha (investment project)
Investitsiyalarni rejalashtirish har bir yangi investitsion loyiha uchun asosiy niyat (maqsad)larni belgilash, ularga baho berish, eng manfaatli niyat (maqsad)ni tanlash va ularni amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Firma aynan qanday loyihalarni amalga oshirishini belgilab olgandan so‘ng shu loyihalar qay tarzda moliyalashtirilishini aniqlashi kerak. Investitsiyalarni rejalashtirish bilan bog‘liq qarorlardan farqli o‘laroq kapital tuzilmasiga taalluqli qarorlarni qabul qilayotganda tahlil birligi alohida investitsion loyiha emas, balki firmaning butun o‘zidir. Kapital tuzilmasini aniqlash jarayoni firma faoliyatining amaliy moliyaviy rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi, shundan keyin moliyalashtirishning optimal tuzilmasini ishlab chiqishga kirishish mumkin.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |