Moliyaviy tizim iqtisodiyotning turli jabha (sektor)larida qabul qilinuvchi mustaqil qarorlarni muvofiqlashtirishga yordam beradigan narx (baho) axborotini taqdim etad Gazetalar, radio va televideniye qimmatli qog‘ozlar kursi va foiz stavkalari to‘g‘risidagi axborotni har kuni xabar qiladilar. Ushbu ma’lumotlarni olayotgan millionlab odamlar ichidan, deyarli kam odam professional darajada qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanadi. 6. Moliyaviy tizim yordamida stimullashtirishning psixologik muammolarini yechish. Agar moliyaviy operatsiyaning bir tomoni bitim bo‘yicha boshqa hamkor bilmaydigan axborotga egalik qilganda, yoki bir tomon boshqasi uchun qaror qiluvchi agent hisoblanganda paydo bo‘ladigan stimullashtirishning psixo-logik muammolari moliyaviy tizim yordamida hal qilinadi. Stimullar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar, odatda, uch turga bo‘linadi va ular xalqaro amaliyotda quyidagicha nom olgan: 1. “Ma’naviy risk” muammosi; 2. “Noqulay tanlov” muammosi; 3. “Komitent-komissioner” muammosi. Reja: Reja: 1. Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar. Odatda, tarkibi va hajmi (o‘lchami) turlicha bo‘lgan oilalar uy xo‘jaliklari deb ataladi. uy xo‘jaliklari tomonidan, odatda, to‘rt xil moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi.
1.Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar.
2.Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar.
3.Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar.
4.Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorlar.
Iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar aktivlar deyiladi. Uy xo‘jaliklarining o‘zlari to‘plagan mablag‘larni sarflash borasida qaror qabul qilish jarayoni xususiy investitsiyalash (asset allocation) yoki pul mablag‘larini turli aktivlar turlari o‘rtasida taqsimlash deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |