Reja Reja Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda aylanib yurishi


Download 10 Kb.
bet2/5
Sana18.03.2023
Hajmi10 Kb.
#1280200
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Reja Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) v-fayllar.org

Ko‘pincha kapital va risk birgalikda (o‘zaro) bog‘liq bo‘lib, bir vaqtning o‘zida moliyaviy tizim yordamida o‘tkaziladi (ko‘chiriladi). Faraz qiling, Siz biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldingiz va buning uchun Sizga 100,0 mln.so‘mlik kapital kerak. Modomiki, Sizda shaxsiy jamg‘armalar yo‘q ekan, Siz defitsit iqtisodiy birlik hisoblanasiz. Endi faraz qilamiz, Siz biror-bir xususiy investorni (erkin mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy birlik) aksiyalaringizni sotib olish hisobiga Sizga 70,0 mln. so‘mlik kapital ajratishiga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldingiz. Buning uchun Siz unga korxona foydasining, aytaylik, 75%ini to‘lash majbu-riyatini olasiz. Bundan tashqari, Siz bankdan yillik 6% ustama haq bilan 30,0 mln. so‘mlik kredit olishga erishdingiz.

3. Moliyaviy tizim yordamida hisob-kitob to‘lovlarni amalga oshirish

Moliyaviy tizimning eng muhim funksiyalaridan biri odamlar va firmalarni tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida to‘lovlarni amalga oshirishning samarali usuli bilan ta’minlanishini o‘z ichiga oladi. Faraz qilaylik, Siz AQShda yashaysiz. Dunyo bo‘ylab turistik sayohatni rejalashtiryapsiz va bunda 5000 dollar barcha turistik xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo‘ladi, deb hisoblayapsiz. Pulni o‘zingiz bilan qaysi shaklda olishingiz lozim? Siz boshqa mamlakatlarda tovarlar va xizmatlarga to‘lovni qay tarzda amalga oshirasiz?

4. Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok ulushining bo‘linishi.

Moliyaviy tizim katta ko‘lamdagi korxonani tashkil etish yoki yirik korxonalar kapitalini ko‘p sonli mulkdorlar o‘rtasida bo‘lish uchun moliya-viy mablag‘larning birlashish mexanizmini ta’minlaydi.

Masalan, faraz qilaylik, Siz 10,0 mln. so‘mlik uloqchi otni sotib olish uchun mablag‘ kiritishga qaror qildingiz. Lekin Sizda hammasi bo‘lib 1,0 mln. so‘m bor. Agarda otni o‘nta qismga bo‘lishning jismoniy imkoniyati bo‘lganda, Siz uning o‘ndan birini sotib olishingiz mumkin edi.

5.Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot ko‘magi)


Download 10 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling