Reja Reja Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda aylanib yurishi
Download 308.37 Kb.
|
3-4mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsion loyiha (investment project)
Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi (o‘lchami)dan qat’iy nazar kapitalga ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniy kapitali hisoblanadi. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar moliyaviy kapital deyiladi.K a p i t a l Jismoniy kapital Moliyaviy kapital Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ish- latiladigan boshqa zarur resurslar Jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aktsiyalar, obligatsiyalar, kreditlar va h.k.lar Birinchi gal (navbat)da har qanday firma aynan qanday biznes bilan shug‘ullanishini belgilab olishi kerak va bu jarayon strategik rejalashtirish deb ataladi. Strategik rejalashtirish vaqt omilini inobatga olgan holda xarajat va daromadni baholash bilan bog‘liq ekan, ko‘p jihatdan, uni moliyaviy qarorga kiritish mumkin. Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil-kesil belgi (aniq)lab olgach, kompaniya menejerlari fabrika, mashina uskunalari, tad-qiqot o‘tkaziladigan laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxona-lar va boshqa uzoq muddatli aktivlar qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda buning barchasini boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak bo‘ladi. Bu jarayon investitsiyalarni rejalashtirish (capital budgeting process) deb ataladi. Investitsion loyiha (investment project)Investitsiyalarni rejalashtirish har bir yangi investitsion loyiha uchun asosiy niyat (maqsad)larni belgilash, ularga baho berish, eng manfaatli niyat (maqsad)ni tanlash va ularni amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat. kapital tuzilmasiga taalluqli qarorlarFirma aynan qanday loyihalarni amalga oshirishini belgilab olgandan so‘ng shu loyihalar qay tarzda moliyalashtirilishini aniqlashi kerak. Investitsiyalarni rejalashtirish bilan bog‘liq qarorlardan farqli o‘laroq kapital tuzilmasiga taalluqli qarorlarni qabul qilayotganda tahlil birligi alohida investitsion loyiha emas, balki firmaning butun o‘zidir. Kapital tuzilmasini aniqlash jarayoni firma faoliyatining amaliy moliyaviy rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi, shundan keyin moliyalashtirishning optimal tuzilmasini ishlab chiqishga kirishish mumkin. Download 308.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling