Reja: Reja: Zamonaviy testlar Qarorlarni qabul qilish va taxlil qilish. Zamonaviy testlar


Download 0.7 Mb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1496908
  1   2   3
Bog'liq
DILSHOD

963-19 GURUH TALABASI

  • 963-19 GURUH TALABASI
  • Ko’chqorov Dilshod
  • Mavzu:Zamonaviy test va qarorlarni qabul qilish va tahlil qilish usullari.

Reja:

  • Reja:
  • 1.Zamonaviy testlar
  • 2.Qarorlarni qabul qilish va taxlil qilish.

Zamonaviy testlar

  • Testlar «qoricha» yodlash darajasini tekshirmasligi lozimligi borasida bir necha bor aytganman. Shuningdek, bir necha bor qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga qaramay, bu muammo yechilmay qolayotganini ham yozgan edim. Bu yilgi imtihonlardan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, shuningdek, DTM saytida e’lon qilingan test topshiriqlari namunalarini tahlil qilsak, ularda «kim?», «nima?», «qayerda?», «qachon?» singari savollar ko‘pligini ko‘rish mumkin, demak, yaqin kelajakda qoricha yod olishdan forig‘ bo‘lishimiz dargumon.
  • «Gazeta.uz» tahririyatining xotira testidan ta’lim standartlariga belgilangan kompetensiyalarni sinashga qachon o‘tilishi to‘g‘risidagi savoliga «DTM test topshiriqlari sifatini oshirishga hamisha e’tibor qaratib kelgan», «test topshiriqlari Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va amaldagi darsliklar asosida shakllantiriladi», «kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan» deb javob berishdi.
  • Bir narsani tushunish lozim. Kompetensiyani tekshiruvchi va «darsliklar asosida tuzilgan» testlar — bu bir-birini istisno qiluvchi tushunchalardir. Kompetensiya bu Davlat ta’lim standartida belgilangan ta’rifga asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotda qo‘llash qobiliyatidir. Bu degani, agar maqsad kompetensiyalarni sinash bo‘lsa, unda test topshiruvchi darslik chegarasidan chiqib, darslik yordamida olgan bilimlarini turli vaziyatlarda qanday ishlata olishini ko‘rsatishi kerak.
  • Oddiy misol. Tasavvur qilaylik, matematikadan «kvadrat tenglamalar» mavzusi o‘tilgan. Agar o‘qituvchi o‘quvchilarda kvadrat tenglamalarni yechish ko‘nikmasi shakllanganligini tekshirmoqchi bo‘lsa, u holda u nazorat ishida ularga darslikda bo‘lmagan va sinfda yechilmagan yangi tenglamalarni yechishni beradi. Aks holda, o‘quvchi shunchaki yodlagan yechimlarini takrorlashi mumkin. Agar o‘qituvchi o‘quvchida kompetensiyani tekshirmoqchi bo‘lsa, o‘quvchilarga shunday hayotiy muammo berishi kerakki, uni yechish uchun kvadrat tenglamalardan foydalanish zarur bo‘lsin.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling