Reja: Reja: Zamonaviy testlar Qarorlarni qabul qilish va taxlil qilish. Zamonaviy testlar


Download 0.7 Mb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1496908
1   2   3
Bog'liq
DILSHOD

Chet tillari o‘qituvchilariga ustama belgilash maqsadida o‘tkaziladigan test sinovlarida turli xalqaro imtihonlarga tayyorlanish uchun chop etilganqo‘llanmalar va saytlarda berilgan topshiriqlardan foydalanish ham xotira testi sifatida ko‘rilishi mumkin. O‘qituvchi chet tilini yetarli darajada bilgani uchun emas, balki javoblarni oldindan yod olgani uchun testdan kerakli ball to‘plab o‘tishi mumkin. Bundan tashqari, agar mazkur qo‘llanma yoki sayt mualliflari DTM testlarida o‘z materiallaridan foydalanishga yozma rozilik berishmagan bo‘lsa, bunday harakatga davlat organining mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni buzishi sifatida qaralishi mumkin.

  • Chet tillari o‘qituvchilariga ustama belgilash maqsadida o‘tkaziladigan test sinovlarida turli xalqaro imtihonlarga tayyorlanish uchun chop etilganqo‘llanmalar va saytlarda berilgan topshiriqlardan foydalanish ham xotira testi sifatida ko‘rilishi mumkin. O‘qituvchi chet tilini yetarli darajada bilgani uchun emas, balki javoblarni oldindan yod olgani uchun testdan kerakli ball to‘plab o‘tishi mumkin. Bundan tashqari, agar mazkur qo‘llanma yoki sayt mualliflari DTM testlarida o‘z materiallaridan foydalanishga yozma rozilik berishmagan bo‘lsa, bunday harakatga davlat organining mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni buzishi sifatida qaralishi mumkin.
  • Agar xalqaro tajribaga nazar tashlasak, IELTS, TOEFL, SAT, A-Level va boshqa imtihonlar darsliklar asosida ishlab chiqilmaydi. Ular kompetensiyani sinashga qaratilgan, o‘qituvchi va o‘quvchi esa kompetensiyalarni rivojlantirish uchun har qanday darsliklardan foydalanishi mumkin. Bizda esa DTM tomonidan nashr etilgan darsliklar ro‘yxatiga binoan, bu yil maktabni tugatayotgan o‘n birinchi sinf o‘quvchisi 2020 yil chop etilgan 5-sinf darsliklarini o‘rganib chiqishi kerak, vaholanki u beshinchi sinf o‘quvchisi bo‘lganida bu darsliklar hali mavjud bo‘lmagan edi.
  • Xotirani tekshiruvchi testlarning nimasi yomon? Birinchidan, ma’lumki, baholash tizimi ta’lim tizimidagi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatadi hamda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning harakatlarini yo‘naltiradi. Agar baholash tizimida asosiy e’tibor yod olishga qaratilsa, o‘quvchilar kelajakdagi o‘qishlarida va hayotlarida zarur bo‘lgan kompetensiyalarni rivojlantirishga intilmasdan, ko‘r-ko‘rona yodlashni maqsad qilishadi.
  • Ikkinchidan, kirish testlari tanlangan mutaxassislik bo‘yicha kimning o‘qishga tayyorligini bilish uchun o‘tkazilishi kerak. Testlar — bu eng ko‘p «chalkash» savollarga javob bera oladigan g‘olib aniqlanadigan televizion o‘yin emas. Oliy yoki kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi cheklangan o‘rinlarga nomzodlarni noto‘g‘ri tanlab olish natijasida mablag‘ va vaqt behuda sarflanadi, mamlakatda esa kelajakda malakali kadrlar tanqisligi yuzaga kelishi mumkin.
  • Uchinchidan, xotirani tekshirishga qaratilgan testlar baholashning muhim sifat talabi — ishonchlilik talabiga javob bermaydi. Ishonchlilik — bu bir xil auditoriyada testlarni qayta ishlatganda natijalarning bir-biriga yaqinligi. Odatda ahamiyatsiz hisoblangan ma’lumot inson xotirasida odatda qisqa vaqt saqlanadi. Demak, testlarni topshirish uchun ma’lumotlarni yod olgan, ammo kerakli kompetensiyalar shakllanmagan abituriyent imtihondan so‘ng ushbu ma’lumotlarni unutib yuboradi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling