Xarajatlarni taqsimlash usullari hamda ularning samaradorlikni o’lchash va qarorlarni qabul qilishga ta’siri.
Reja:
1.Resurslarni iste’mol qiladigan faoliyat turlarini aniqlash.
2.Har bir faoliyat turi bilan bog’liq xarajatlarni aniqlash.
3.Xarajatlarni taqsimlash usullari.
4.Xarajatlarni taqsimlash va qarorlarni qabul qilish usullarining samaradorligini baholash
“Tayanch” iboralar
Resurslar, iste’mol, asosiy faoliyat, asosiy mahsulot, yondosh mahsulot, qo’shimcha mahsulot, xarajat, xarajat elementi, xarajat moddasi, samaradorlik.
1.Resurslarni iste’mol qiladigan faoliyat turlarini aniqlash.
Resurslar (fransuzcha so’zdan olingan bo’lib, “yordamchi vosita” ma’nosini bildiradi) — pul mablag’lari, boylik, zaxira, imkoniyatlar; davlat byudjetida daromad manbalari, tabiiy, iqtisodiy, mehnat, valyuta va boshqa resurslar bo’lishi mumkin. Keng ma’noda — jamiyat hayotida ishlab chiqarishni ta’minlashning vositalari, manbalarini ifodalaydigan iqtisodiy resurslar muhim o’rinda turadi. Iqtisodiy resurslar tabiiy (xom ashyo, suv, o’rmon va h.k.), mehnat ("inson kapitali"), aylanma mablag’lar (materiallar), axborot, moliya (pul kapitali) resurslariga bo’linadi.
Tor ma’noda — iqtisodiy resurslar xo’jalik faoliyatida foydalaniladigan, shu jumladan, yuqorida sanab o’tilgan resurslarni ham qamraydigan omillar majmuini bildiradi. Resurslar tiklanadigan, yana qayta hosil qilish mumkin bo’lgan (ish kuchi, jihoz, uskunalar) va tiklanmaydigan (Masalan, xom ashyolar — neft, ko’mir, gaz, rudali konlar) resurslarga hamda ishlab chiqarish va mahsulot iste’moli chiqindilari bo’lgan ikkilamchi resurslarga (dastlabki ishlatishdan keyin ishlabchiqarishda asosiy xom ayosh yoki mahsulot tarzida foydalaniladigan materiallar va buyumlar)ga bo’linadi. Bunday resurslar qo’shimcha moddiy-texnika resurslar manbai hisoblanadi. Valyuta resurslari, ya’ni erkin almashtiriladigan chet el valyutasi zaxiralari va uning tushum manbalari ham resurslarga kiritiladi.
Resurs - bu muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ma’lum imkoniyatlar (masalan, moliyaviy) mavjudligini ifodalovchi miqdoriy ko’rsatkich. Qanday resurslar mavjudligini ko’rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |