Reja: Resurslarni iste’mol qiladigan faoliyat turlarini aniqlash


Download 60.55 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi60.55 Kb.
#1625565
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3. Xarajatlarni taqsimlash usullari. Xarajatlarni taqsimlash va


Xarajatlarni taqsimlash usullari hamda ularning samaradorlikni o’lchash va qarorlarni qabul qilishga ta’siri.
Reja:
1.Resurslarni iste’mol qiladigan faoliyat turlarini aniqlash.
2.Har bir faoliyat turi bilan bog’liq xarajatlarni aniqlash.
3.Xarajatlarni taqsimlash usullari.
4.Xarajatlarni taqsimlash va qarorlarni qabul qilish usullarining samaradorligini baholash
“Tayanch” iboralar
Resurslar, iste’mol, asosiy faoliyat, asosiy mahsulot, yondosh mahsulot, qo’shimcha mahsulot, xarajat, xarajat elementi, xarajat moddasi, samaradorlik.


1.Resurslarni iste’mol qiladigan faoliyat turlarini aniqlash.
Resurslar (fransuzcha so’zdan olingan bo’lib, “yordamchi vosita” ma’nosini bildiradi) — pul mablag’lari, boylik, zaxira, imkoniyatlar; davlat byudjetida daromad manbalari, tabiiy, iqtisodiy, mehnat, valyuta va boshqa resurslar bo’lishi mumkin. Keng ma’noda — jamiyat hayotida ishlab chiqarishni ta’minlashning vositalari, manbalarini ifodalaydigan iqtisodiy resurslar muhim o’rinda turadi. Iqtisodiy resurslar tabiiy (xom ashyo, suv, o’rmon va h.k.), mehnat ("inson kapitali"), aylanma mablag’lar (materiallar), axborot, moliya (pul kapitali) resurslariga bo’linadi.
Tor ma’noda — iqtisodiy resurslar xo’jalik faoliyatida foydalaniladigan, shu jumladan, yuqorida sanab o’tilgan resurslarni ham qamraydigan omillar majmuini bildiradi. Resurslar tiklanadigan, yana qayta hosil qilish mumkin bo’lgan (ish kuchi, jihoz, uskunalar) va tiklanmaydigan (Masalan, xom ashyolar — neft, ko’mir, gaz, rudali konlar) resurslarga hamda ishlab chiqarish va mahsulot iste’moli chiqindilari bo’lgan ikkilamchi resurslarga (dastlabki ishlatishdan keyin ishlabchiqarishda asosiy xom ayosh yoki mahsulot tarzida foydalaniladigan materiallar va buyumlar)ga bo’linadi. Bunday resurslar qo’shimcha moddiy-texnika resurslar manbai hisoblanadi. Valyuta resurslari, ya’ni erkin almashtiriladigan chet el valyutasi zaxiralari va uning tushum manbalari ham resurslarga kiritiladi.
Resurs - bu muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun ma’lum imkoniyatlar (masalan, moliyaviy) mavjudligini ifodalovchi miqdoriy ko’rsatkich. Qanday resurslar mavjudligini ko’rib chiqaylik.

Download 60.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling