Reja: Rossiya Federatsiyasi ta`lim tizimi va uning huquqiy asoslari Ta'limda sifat menejmentining joriy qilinishi Rossiya Federatsiyasida ta'lim tizimini boshqarish


O‘zbekiston-Rossiya ta’lim sohasidagi munosabatlari


Download 62.25 Kb.
bet6/7
Sana14.12.2021
Hajmi62.25 Kb.
#181240
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Atadjanova Mohira


O‘zbekiston-Rossiya ta’lim sohasidagi munosabatlari


Oʻzbekiston – Rossiya aloqalari uzoq tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron Amir Temur zarblari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi.

Ikki mamlakat Fanlar Akademiyasilari va ularning institutlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.

O‘zbekiston Respublikasida Rossiyaning yetakchi ta’lim muassasalarining filiallari tarmog‘ini kengaytirish O‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirishda muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida zamonaviy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlik borasida yurtimizdagi oliygohlar faol ishtirok etmoqda. Rossiya va O’zbekiston oliy ta’lim yurtlari hamda Xalq ta’limi vazirliklari o’rtasida 100 dan ortiq hujjatlar imzolangan.

Mustaqillik davrida bir qator institutlar Rossiyaning oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar asosida talabalarni o‘qitish, maqsadli ilmiy izlanishlarni olib borish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar almashish borasida hamjihatlik va hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Misol tariqasida, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Moskva po‘lat va qotishmalar instituti (Московский институт стали и сплавов МИСиС), Peterburg davlat temir yo‘l universiteti (Петербургский государственный университет путей сообщения ПГУПС), Rossiya transport universiteti (Российский университет транспорта МИИТ), N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (Московский Государственный Технический Университет  имени Н.Э.Баумана), Uzoq sharq federal universiteti (Дальневосточный федеральный университет ДВФУ), Moskva arxitektura instituti (Московский архитектурный институт МАРХИ), Omsk davlat temir yo‘l universiteti (Омский государственный университет путей сообщения ОмГУПС)lari bilan mustahkam ilmiy aloqalar va transport tizimida malakali kadrlar tayyorlash maqsadida qo‘shma loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Tuzilgan shartnomalar asosida o‘tgan davr mobaynida Rossiya transport universiteti (MIIT), Peterburg davlat temir yo‘l universiteti (PGUPS) va Moskva po‘lat va qotishmalar instituti (MISiS)larida 46 nafar aspirantlar ilmiy faoliyat olib bordilar.  Ayni vaqtda transport tizimiga malakali mutaxassislar tayyorlaydigan Rossiya ta’lim muassasalarida 2 nafar doktarant va 25 nafar aspirant ta’lim olmoqdalar.

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ta’lim–ilm-fan–ishlab chiqarish o‘rtasida uzilishlarni bartaraf etish, ular o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash borasida ham Rossiya ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturlarini amalga oshirdi. Jumladan, Moskva po‘lat va qotishmalar instituti (MISiS), Peterburg davlat temir yo‘l universiteti (PGUPS) va Uzoq sharq federal universiteti (DVFU)larida 105 nafar o‘zbekistonlik yigit-qizlar bitirib, injener maqomiga ega bo‘ldilar.

Mazkur davlatlar o`rtasidagi munosabatda fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilyapti. 2018-yilidan Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali ish boshladi. O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritayotgan Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiy akademiyasi, Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiallariga qo‘shimcha ravishda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti, Rossiya davlat kinematografiya instituti, Moskva energetika instituti, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiallarini ochish rejalashtirilgan.

Fan sohasida o‘zaro hamkorlikni faollashtirish, jumladan, Jizzax viloyatidagi Suffa platosida yirik radioteleskop tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish maqsadida mamlakatimizda O‘zbekiston-Rossiya yoshlari forumi an`anaviy ravishda o`tkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning 17- dekabr kuni bo`lib o`tgan “Taʼlim sifatini milliy va hududiy baholashning asosiy xususiyatlari. Rossiya tajribasi” mavzusida onlayn vebinar ham Rossiya bilan ta`lim sohasidagi hamkorlikning yaqqol dalili hisoblanadi.

Ikki kun davom etadigan mazkur vebinar milliy baholash tizimini yaratishda Rossiya Federatsiyasining tajribasi, milliy va hududiy miqyosda taʼlim sifatini baholashning oʻziga xos xususiyatlari, taʼlim muassasalarda taʼlim natijalarini mustaqil baholash vositalari, Rossiya Federatsiyasining milliy baholash tizimining ilmiy-metodik asoslari boʻyicha milliy baholash tizimini yaratishda xalqaro tajribalarni oʻrganish uchun munosib sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.

Oʻzbekistonda taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda mazkur aloqalar muhim rol oʻynaydi. Taʼlim inspeksiyasi 2018-yildan buyon READ loyihasi doirasida rossiyalik mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida Rossiya Federatsiyasining Taʼlimni rivojlantirish strategiyasi instituti bilan imzolangan shartnomaga asosan Rossiya va Oʻzbekistonda xalq taʼlimi tizimi vakillari ishtirokida seminar va treninglar tashkil etib kelinmoqda.



Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi fan va taʼlim masalalari boʻyicha hukumatlararo komissiyaning ikkinchi bayoniga asosan Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi va Rossiya Fan va taʼlim sohasini nazorat qilish federal xizmati Oʻzbekiston Taʼlim sifati nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha oʻzaro aloqalarni davom ettirishi belgilangan.

Download 62.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling