Reja: Rul mexanizmi Rul yuritmasi «Neksiya» avtomobilining rul boshkarmasi


Download 209 Kb.
bet7/12
Sana22.12.2022
Hajmi209 Kb.
#1042985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja I. Kirish II. Asosiy qism





III. TEXNOLOGIK QISM



3.1. Rul boshqarmasi tortqichlari texnik holatini aniqlash




Buning uchun rul chambaragi aylanish vaqtida soshka birdaniga likillatib ko’riladi, tortgichlar holatini qo’l bilan payqash mumkin. Agar birikmalar lyuft sezilsa rezbali probkalar tortib ko’riladi. Buning uchun probka shplinti olinadi, so’ng mahsus kalit bilan probka oxirigacha buraladi va shplint to’g’ri kelguncha orqaga qaytarilib, shplint joyiga qo’yiladi.
Rul boshqarmasidagi maxkamlash ishlari agregat va mexanizmlarni qotirilganligini tekshirishdan iborat bo’lib, buni bajarishdan oldin rul mexanizmi karterining avtomobil ramasiga, rul tortqilari richagining burish mushtiga, soshkaga, bo’ylama va ko’ndalang rul tortqisi barmog’iga mahkamlanishi tekshirib ko’riladi.
Rul mexanizm karteridagi va gidrokuchaytirgich bachogidagi moy sathi navbatdagi TXK paytida tekshiriladi va me’yorigacha moy quyiladi. Gidrokuchaytirgich bachogi, uning filtrlarini hamda karterni (yilda kamida 1 marta yoki mavsumda, bahor va kuzda) benzin bilan yuvib, moyi almashtiriladi. Gidrokuchaytirgichga dvigatel salt ishlab turganda moy quyiladi. Rul mexanizmiga uzatmalar qutisi uchun mo’ljallangan Tap-10 va Tap-15L moylari yoki transmission moy quyiladi. Gidrokuchaytirgichli rul mexanizmiga yozda turbina moyi (markasi 22), qishda AU-veretyon moyi quyiladi. MAZ-500 rul mexanizmiga TM-16P va gidrokuchaytirgichiga yozda industrial-20 va qishda industrial-12 moyi quyiladi. KamAZ avtomobilining gidrokuchaytirgichiga R markali moy quyiladi. Rul tortqilarining sharnirli birikmalari 12001800 km yurilgandan so’ng, navbatdagi TXK paytida US-2 yoki US-3, shuningdek USs-1, Uss-2 yoki Uss solidoli bilan moylanadi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan NEKSIYA, ESPERO, MERSEDES-BENTS va boshqa turdagi avtomobillarning rul mexnizmining gidrokuchaytirgichiga DEKSRON- moyi quyiladi.

Rul boshqarmasi mexanizmlarini joriy ta’mirlash detallarini almashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Detallarning eyilgan joylari, masalan, soshka vali bo’yinlari xromlash yo’li bilan tiklanadi, soshka vali oxiridagi rezba yo’nib tashlanib, sirti payvandlanadi va yangi rezba ochiladi. Rul mexanizmi karteridagi podshipnik o’rnatiladigan uyaning eyilgan joylari yo’niladi va po’lat halqa presslab o’rnatiladi. Tarangligi pasaygan va singan prujinalar, sharsimon barmoqlarning eyilgan vkladishlari, bo’ylama va ko’ndalang tortqi barmoqlari almashtiriladi. Egilgan rul tortqilari sovuq yoki 800S haroratgacha qizdirib to’g’rilanadi.



Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling