Reja: Rul mexanizmi Rul yuritmasi «Neksiya» avtomobilining rul boshkarmasi


Download 209 Kb.
bet8/12
Sana22.12.2022
Hajmi209 Kb.
#1042985
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Reja I. Kirish II. Asosiy qism



















































3.1. Rul boshqarmasiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash.





Rul boshqarmasini sozlashda, tortgichlardagi sharnir va rul mexanizmi birikmalaridagi tirqishlar yo’qotiladi. Rul mexanizmidagi chervyak podshipnigining o’q bo’yicha siljishini prokladkalar yordamida sozlanadi. Rul soshkasining o’q bo’yicha siljishi, tayanch bolt yordamida sozlanadi.
Yuqorida keltirilgan TXK ishlarini batafsil ko’rib chiqamiz.
Rul chambaragi erkin yurishini aniqlash(3.53-rasm): Buning uchun lyuftomer-dinomametr rul chambaragiga o’rnatiladi. U dinamometrga mahkamlangan 3-shkaladan, rul kolonkasiga 1-siqqichlar yordamida mahkam qotirilgan 2-ko’rsatkichdan tashkil topgan bo’lib, dinamometr 4-siqqichlar yordamida rul kolonkasiga qotiriladi. Dinamometr shkalalari 5-shtokda ko’rsatilgan bo’lib, u rul chambaragiga qanday kuch bilan ta’sir etilayotganini ko’rsatib turadi (ta’sir etish kuchi 20-120 N bo’lishi mumkin). SHtok yordamida 10 N kuch bilan chambarak o’ng tomonga, so’ng chap tomonga harakatlantiriladi. Strelka o’ng va chap tomonga og’ish kattaliklari qo’shilib umumiy erkin yurish yo’li aniqlanadi. O’rta sifatda erkin yurish 10dan oshmasligi kerak. Agarda erkin yurish katta bo’lsa mexanizmning bo’ylama va tishlarning ilashish tirqishlari sozlanadi.

3.53-rasm. Lyuftomer-dinomometr shakli: 1-siqqichlar; 2-ko’rsatkich; 3-shkala; 4-siqqich; 5-shtok

CHervyak-rolik, vint-gayka, reyka tishli sektor turidagi rul mexanizmlari ikki turdagi sozlash mavjud bo’lib, ular val vintining podshipnigining o’q bo’ylab tirqishi va ilashma tirqishini sozlash hisoblanadi.

3
.54-rasm. Rul mexanizmi o’qining bo’ylama siljishi va chervyakni rolik bilan ilashish tirqishini sozlash shakli: a) o’qning bo’ylama siljishini sozlash shakli: 1-pastki qopqoq; 2-rul mexanizmi; 3-sozlovchi zichlagich; b) chervyakni rolik bilan ilashish tirqishini sozlash shakli: 1-sozlovchi vint; 2-shayba; 3-gayka.

1. O’qning bo’ylama siljishini sozlash(3.54a-rasm):
Buning uchun chambarak bir zumda o’ng va chap tomonga buriladi va o’q bo’ylab oldinga tortib ko’riladi. Agar tirqish me’yoridan katta bo’lsa uni sozlash zarur. Bu tirqish zichlagichlarni kamaytirish bilan sozlanadi.
2. CHervyakni rolik bilan ilashish tirqishini sozlash(3.54b-rasm):
Buning uchun chegaralovchi gayka bo’shatiladi va buragich yordamida sozlovchi vint orqali tirqish sozlanadi. Bu o’z navbatida rul chambaragi erkin yurishini me’yoriyligini ta’minlaydi.



3.55-rasm. Reyka va vint orasidagi tirqishni sozlash shakli: 1-rul karteri; 2-plunjer; 3-zichlashtirish xalqasi; 4-prujina; 5-sozlovchi probka; 6-chegaralovchi gayka.

Moskvich - 412 avtomobilining rul boshqarmasi tortqichlari texnik holatini aniqlash

Buning uchun rul chambaragi aylanish vaqtida soshka birdaniga likillatib ko’riladi, tortgichlar holatini qo’l bilan payqash mumkin. Agar birikmalar lyuft sezilsa rezbali probkalar tortib ko’riladi. Buning uchun probka shplinti olinadi, so’ng mahsus kalit bilan probka oxirigacha buraladi va shplint to’g’ri kelguncha orqaga qaytarilib, shplint joyiga qo’yiladi.


Rul boshqarmasidagi maxkamlash ishlari agregat va mexanizmlarni qotirilganligini tekshirishdan iborat bo’lib, buni bajarishdan oldin rul mexanizmi karterining avtomobil ramasiga, rul tortqilari richagining burish mushtiga, soshkaga, bo’ylama va ko’ndalang rul tortqisi barmog’iga mahkamlanishi tekshirib ko’riladi.
Rul mexanizm karteridagi va gidrokuchaytirgich bachogidagi moy sathi navbatdagi TXK paytida tekshiriladi va me’yorigacha moy quyiladi. Gidrokuchaytirgich bachogi, uning filtrlarini hamda karterni (yilda kamida 1 marta yoki mavsumda, bahor va kuzda) benzin bilan yuvib, moyi almashtiriladi. Gidrokuchaytirgichga dvigatel salt ishlab turganda moy quyiladi. Rul mexanizmiga uzatmalar qutisi uchun mo’ljallangan Tap-10 va Tap-15L moylari yoki transmission moy quyiladi. Gidrokuchaytirgichli rul mexanizmiga yozda turbina moyi (markasi 22), qishda AU-veretyon moyi quyiladi. MAZ-500 rul mexanizmiga TM-16P va gidrokuchaytirgichiga yozda industrial-20 va qishda industrial-12 moyi quyiladi. KamAZ avtomobilining gidrokuchaytirgichiga R markali moy quyiladi. Rul tortqilarining sharnirli birikmalari 12001800 km yurilgandan so’ng, navbatdagi TXK paytida US-2 yoki US-3, shuningdek USs-1, Uss-2 yoki Uss solidoli bilan moylanadi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan NEKSIYA, ESPERO, MERSEDES-BENTS va boshqa turdagi avtomobillarning rul mexnizmining gidrokuchaytirgichiga DEKSRON- moyi quyiladi.
Rul boshqarmasi mexanizmlarini joriy ta’mirlash detallarini almashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Detallarning eyilgan joylari, masalan, soshka vali bo’yinlari xromlash yo’li bilan tiklanadi, soshka vali oxiridagi rezba yo’nib tashlanib, sirti payvandlanadi va yangi rezba ochiladi. Rul mexanizmi karteridagi podshipnik o’rnatiladigan uyaning eyilgan joylari yo’niladi va po’lat halqa presslab o’rnatiladi. Tarangligi pasaygan va singan prujinalar, sharsimon barmoqlarning eyilgan vkladishlari, bo’ylama va ko’ndalang tortqi barmoqlari almashtiriladi. Egilgan rul tortqilari sovuq yoki 800S haroratgacha qizdirib to’g’rilanadi.


Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling