Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


(Ryurikovlar sulolasi 862-1598 yillarda Rossiyani boshqargan, sulola asoschisi Ryurik (862-


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

(Ryurikovlar sulolasi 862-1598 yillarda Rossiyani boshqargan, sulola asoschisi Ryurik (862-
879 yillarda boshqargan), sulolaning sо‘nggi vakili Fyodor Ivanovich hisoblanib u 1584-
1598 yillarda boshqargan. 1604 yilning avgustida Soxta Dmitriy qо‘shini Lvovdan chiqib rus 
hududlariga yо‘l oldi. 1605 yil may oyida Boris Godunov tо‘satdan vafot etadi va о‘z 
qо‘shinlari bilan Moskvaga kelgan soxta Dmitriy 1605 yil iyun oyida taxtni egallaydi va о‘zini 
Dmitriy I nomi bilan ataydi. Podsho bо‘lib olgan soxta Dmitriy о‘zini oqlamadi: cherkov, 
monastirlarga og‘ir soliqlar solingani uchun cherkov ruhoniylari undan norozi bо‘ldi, 
katolitsizmning yoyilib ketish xavfi tug‘ildi, xalq ommasi yangi podsho xalqning ahvolini 
yaxshilamasligini tez orada tushundi. Soxta Dmitriyning Marina bilan nikoh tо‘yiga kelgan rus 
kishilarining milliy urf-odatlari va an’analarini haqorat qilgan polyak zodagonlarining xulq-
atvori moskvaliklarni g‘azabini qо‘zg‘atdi va tez orada unga qarshi qо‘zg‘olon kо‘tarilib, ular 
Kremlga bostirib kirdilar va soxta Dmitriy I ni о‘ldirib, jasadini yoqdilar, xokini porox bilan 
aralashtirib, tо‘pga solib, bu xoin Rossiyaga kirib kelgan g‘arbiy chegara tomonga otdilar. 
Ammo hokimiyatni boyarlar egallab oldilar. Ular podsho qilib Vasiliy Shuyskiyni (1605-1612 
yillarda boshqargan) saylashadi. Ammo bu bilan Rus davlatidagi boshboshdoqlik tugamadi. 
1609 yili asli shved shahzodasi bо‘lgan Polsha qiroli Sigizmund III Rossiyaga qarshi urush 
boshlaydi. Ammo Rossiyani zabt etolmaydi. 1611 yili Nijniy Novgorodlik qishloq oqsoqoli 
Kuzma Minin (1616 yil vafot etgan) tashabbusi bilan xalq lashkari tuzilib, unga vatanparvar 
knyaz Dmitriy Pojarskiy (1578-1642 yillarda yashagan) qо‘mondonlik qildi va 1612 yil 26 
sentabrda Moskvani polyak va litva qо‘shinlaridan batamom ozod qildilar. Shvedlarga qarshi 
olib borilgan janglar ham muvaffaqiyatli bо‘lib, 1617 yili Stolbovo (Tixvin yaqirida) sulhi bilan 
yakunlandi. Sulhga kо‘ra, Shvetsiya Novgorod yerlarini Rossiyaga qaytarib berdi. Ammo Fin 
kо‘rfazi qirg‘oqlari, Karel qо‘ltig‘i, Neva daryosining quyi oqimi va Yam shahri, Kopore, Ivan-
gorod, Karela va Oreshek shvedlar qо‘lida qoldi. 1617-1618 yillari polyak-litva qо‘shinlari 
Moskvaga yangi yurish boshladi, ammo Moskvani ololmadi va urush 1618 yil 1 dekabrda 
Troitse-Sergiyev monastiri (hoz.Zagorsk shahri) yaqinidagi Deulin qishlog‘ida о‘n tо‘rt yarim 
yilga imzolangan sulh bilan yakunlandi. Sulhga kо‘ra Rossiya Smolensk, Chernigov


Novgorod-Seversk yerlari, 29 ta shahar, jumladan Smolensk shahridan voz kechishga majbur 
bо‘ldi, bu hududlar Polsha ixtiyoriga о‘tdi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling