Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Mavzu: XVI-XVII asrning birinchi yarmida Usmoniylar imperiyasi


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Mavzu: XVI-XVII asrning birinchi yarmida Usmoniylar imperiyasi 
Reja: 
1. Usmoniylarning Misr mamluklari bilan olib borgan urushlari.2. Sulaymon I ning ichki va 
tashqi siyosati.3. XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning birinchi yarmida Bolqon 
xalqlarining turklar zulmiga qarshi olib borgan kurashlari.4.Lepanto yonida turklarning 
maglubiyatga uchrashi.5. Rossiya-Turkiya munosabatlari.
Usmoniy turklar davlati (1299-1922). Poytaxti- Syogut (1299-1326), Bursa (1326-1365), 
Edirna (1365-1453), Istanbul (1453-1922). Hududi- 5,2mln.km.kv (1683). Davlat tuzumi- 
monarxiY. Davlat tili- usmoniy turk tili. XV asrning ikkinchi yarmida Usmoniylar davlati 
imperiyaga aylandi, shungacha Usmoniylar sultonligi deb atalgan bо‘lsa, endi Usmoniylar 
imperiyasi deb ataladigan bо‘ldi. Usmoniylar davlati 1299-1922 yillarda mavjud bо‘lib, bu 
sulolani boshqargan hukmdorlar: Usmon I (1299-1324), Urxon (1324-1359), Murod I (1359-
1389), Boyazid I (1389-1402), Boyazid I ning о‘g‘illari Sulaymon Chalabiy, Muso Chalabiy va 
Mehmed Chalabiylarning taxt uchun kurashi (1403-1413), Mehmed I (1413-1421), Murod II 
(1421-1444; 1446-1451), Mehmed II Fotih (1444-1446; 1451-1481), Boyazid II (1481-1512), 
Salim I (1512-1520), Sulaymon I Qonuniy (1520-1566), Salim II (1566-1574), Murod III (1574-
1595), Mehmed III (1595-1603), Ahmad I (1603-1617), Mustafo (1617-1618; 1622-1623), 
Usmon II (1618-1622), Murod IV (1623-1640), Ibrohim (1640-1648), Mehmed IV (1648-1687), 
Sulaymon II (1687-1691), Ahmad II (1691-1695), Mustafo II (1695-1703), Ahmad III (1703-
1730), Mahmud I (1730-1754), Usmon III (1754-1757), Abdulhamid I (1774-1789), Salim III 
(1789-1807), Mustafo IV (1807-1808), Mahmud II (1808-1839), Abdulmajid (1839-1861), 
Abdulaziz (1861-1876), Murod V (1876), Abdulhamid II (1876-1909), Mehmed V Rashid 
(1909-1918), Mehmed VI Vahiduddin (1918-1922) lar boshqarganlar. Jami imperiyani 36 ta 
hukmdor boshqarib, shulardan 19 ta hukmdor boshqaruvi yillari о‘rta asrlar davriga tо‘g‘ri 


keladi. Usmoniy turklarning XIV- XV asrlarda Yevropada olib borgan istilolari natijasida XV 
asr oxiri XVI asr boshlarida Bolqon yarim orolining qariyb barcha hududlari, Osiyo va 
Afrikaning kо‘pgina yerlari turklar zulmi ostida qoldi. Kо‘plab xalqlarni bо‘ysundirgan 
Usmoniylar imperiyasi о‘z davrining ilg‘or davlatlaridan biri, о‘rta asrlarning yagona asl 
harbiy davlatiga aylandi. Turkiya imperiyasi 1453 yilda Konstantinopol shahrini 
bosib olgandan keyin yana kengaya boshladi. Muhammad II (1451-1481) 50 va 60- yillarda 
Bolqon yarim orolida Dunaybо‘yidagi Serbiyani, Bosniyani, Gersegovinani va Albaniyani istilo 
qildi. Bolqon yarim oroli bilan qо‘shni bо‘lgan Valaxiya vassal qaram qilib qо‘yildi. 70- 
yillarning о‘rtalarida turklar Qrimni va Tanu (Azov) shahrini bosib oldilar. Taxminan shu 
vaqtlarda turklar Kichik Osiyoda Trapezund shahrini, deyarli butun Anatoliyani to Frot 
daryosigacha istilo qildi. Ammo Muhammad II ikki marta katta muvaffaqiyatsizlikka ham 
uchradi, u Belgradni ishg‘ol qila olmadi, turklar uni 1456 yilda qamal qilgan bо‘lsalar-da, 
maqsadlariga erisha olmadilar shuningdek, Rodos orolini ham ololmadilar (1480 yilgi qamal 
muvaffaqiyatsiz bо‘ldi).Usmoniylar davlatining geografik qulay, ya’ni Yevropa va Osiyo 
qit’alari hamda musulmon va xristian olami tutashgan yerda joylashuvi, ularning Yevropada 
olib borgan istilolari uchun muhim strategik sharoit yaratdi. Shunday istilochilik yurishlari 
natijasida Usmoniylar qо‘shinlari 1501 yili Albaniyadagi Durres shahrini zabt etdilar. 
Muhammad II ning nabirasi Salim I zamonida (1512—1520) turklarning istilolari yana 
boshlandi. Salim Eronga qarshi qilgan g‘olibona, urushida Kavkaz bо‘yi mamlakatlaridan 
Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyaning bir qismini, Dog‘iston va Kurdistonni istilo qildi. 
Sо‘ngra Salim Suriya bilan Misrni 1517 yilda bosib olib, butun islom dunyosining boshlig‘i 
sifatida о‘ziga xalifa (xalifa.arab.о‘rinbosar, noib-ilk davrda musulmon jamoasi va musulmon 
davlatining diniy va dunyoviy boshlig‘i, XVI asrdan boshlab turk sultonlari ham о‘zlarini xalifa 
deb ataganlar va bu 1922 yilgacha, ya’ni usmonli turklar davlati tugagancha davom etgan)
unvonini oldi. Krit, Kipr va О‘rta dengizdagi boshqa yerlarini о‘z qо‘lida saqlab qolish uchun 
Venetsiya Turkiya sultoniga har yili katta xiroj tо‘lab turishga majbur edi.Shialar ustidan 
qozonilgan g‘alabalardan sо‘ng, usmoniylar sultoni Salim I Misrni egallashga tayyorlana 
boshladi. 1515 yilning bahorida Qohiraga Salim I yurishga tayyorgarlik kо‘rayotgani haqida 
xabar yetkazildi. Misrdagi Mamluklar davlati (mamluk arab.qul-Misrda 1250-1517 yilgacha 
hokimiyat tepasida bо‘lishgan) va Usmoniylar davlati islomning sunniylik oqimiga mansub 
bо‘lsalar ham, ixtiloflar sababli urush holatiga kelib qolishgandi. XV asr oxirlarida Misr va 
Usmoniylar davlati qarshi tomondagi siyosiy qochoqlarga boshpana berib, ulardan о‘z 
maqsadlari yо‘lida foydalana boshlashdi. Shuningdek, islom olamida hukmronlik qilish 
masalasida ham ikki davlat о‘rtasida tortishuv borardi.1463 yili usmoniylar elchisining 
mamluk sultoniga ta’zim qilishdan bosh tortgani ixtiloflarning boshlanishiga sabab bо‘lgan. 
Endi oradan yarim asr о‘tib usmoniylarning Misrga xavf solishi oydinlashdi. Salim I Misr 
yurishiga tayyorlanarkan, Janubi-sharqiy Anatoliya va Kurdistonni bо‘ysundirdi. Kurd beylari 
usmoniylar sultonlar hukumatini tan oldi. Turklar bu muddat mobaynida Diyorbakr, Mosul va 
Mardin kabi shaharlarni ham qо‘lga kiritishdi. Keyin qо‘shinlar Misrga yо‘llandi. Bu davrda 
mamluk sultoniga qarashli yerlarda hukumatga qarshi kayfiyat juda kuchli edi. Dehqonlar 
ommasi ham, sulton Kansux Alg‘uriydan norozi edi. Askarlar g‘ayridinlarga qarshi 
urishishlarini, musulmonlarga qarshi urushmasliklarini aytishdi. Salim I esa zarba berishga 
tayyor bо‘lguncha tо‘qnashuvlardan qochib, diplomatik о‘yin olib bordi. 1516 yil iyulda 
Qohiraga sulton bilan savdo-sotiq aloqalari, xususan, Misr shakarini olish bо‘yicha elchilar 
yuborildi.1516 yil 5 avgustda usmoniylar qо‘shini mamluklar chegarasidan о‘tishdi. 1516 yil 


24 avgust kuni usmoniylar qо‘shini Halab bо‘yidagi Dabiq maydonida Kansux boshchiligida 60 
ming kishilik mamluklar qо‘shini bilan tо‘qnashdi. Jang taqdirini о‘sha zamonda eng kuchli 
hisoblangan turk artilleriyasi hal qildi. Usmoniylar otliq qо‘shini о‘ziga qarshi tura oladigan 
mamluklar otliq qо‘shinini tor-mor keltirdi. Kansuxning zaxira bо‘linmalari jangga 
tushmayotgani mamluklar qо‘shini orasida sarosima keltirib chiqardi. Mamluk askarlari jang 
maydonini tashlab keta boshladi. Ayni shu vaziyatda turklarning qattiq hujumi mamluklarni 
betartib qochishga majbur qildi. Halokat yaqinligini sezgan Kansux zahar ichib о‘ldi. Bu 
jangdan sо‘ng Halab, Ayntab va Mamluklar davlatiga qarashli boshqa Suriya shaharlari 
mamluk harbiylarini quvib, Salim I ga taslim bо‘lishdi. 1516 yil 28 avgust kuni Salim I Halabga 
kirdi va tantanali kutib olindi. Ertasiga juma kungi xutbada unga “Ikki muqaddas shaharning 
xodimi” unvoni berildi.
Bu unvonni oldinlari Misr hukmdorlari olib yurishardi va musulmon olamining rahbari 
hisoblanishardi. О‘sha vaqtdan boshlab turk sultonlari о‘zlarini xalifalar deb atab, boshqa 
musulmon о‘lkalardan ularni oliy hukmdor deb tan olishlarini talab qilishdi. 
1516 yil sentabrida Salim I qо‘shini qarshiliklarsiz Suriyaning barcha shaharlarini qо‘lga kiritdi. 
Yerli aholi usmoniylar qо‘shini tarafida bо‘lib, mamluklarga qarshi harakat qilishdi. 
Suriyaliklarning о‘zi shahar darvozalarini ochib berdi. Damashq 1516 yil 9 oktabrda Salim I ni 
kutib oldi. Noyabrning oxirlarida sulton qо‘shini Suriya va Falastin istilosini tugatdi. Oldinda 
Qohiraga yurish turardi. Mamluklarning yangi sultoni Tumanbay turk qо‘shiniga zarba 
berishga harakat qildi. 1516 yil 25 dekabrda Beysan (Falastin) jangida Sinon Yusuf poshsho 
boshchiligida turklar Tumanbay qо‘shinini mag‘lub etdi. Bir oydan sо‘ng Qohiraning 
shimolidagi Ridoniyya nomli joyda hal qiluvchi jang bо‘ldi. Tumanbay jangga 100 ta tо‘p 
tayyorladi. 1517 yil 22 yanvar kuni Tumanbay qо‘shini tor-mor qilindi. Mamluklar artilleriyasi 
turklar artilleriyasiga dosh berolmadi, mamluk qо‘shini jang maydonini tashlab 
qochdi.Tumanbay qо‘shiniga hech qanday yordam berolmadi. Turklar Qohirani qо‘lga 
kiritishdi.
Bir necha kundan sо‘ng kechasi Tumanbay bо‘linmalari bilan shaharga bostirib kirdi. Kо‘cha 
janglari boshlanib, unda 50 mingga yaqin qohiralik halok bо‘ldi. Salim I tartib о‘rnatgandan 
sо‘ng 800 nafar mamluk beyining boshini olishni buyurdi. Tumanbay yana ikki oy qarshilik 
kо‘rsatdi, biroq yaqinlari tomonidan ushlab berildi. 1517 yil 17 aprel kuni sо‘nggi mamluk 
sultoni Qohira darvozasining arki ostida dorga tortildi.1517 yil avgustida Salim I an’anasiga 
kо‘ra minglab hunarmandlarni Istanbulga jо‘natgach Qohirani tark etdi. Zamondosh arab 
tarixchisi Ibn Ilyos Salim I qо‘lga kiritgan о‘ljalarni quyidagicha ifodalaydi:”Aytishadiki, Usmon 
avlodi Qohirani tark etayotganida, kо‘plab о‘ljalarni hisobga olmaganda, о‘zi bilan oltin va 
kumush yuklangan minglab tuyalarni olib ketdi. U о‘zining ota-bobolari yetisha olmagan 
narsalarga ega bо‘lgandi”.Salim I Suriya va Misrni tark etgach о‘z tarafiga о‘tgan mamluk 
sarkardalariga ichki ishlarda ma’lum erkinliklar berib, u yerlarni boshqarish huquqini 
topshirdi. U Misr va Suriyaning yirik shaharlarida yanicharlar (yanicharlar. usmoniylar 
davlatida davlat xazinasidan maosh olib turadigan muntazam piyoda qо‘shinlar. Sulton 
Murod I davrida shakllangan. Dastlab asirga tushgan о‘spirinlardan, sо‘ng usmoniy turk 
imperiyasining xristian aholisi orasidan zо‘rlab islom diniga kiritilgan yoshlardan terib 
olingan. Shuningdek otliq askarlar ham bо‘lib, ular sipohiylar deb atalgan. Ularga xizmati 
tufayli yer berilardi, harbiy benefitsiy ulashilardi. 1826 yil 15 iyunda ular sulton Mahmud II 


ning harbiy islohotlariga qarshi fitna uyushtirishganligi uchun yanicharlar butunlay tugatilgan) 
korpusini qoldirgandi. 1521-1522 yillarda Misr va Suriyadagi avtonomiyalar tugatilib, 
markaziy hokimiyatga bо‘ysunuvchi viloyatlarga aylantirildi. Qohiradan ketishidan oldin Hijoz 
hokimi uni ziyorat qildi. Sultonni barcha musulmonlarning rahbari-xalifasi deb bilishni aytib 
unga ishonch bildirdi. Makka ulug‘larining qо‘llashi va uni yangi xalifa sifatida tan olishlari 
Salim I ga katta obrо‘ keltirardi.Shuning uchun Hijozni о‘zining davlatiga qо‘shib olgan sulton 
mintaqaning ichki ishlarini boshqarishni ularning ixtiyorida qoldirdi.Oradan kо‘p о‘tmay 
sultonlarning Afrikada mulklari paydo bо‘la boshladi. Yirik bandargoh Al-Jazoir va unga 
yondosh hududlar 1516 yili qaroqchilar tomonidan egallangandi. Ularning rahbari Xayriddin 
Barbarossa 1518 yili Salim I hokimiyatini etirof etdi va sultondan beylarbeyi (yuqori mamuriy 
unvon va lavozim, viloyat, katta shahar hokimlari) unvonini oldi.Salim I Bolqondagi, Janubi-
sharqiy Anatoliyadagi, Arabiston yarimorolidagi hamda Shimoliy Afrikadagi qо‘shilgan yerlari 
Usmoniylar davlati hududini deyarli ikki barobar kengaytirdi. Unga qarashli mintaqalarda 
hosildor yerlar va kо‘plab savdo-hunarmandchilik markazlari bor edi. Usmoniylar davlati 
Vengriya chegaralaridan va Adriatika sohillaridan tortib Fors kо‘rfazigacha bо‘lgan 
hududlarda muhim savdo yо‘llarini nazorat qilardi. Misrdagi Mamluklar davlatining 
tugatilishi va Eronning 1514 yilgi eron-turk urushidan sо‘ng kuchsizlanib qolishidan sо‘ng, 
usmoniylar urush maydonini Yevropaga kо‘chirishdi.Mamluklarni jazolagan usmoniylar bо‘ldi. 
Keyingi usmoniylar davrida Suriya, Misr, Shimoliy Afrikaning boshqa yerlari, Qrim kabilar 
egallandi. Konstantinopol zabt etildi. Vengriya, Italiya, Germaniya, Moldova, Rus kabi boshqa 
qator davlatlar usmoniylar bilan kurashlarida tinkalari quridi.1517-1798 yillarda Misr 
Usmoniylar davlati tarkibida bо‘lgan. Sulton Sulaymon I Qonuniy davrida (1520—1566) 
Usmoniylar imperiyasi g‘oyat katta qudratga zrishdi. Misr egallab olinganidan sо‘ng Usmoniy 
sultonlarning hokimiyati butun Shimoliy Afrika qirg‘oqlaridan to Marokkogacha bо‘lgan 
hududlarda о‘rnatildi. 1522 yili turk floti Rodosni egalladi, bu esa usmoniylarga Sharqiy О‘rta 
Yer dengizida ustunlikka erishish imkonini berdi. Yevropada esa Sulaymon I Gabsburglar 
imperiyasi bilan qattiq kurash olib bordi. Fransuz qiroli Fransisk I Gabsburglarga qarshi 
Sulaymon bilan rasmiy suratda ittifoq tuzdi. 1529 yilda Sulaymonning Avstriyaga qilgan 
yurishi Gabsburglarning Valuaga qarshi olib borgan «katta urush»ning bir halqasi edi. 
Sulaymon chet ellik savdogarlarga imtiyozli savdo yorliqlari bera boshlagan birinchi sulton 
edi. 1535 yilda u fransuz savdogarlariga turk suvlarida bemalol qatnash, Turkiyaning hamma 
portlarida, ozgina (5%) boj tо‘lash sharti bilan bemalol savdo qilish, huquqini berdi.
Belgradning bosib olinishi va 1526 yilda Moxach yonida chex va vengrlarning birlashgan 
armiyasini tor- mor keltirilishi Venetsiyani bosib olish uchun yо‘l ochib berdi. 1520 yili Venani 
egallashga harakat qilib kо‘rdi lekin bu muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1547 qilgi shartnomaga kо‘ra, 
Vengriya hududlari Turkiya va Avstriya о‘rtasida bо‘lib olindi. Transilvaniya Turkiyaning 
vassaliga aylandi. Vengriyaning kattagina qismi Turkiya viloyati bо‘lib qoldi. Valaxiya bilan 
Moldaviya Portaga xiroj tо‘laydigan dav-latlarga, unga har yili kо‘plab pul tо‘lab turadigan va 
mustaqil tashqi siyosat yuritish huquqidan mahrum etilgan vassal knyazliklarga uzil-kesil 
aylantirilgan edi. Sharqda esa turklar qator janglardan sо‘ng, 1555 yili Eron shohi Tahmospni 
tinchlik shartnomasi imzolashga majbur qildi. Unga kо‘ra, butun G‘arbiy Armaniston (Van 
kо‘li havzasi), G‘arbiy Gruziya va Iroq (Bag‘dod bilan birga) Turkiyaga о‘tdi. Sulaymon 
zamonida turk qо‘shinlari Qizil dengizning butun qirg‘oqbо‘yi yerlarini va Janubiy Arabistonni 
bosib oldi. 1537 yili turklar yirik flot tuzib, Qizil dengiz orqali savdoga katta zarar 


yetkazayotgan portugallarni Hind okeanidan quvishga harakat qilishdi, biroq bu ekspeditsiya 
muvaffaqiyat keltirmadi. Uch qitada joylashgan XVI asr Usmoniylar imperiyasi ilgari 
Vizantiya imperiyasi bilan Arab xalifaligiga qarashli bо‘lgan yerlarning hammasini о‘z qо‘l 
ostida birlashtirdi. О‘rta dengizning kattagina qismi, Qizil dengiz, Fors qо‘ltig‘i ham sulton 
qо‘lida edi. Sulton har xil hind rojalariiing portugal mustamlakachilarga qarshi olib borgan 
kurashlariga homiylik qildi.Sulaymon о‘zining 46 yillik hukmronligi davrida 13 marotaba 
harbiy yurishlarda ishtirok etdi, shulardan 10 tasi Yevropada olib borildi.XVI asrning birinchi 
yarmida turk armiyasi uyushtirgan yirik bosqinchilik yurishlari, uning katta harbiy kuchga ega 
bо‘lganligini tasdiqlaydi. Usmoniylar imperiyasining aholisi 25-30 mln kishini tashkil etgan. Bu 
paytga kelib turk sultonlari sharqdan g‘arbgacha 7 ming km, shimoldan janubgacha 5 ming 
km va hammasi bо‘lib, 8 mln.km.kv. yerni egallab turishar edi. Turk manbalarinig guvohlik 
berishicha, sulton Sulaymon I vafot etgan 1566 yili Usmoniylar imperiyasining hududi 14 mln 
893 ming km.kv. ni tashkil etardi. Shundan 2 mln km.kv ga yaqini Yevropada, 4,5 mln km.kv 
ga yaqini Osiyoda va qolgan qismi Afrikada joylashgan.Sulaymon о‘zining qonunlar tо‘plamini 
(«Qonunnomai Sulaymoniy») ni qoldirib ketdi. Bu qonunnomaga 1566 yil sanasi qо‘yilgan. 
XVI asrda Turkiyaning ichki tuzilishi qanday bо‘lgani haqida shu tо‘plamga qarab ham fikr 
yuritish mumkin. Turk sultonlari istilo qilgan kо‘pdan-kо‘p hududlarning ma’muriy tuzilishi 
Sulaymon vaqtida bir xil formaga solindi. Butun imperiya 21 viloyatga bо‘linib, ular о‘z 
navbatida 250 sanjoq (Usmoniylar imperiyasida asosiy ma’muriy-hududiy birlik) ga taqsim 
qilindi. Har bir viloyatning tepasida beklarbegi turar, har bir beklarbegi о‘z saroyi, devonxona 
va devoniga ega edi. Sanjaq boshlig‘i esa sanjaqbey, deb atalardi. XVI asrning birinchi 
yarmida turk floti ispan, portugal va Venetsiya eskadralari ustidan g‘alaba qozonib, О‘rta Yer 
dengizida hukmronga aylandi. Birgina Maltani qamal qilishda 300 tagacha harbiy kemalar 
ishtirok etgan. Usmoniylar imperiyasining quruqlikdagi armiyasi ham juda kuchli edi. Bu 
armiya “Saroy qullari” deb ataluvchi markaziy qо‘shin va viloyatlardagi kо‘ngillilar 
qismlaridan iborat edi.Sulaymon armiyasida 300 dan ortiq turli hajmdagi tо‘plar bor edi. 
Sulaymon turk qо‘shinlarining yanicharlar deb atalgan imtiyozli qismini tartibga solgan 
maxsus reglament tuzdi. Yanicharlarning soni 12 mingdan 20 mingga yetkazilgan edi. 
Umuman muntazam armiyada shu davrda 50 ming kishi xizmat qilardi. Ular muntazam 
suratda katta maosh olib turar edi. Yanicharlarga urushdan bо‘sh vaqtlarida hunar va savdo 
bilan mashg‘ul bо‘lish uchun har xil imtiyozlar berilgan bо‘lsa-da, lekin bu narsa amalda 
ularni harbiy ishdan chalg‘itgan, jangovarlik qobiliyatlarining pasayishiga sabab bо‘lgan edi. 
Ammo yanicharlar turk qо‘shinining ozgina qismini tashkil qilgan. Yanicharlar piyodalar 
korpusidan tashqari sultonning otliq gvardiyasi ham mavjud bо‘lib, u yurishlar paytida sulton 
va buyuk vazirni qо‘riqlar, janglarda yanicharlarga yordam berardi.Turkiyaning asosiy harbiy 
kuchini feodallar lashkari tashkil etgan. Har xil yer egalari, chunonchi yirikroq yer
egalaridan — zoimlar va beylar, ulardan maydaroq yer egalari bо‘lgan timariotlar va 
sipohiylar (sipohiylar.Usmonli turk imperiyasi armiyasida aniq shartnoma asosida harbiy 
xizmatni о‘tovchi shaxs) sulton chaqirgan hamono yerlariga yarasha miqdordagi qurolli 
dehqonlari bilan birgalikda yurishlarda qatnashish uchun yetib kelishlari lozim bо‘lgan. XVI 
asr о‘rtalarida sipohiylar armiyasi soni 130 mingdan 250 ming kishigacha bо‘lgan. 1571 
yilda turklar Kipr orolini zabt etdilar. XVI asr oxirida venetsiyaliklar Dalmatsiyadagi 
dengizbо‘yi hududlarini, Ioanna va Krit orollarini о‘zlarida saqlab qolishga muvaffaq bо‘ldilar, 
xorvat va sloveniya yerlari Gabsburglar hukmronligi ostida qoldi. Usmoniy sultonlarning oliy 
hukmronligini tan olgan mustaqil shahar-respublika Dubrovnik hamda Valaxiya va Moldaviya 


usmoniylarga yillik tovon tо‘lab turadigan bо‘ldilar. Usmoniylar imperiyasining Bolqondagi 
harbiy-siyosiy ustunligi, muntazam kuchli armiyaning mavjudligi, Yevropada о‘z istilolarini 
davom ettirish, kengaytirish va bо‘ysundirilgan xalqlarni qattiq itoatda ushlab turish 
maqsadiga qaratilgan siyosatni olib boruvchi harbiy-ma’muriy apparatning qat’iy 
markazlashtirilganligiga asoslangan edi. Turk dehqonlarining ahvoli qanchalik og‘ir bо‘lgan 
bо‘lsa, diniy e’tiqodi jihatidan xristianlarga mansub bо‘lib, istilo qilingan mahalliy aholining 
ahvoli undan ham og‘ir edi. Serblar, greklar, bolgarlar, valaxlar (ruminlar) va boshqa riyolar 
(musulmon bо‘lmaganlarning hammasi turk tilida shunday deb atalardi) musulmonlarga 
qaraganda davlatga ikki baravar kо‘proq soliq tо‘lashga majbur edilar. Ular mol-mulkining 
daxlsizligi butunlay ta’min etilmagan edi, о‘zlari ham doim turk ma’murlari va harbiylarining 
о‘zboshimchaligidan va tahqirlashidan azob chekar edilar. Diniy rasm-odatlarning ijro 
qilinishiga ijozat berilar ekan, buning uchun xristian aholisidan yana qо‘shimcha ravishda 
og‘ir soliqlar olinardi. Riyolar ozgina norozilik bildirganlari taqdirda, ular ustiga jazo 
ekspeditsiyalari yuborilar va bu eskpeditsiyalar tinch aholini talar, о‘ldirar edi.Bolqon yarim 
orolidagi xalqlar turklar istilosi natijasida qandaydir sun’iy bir tо‘siq bilan butun Yevropadan 
ajratilganidan turklar zulmi sharoitida juda sekin rivojlanib bordilar. Savdo-sotiq ishlari tor 
doirada olib borildi. Sanoat juda sekin rivojlandi. 
Bolqon yarim oroli xalqlari (juda kо‘pchiligi slavyan xalqlari) boshiga ofat bо‘lib tushgan 
turklar istilosi natijasida bu xalqlarning yuz yillar davom etgan qismati shu bо‘ldiki, qishloq 
xо‘jaligi texnikasi pastligicha qolaverdi, bir qator viloyatlarda natural xо‘jalik hukmron bо‘lib, 
keldi, krepostnoylik munosabatlari saqlanib qoldi.Turklar tomonidan bо‘ysundirilgan Bolqon 
xalqlari turklar zulmiga indamasdan bо‘ysunavermadilar. XV asr — XVI asrning 
boshlarida Bolqon yarim orolidagi mamlakatlarning turklar tomonidan zabt etilgan 
davrdan boshlab keyingi asrlar mobayiida Bolqon yarim orolidagi mazlum millatlarning 
kurashi ularning butun tarixi davomida davom etib keldi. Juda katta armiya, turk 
feodallarining zulmini ag‘darib tashlash imkoniyatiga ega bо‘lmagan tobe aholi partizanlar
urushini olib bordiki, bu urush aslida XVI— XVII asrlar davrida ham, shundan keyingi davrda 
ham mustaqil davom etdi. Partizanlar tog‘lik joylar sharoitidan foydalanib va dehqon 
jamoalari madadiga tayanib yarim orolda turk hukmronligiga putur yetkazdilar, turklar 
obrо‘sini tushirdilar, hamda turk ma’muriyati va turk mahalliy feodallarining eng yovuz 
vakillariga qarshi xalq qasoschilari bо‘lib chiqdilar. Partizanlar turli nomlarga ega edilar:
bolgarlar va serblarda gayduklar (piyodalar. Janubiy slavyan xalqlarining XV-XIX asrlarda 
usmonli turk istilochilariga qarshi qurolli kurashi qatnashchilari), Gretsiyada-kleftlar 
(о‘g‘rilar.Gretsiyada XVII-XIX asrlarda turk hukmronligi va yunon zamindorlariga qarshi 
kurashgan dehqon-partizanlarning nomi), Dalmatsiyada-uskoklar (Dalmatsiyada XV- XVII 
asrlarda turk istilochilariga qarshi qurolli kurashi qatnashchilari) va h.zo. Partizanlarning 
qahramonona kurashi Bolqondagi barcha xalqlarning turklar hukmronligi davridagi xalq 
qо‘shiqlarida yaqqol aks ettirildi. Ammo partizanlik har holda Turkiya hukmronligiga qarshi 
kurashning yetarli emas edi, u tarqoq va parokanda edi. Turkiya ma’murlari partizanlarning 
chiqishlariga qarshi kurashning о‘zlariga xos terroristik usullarini qidirib topdilar. Partizanlar 
Bolqon yarim orolidagi turklar hokimiyatini о‘z kuchlari bilan tugata olmadilar. Turklar 
zulmiga qarshi mazlum xalqlar tomonidan olib borilgan kurashning yana bir formasi ayrim 
joylarda, kо‘pincha eng yirik shahar punktlarida tez-tez fitnalar va qо‘zg‘olon kо‘tarishga 
bо‘lgan urinishlardan iborat bо‘ldi. Odatda bu fitnalar va qо‘zg‘olonlar Yevropadagi biror 


davlatning madadiga umid bog‘lar edi. Avstriya qо‘shinlarining madadidan umidvor bо‘lgan 
1594 yilgi Banata serblarining qо‘zg‘oloni ana shunday eng dastlabki qо‘zg‘olon-fitnalardan 
biri bо‘ldi. 1598 yilda Ikkinchi Bolqon saltanatining poytaxti Tirnovoda turklarga qarshi katta 
qо‘zg‘olon bо‘lib о‘tdi. Bu qо‘zg‘olonga Tirnovo mitropoliti (Rimning bosh shaharlari 
ma’muriy markazlarida joylashgan xristian cherkovi yepiskoplariga beriladigan unvon) 
Dionisiy va boshqa ayrim mashhur bolgar boyarlari boshchilik qildilar. Qо‘zg‘olon qо‘shni 
Transilvaniya va Valaxiya feodallari tomonidan madad olishni mо‘ljalab kо‘tarilgan edi. 
Ammo 1594 yilgi Banata qо‘zg‘oloni ham, 1598 yilgi Tirnovo qо‘zg‘oloni ham yetarli 
tayyorlanmagan bо‘lib, muvaffaqiyatsiz tugadi.XVII asrning boshlarida ayrim turk 
qо‘shinlariga talafot yetkazgan serblar va chernogoriyaliklar (1603 yildagi Kris shahri 
rayonidagi serblar qо‘zg‘oloni, 1604 yilgi chernogoriyaliklar harakati) ba’zi muvaffaqiyatlarni 
qо‘lga kiritdi,Turklarga qarshi kurash jarayonida slavyan mamlakatlarining vatanparvarlari 
bir dindagi va qarindosh bо‘lgan xalq ruslar madadiga kо‘proq umid bog‘lay boshladilar. XVI 
va XVII asrlarda rus davlati qudratining о‘sishi bu umidni ayniqsa rag‘batlantirardi. 
Bolgarlarda va Bolqondagi boshqa xalqlarda ruslar jafo chekayotgan Bolqon xalqlariga 
madad kо‘rsatadilar va ularni turk zulmidan ozod qiladilar, degan qat’iy ishonch oshib bordi. 
Bolqondagi mazlum xalqlar orasida «dyado Ivan» (ya’ni Ivan bobo) haqida afsona vujudga 
keldi. Bu obrazda ular о‘zlarini turklarning og‘ir zulmidan ozod qiladigan rus xalqi va kuchli 
Rus davlatini mujassamlashtirgan edilar.Milliy zulm, mazlum millatlarni doimo bostirib turish 
rejimi juda katta Turkiya imperiyasining aslida zaif ekanini va beqarorligini kо‘rsatardi. 
Turkiya imperiyasining siyosiy tuzumi, idora qilish tizimining о‘zi ham uning ziddiyatlar va 
ichidan zaifligini XVI asrdayoq namoyon etgan edi. Fuqarolarining butun hayot-mamotini о‘z 
qо‘lida tutib turgan sulton mustabid hokimiyati Sulaymon I ning taxt vorislari vaqtida 
saroydagi har xil feodal guruhlarning fitnachilik quroliga aylandi. Yangi sulton taxtga о‘tirar 
ekan, toji-taxtga da’vo qiluvchi raqiblari qolmasin uchun о‘zining barcha aka-ukalarini qirib 
tashlardi. Saroyda fitna avjiga chiqib ketar va odatda bu fitnalarda yanicharlar ham ishtirok 
qilardi. Masalan, sulton Murod III (1574-1595) taxtga chiqib, 5 nafar ukasini qatl ettiradi
sulton Muhammad III ham taxtga chiqishi bilan 19 nafar aka-uka va qarindoshlarini qatl 
ettirgan.Tinmay davom etgan urushlar juda katta xarajatlarni talab etardi. Armiya 
xarajatlarining oshib ketishi xazinaning bо‘shab qolishiga olib keldi. Natijada, juda kо‘p 
marotaba yanicharlarning qurolli qо‘zg‘olonlari bо‘lib о‘tdi. Bu holatdan bir-biriga qarama-
qarshi bо‘lgan feodal guruhlar foydalandi. Faqat 1617-1623 yillarning о‘zida yanicharlarning 
isyonlari natijasida 4 marotaba sultonlar almashdi. Juda kо‘p haramxonalari, behisob 
xizmatkorlari, juda katta soqchi otryadlari bо‘lgan sulton saroyiga ham ozmuncha 
mablag‘ sarf bо‘lmas edi. Turkiya imperiyasidagi mamlakatlarda soliqlar hamisha oshib borar, 
ammo aholining ishlab chiqaruvchi quchlari esa juda sekin taraqqiy etardi. Turklar XV asrda 
va XVI asrning birinchi yarmida bir qancha g‘alabalarga erishgandan keyin, XVI asrning 
oxiridan boshlab, ayiiqsa XVII asrda о‘zlari katta-katta mag‘lubiyatlarga uchray boshladilar va 
bu mag‘lubiyatlar XVII asr oxiri-XVIII asr boshlarida Turkiya imperiyasi hududining anchagina 
torayib qolishiga sabab bо‘ldi. Yevropaliklar bilan bо‘lgan urushlarda turklar birinchi marta 
1571 yilda Lepanto yonida katta mag‘lubiyatga uchradilar. Bu yerda turklarning juda katta 
flotini Ispaniya, Venetsiya va Rim papasining birlashgan flota tor-mor qilgan edi (birlashgan 
flotning boshligi Filipp II ning ukasi shahzoda Don-Xuan Avstriyskiy edi). Bundan keyin 
Turkiya venetsiyaliklardan Kipr orolini tortib olgan edi. Ammo shunday bо‘lsa ham, bu 
mag‘lubiyat mamlakatning ichki ahvoliga qattiq ta’sir qildi, XVI asrning 80-90 yillarida 


Turkiya keskin ijtimoiy-siyosiy inqirozni boshidan kechirdi. Mamlakatda davlat soliqlarining 
ortishi va feodal tо‘lovlarining kо‘paytirilishi munosabati bilan dehqonlarning bir necha 
qо‘zg‘oloni bо‘lib о‘tdi. 
1591 yil ayniqsa «olag‘ovurli» yil bо‘ldi, bu yili kо‘pchilik viloyatlar sulton Murod III ga 
(1574—1595) qarshi bosh kо‘tardilar. Muhammad III podsholik qilgan davrda (1595—
1603) doim xalq qо‘zg‘olonlari, sipohiylar va yaiicharlarpipg g‘alayonlari bо‘lib turdi. 
Pirovard natijada saroyda bо‘lib о‘tgan tо‘ntarish oqibatida sultonning о‘zi ham о‘ldirildi. 
XVII asr boshlarida Turkiya Eronga qarshi kurashda bir qator talafotlar kо‘rdi. Eron shohi 
Abbos I Ozarbayjonni, Armanistonni, Sharqiy Gruziyani, Kurdistonni, shuningdek, Mosul va 
Bag‘dod shaharlari bilan Mesopotamiyani bosib oldi. 1619 yilda Istambul sulhiga binoan, 
Turk sultoni Kavkaz va Mesopotamiyadagi deyarli hamma yerlarining qо‘ldan ketganligini tan 
olishga majbur bо‘ldi. Bu yerlarning bir qismi 1639 yilda qaytarib olindi. Ammo bunga 
Turkiyaning о‘zi kuchayganligi bilan emas, balki kо‘proq Eronning zaiflashganligi sabab
bо‘ldi. Rossiya bilan Turkiya о‘rtasida birinchi marta tо‘qnashuv XVI asrning ikkinchi yarmida 
bо‘lgan edi. Sulton hukumati Azovni bosib olganidan keyin Astraxanni ham bosib olmoqchi 
edi. Sulton hukumati bu yerdan Kaspiy dengizi bо‘ylab Eronga qarshi qо‘shin tortib borishni 
mо‘ljallagan edi. Ammo hujum qilgan turklarning qamaliga Astraxan bardosh berdi (1568 yil). 
Turklar katta talafotlar berib chekinishga majbur bо‘ldilar.XVII asrning birinchi yarmida 
Usmoniylar olib borgan urushlar natijasi uning harbiy quvvati zaiflashganligini kо‘rsatadi. 
1606 yili Sitvatorokeda uzoq davom etgan avstro-turkiya urushi tinchlik shartnomasi 
imzolanishi bilan tugadi. Bu shartnomaga kо‘ra, Turkiya Avstriyani nafaqat 1547 yildan beri 
davom etib kelayotgan 30 ming dukatlik (dukat.ital.dukato- G‘arbiy Yevropaning bir qancha 
mamlakatlarida muomalada bо‘lgan kumush va oltin tanga) yillik xirojdan ozod qildi, uni teng 
huquqli xristian davlati sifatida tan oldi. Turk feodallari Eron bilan uzoq urush olib bordi. XVII 
asr boshlarida Eron shohi Abbos turklardan Kavkaz ortidagi kо‘pgina hududlarni va Iroqni 
tortib oldi. Lekin tez orada sulton Murod IV (1623-1640) harbiy harakatlarni boshlab yubordi. 
Tо‘rt yil davom etgan urushdan sо‘ng 1639 yili Qasri Shirinda ular о‘rtasida tinchlik 
shartnomasi imzolandi. Unga kо‘ra, Iroq, Bag‘dod bilan birga, yana Turkiyaga о‘tdi, bundan 
tashqari, G‘arbiy Gruziya, G‘arbiy Armaniston va Kurdistonning bir qismi ham Turkiyada qoldi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling