Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi
Mavzu : XVIXVII asr birinchi yarmida Fransiya
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi 2 majmua.
Mavzu : XVIXVII asr birinchi yarmida Fransiya
Reja: XVI asrda Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. Fransisk I davrida absolyutizmning muvaffaqiyatlari. Fransiyada reformatsiyaning yoyilishi. Gugenotlar urushi va uning birinchi, ikkinchi davrlari. Genrix IV ning iqtisodiy va tashqi siyosati. Rishele va uning absolyutizmni mustahkamlash siyosati. XVI asrda Fransiya Garbiy Yevropada markazlashgan eng yirik davlat edi. U iqtisodiy taraqqiyotida ancha katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Fransiya iqtisodiy jihatdan Ispaniyaga, Germaniya, janubiy Italiya va Skandinaviya mamlakatlariga qaraganda koproq rivojlangan mamlakat edi. Ayniqsa Puatu viloyati va Pikardiyadagi movut ishlab chiqarish, Bretan, Men va Normandiyadagi polotno ishlab chiqarish, Tur, Lion, Orlean va boshqa joylardagi shoyi toqish- manufaktura (lot.qolda yasalgan buyum degani) ning rivojlanib borayotgan sanoat tarmoqlari edi. Fransiyada oyna, qand, qogoz, shoyi, mato ishlab chiqarish ham rivojlandi. Parijning attorlik (parfyumeriya) va zargarlik mollarining dongi hamma yoqqa tarqalgan edi. XVII asrda Parij modalar markazi bolib, Yevropa modasini Parij belgilaydigan boldi. Italiyadan ozlashtirilgan gilam toqish, kozgusozlik, oynasozlik, chinni ishlash manufakturalari ham muvaffaqiyat bilan rivojlanib bormoqda edi. Fransuz bosmaxonalarida bosilgan kitoblar Fransiyaningning ozidagina emas, balki Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham tarqalar edi. Fransuzlar yasagan zambaraklar XV asrdayoq butun Yevropadagi eng yaxshi toplar deb hisoblanar edi. Fransiya ilgarigidek Orta dengiz orqali qizgin savdo sotiq ishlari olib borardi. Marsel mamlakatning eng katta porti edi. Ammo shu bilan birga Atlantika okeani bilan boglangan garbiy va shimoliy portlarning ham ahamiyati oshib bormoqda edi. Bordo, Laroshel, Nant, Gavr, Depp shaharlari ham katta portlar edi. Lion shahrida olib boriladigan savdo- sotiq ishlari xalqaro ahamiyatga ega bolishi bilan birga bu shahar goyatda katta pul bozori ham edi. Lion birjasida Antverpen bilan raqobat qilardi. Mol ayirboshlash va savdoning osishi shaharlarda bozorlar qurishni taqozo etgan. Fransiyaning Tuluza shahrida 1203 yili galla bozori qurilib, shaharda undan tashqari vino, teri-moyna, poyafzal sotadigan maxsus bozorlar ham bolgan. Manbalarda yozilishicha, Parij shahri atrofidagi mol bozorlarida har haftada 1300 blsh hokiz, 8200 bosh qoy, 200 bosh buzoq sotilgan. XVII asrda yopiq bozorlar ham qurila boshlandi. Eng katta bozorlar London va Parijda qurilgan edi. Fransiyada ogirligi va zarb shakli turli bolgan pullar bolgan. Bu pullarni qirollargina emas, balki yirik feodallar va katta shaharlar ham chiqarardi. Faqat Fransiyaninig ozida XVI asrda kamida 80 xil tanga zarb qilingan. Savdoning osishi shahar aholisi ortasida burjuaziya sonining kopayishiga olib keldi. Burjua sozining ozi Fransiyada XII asrdayoq paydo bolgandi va shaharning hurmatli fuqarolarini anglatardi. Sudyalarga, advokatlarga, notariuslarga, vrachlarga, dorixona xodimlariga ana shunday murojaat qilishardi. Fransiya iqtisodiy jihatdan Angliya bilan Niderlandiyaga qaraganda sekinroq rivojlanmoqda edi. Aholining kopchiligi qishloq xojaligi bilan shugullanar edi. Fransiyada bu paytda ham yerni qolda yogoch omoch bilan haydashgan. XVII asrda temir omochdan boy dehqon xojaliklarida qollanilgan, chunki temir qimmat bolgan. Yogoch omochdan song yerni boronalab chiqishib, keyin ekishardi. Bugdoy pishganda uni qol oroq bilan orishardi.Urugni 30 ta teshikli bori terisida sepishgan. Dehqonlar toplaydigan pul soligi doim bir tarzda bir meyorda bolgan. Fransuz dvoryanlari ingliz dvoryanlaridan shu bilan farq qilardiki, ularning dehqonlar qolidagi yerlarni tortib olishlari uchun biror muhim bahona yoq edi. Shunday qilib fransuz dehqoni yersiz qolishi xavfi ostida emasdi. Bu jihatdan fransuz dehqonining ahvoli, ingliz dehqonining ahvolidan durustroq edi. Ammo fransuz dehqonining boshqa mushkulliklari bor edi. Fransuz dehqoni davlatga ham katta- katta soliqlar tolardi. Dehqonlardan olinadigan soliqlar markazlashgan Fransiyaning juda tez osib ketgan idoralarini taminlab turuvchi asosiy manba edi. Qirol saroyi, armiya va cherkov goyat kop mablag talab etardi. Davlat olgan soliqlarning bir qismi, keyinchalik har xil nafaqalar, hadyalar tarzida yana dvoryanlarga kelib tushardi. Fransuz dehqoni pomeshchiklarga feodal rentasini aslida ikki marta tolardi: bir marta chinsh (polyakcha.czynsz, nemischa.Zins-foiz degani- Yevropada feodalizm davrida senorga mahsulot yoki pul bilan tolanadigan muntazam soliq), tariqasida va u bilan bogliq bolgan har xil tolovlar shaklida ozining mahalliy yer egasi senyoriga tolardi;shuningdek, davlat soliqlari tariqasida feodallar ham tolar edi. Katolik cherkovi foydasiga ushur ham saqlanib qolgan edi. Biroq fransuz dehqoni bulardan boshqa yana bir senz (lot.census,censeo-royxatga olaman sozidan olingan bolib,(yiliga senorga pul bilan tolanadigan soliq) tolashga majbur edi. Fransuz dehqonlarining juda kopchiligi sudxorlardan qarzdor bolib qolgan edi. Orta asrlarda Fransiyada dehqonlar katta tolov berib ozod bolgan edilar ana shu ish dehqonlarni qarzga botirib qoydi. Keyinchalik yuz yillik urush davridagi xonavayronlik natijasida dehqonlarning sudxorlarga qaramligi yanada kochayib ketdi. Nihoyat bu qaramlik davlat soliqlarining tinmay oshib borishi tufayli yana kuchayib mustahkamlanib ketdi. Bunday sharoitda fransuz dehqonining qarzdan qutilishiga hech qanday imkon yoq edi. Qirol Fransisk I davrida (1515-1547) qirol hokimiyati goyat zor qudratga ega bolgan edi. Fransisk I (Fransua I) dastavval cherkovni tamomila oziga boysundirdi. Papa Lev X bilan Bolonda tuzilgan konkordat (kelishuv. Papa va qaysidir mamlakat qiroli ortasida mazkur mamlakatdagi katolik cherkovi huquqi maqomi va uning papa bilan munosabatlarini tartibga soluvchi shartnoma) ga kora, fransuz qiroli barcha yepiskoplarni vazifalarga ozi tayinlaydigan boldi. Shu bilan birga papa fransuz cherkovidan keladigan daromadning kopchilik qismini qirolning ozi olishi uchun huquq berdi. Songra Fransisk I Bosh shtatlarini mutlaqo chaqirmay qoydi. Fransisk I qonun chiqaruvchi hokimiyat oz qolimda bolishi lozim deb bilar va bu hokimiyatni vakillar yigini bilan ortoqlashishni sira istamas edi. 1527 yilda Parij parlamenti majlisida hozir bolganlar qirolga murojaat qilib:Siz qonundan yuqori turasiz, sizni qonun va qoidalar hech narsaga majbur etolmaydi, bunday hokimiyatning ozi yoq degan edi, parlament raisi. Qirol davlat boshqarmasining mayda-chuydalariga ham shaxsan ozi aralashardi. Butun markaziy boshqarma qirol kengashi qolida edi. Bu kengash turli nomdagi bolimlarga; Katta va kichik Kengashlar, Moliya kengashi va boshqalarga bolingan edi. Qirolning ozi kengash azolarini tayinlar va barcha masalalarni ozi hal qilardi. Hukumat azolari tarkibi- oliynasab shahzodalar, ruhoniylar, moliyachilar, yuristlar tashkil qilardi. Amalda mamlakatda qirolning shaxsiy hukmronligi ornatilgan edi. Joylarda, chekka olkalarda hokimiyatni gubernatorlar boshqarar, ularni oliy tabaqa vakillaridan qirolning ozi tayinlardi. Fransisk I ham italyan urushlarini davom ettirdi. U Karl V Gabsburg bilan tort marta 1521- 1525, 1527-1529, 1536-1538, 1542-1544 yillarda urush qildi. Fransisk I diplomatiya sohasida katta istedod egasi bolib, Gabsburglarga qarshi kurashda oziga kop ittifoqchi olgan bolsada, Italiyadagi urushlari muvaffaqiyatsiz kechdi. 1525 yilda Paviya yonidagi jangda Fransisk I asir tushgan edi. Sonngi urushda Karl V Fransiyaga bostirib kirib Parijga hujum boshlaydi. German protestant knyazlarining imperatorga qarshi qozgolonga tayyorlanayotganidan xabar topgan qirol urush harakatlarini davom ettirishdan voz kechdi. U 1544 yilgi Fransisk I bilan tuzgan shartnomaga binoan har ikkala tomon qolga kiritgan yerlaridan voz kechdi. Fransiskdan keyin uning vorisi Genrix II davrida (1547-1559) italyan urushlari yana boshlanib ketdi. Bu urush 1559 yil Kato-Kambrezi shahrida tuzilgan shartnoma bilan tugadi. Unga muvofiq Genrix II Italiyadan tamomila voz kechdi, ammo Filipp II ham oz tomonidan muhim bir masalada yon berdi. Fransiya Mets, Tul, va Verden shaharlari bilan birgalikda Lotaringiyaga ega bolib qoldi. Fransiyada reformatsiya ham gumanistlar doirasida boshlandi. Lefevr d Etapl 1512 yildayoq Apostol Pavelning maktublari (apostol, yunon.-elchi; islomda-shogird,izdosh manosida;-ilk xristianlikning shakllanish davrida diniy targibotchilar), haqidagi kitobi bilan maydonga chiqqan edi. U ozining bu kitobida Lyuterga oxshab najot yoli- dindir degan goyani ilgari surdi. Lefevr 20- yillarda tavrotni fransuz tiliga tarjima qila boshlagan edi. Lefevr reformatsiyani tayyorlab bergan bolsada, protestant bolmagan edi. U hayotining oxirigacha rasman katolik bolib qolaverdi. Fransiyaga Lyuterning kopgina izdoshlari kochib kelishi munosabati bilan bu mamlakatga Lyuter goyalarining kiritilishi protestantizmning yoyilishiga koproq tasir korsatdi. Avval boshda Kalvinning ozi ham Lyuterning izdoshi edi. U faqat keyin 30 yillarga kelib bu talimotni chuqurlashtirdi. Parijning yirik burjuaziyasi ham katolik diniga mahkam yopishib olgan edi, chunki qirol singari katolizm ham Fransiyadagi ilmiy birlikning simvoli edi. Fransiyada katolik cherkovi Germaniyadagi singari papaga tobe emasdi, tamomila qirolga boysunardi. Fransisk I bir oz vaqt mamlakatga reformatsion goyalarning yoyilishiga indamay keldi, chunki u qirolga qarshi olib borayotgan korinishda german protestant knyazlaridan madad olib turardi. Ammo 30- yillar ortalarida qirol hukumati yeretiklarni juda qattiq taqib qila boshladi. 1535 yilda lyuterlardan 35 kishi otda kuydirildi va 300 kishi qamoqqa olindi. 1540 yilda Fransiyada inkvizitsiya (Inkvizitsiya. katolik cherkovining qidiruv, sud-tergovva jazo funksiyalarini bajaruvchi katolik cherkovi tashkiloti bolib, 1229 yili Tuluza shahrida tuzilgan. 1233 yili Rim papasi Grigoriy IX ning maxsus bullasi bilan inkvizitsiyaning qarori barcha katoliklar uchun majburiy bolgan) joriy qilindi. Yoyilib borayotgan kalvinizm mamurlarini tashvishga solib qoydi. Genrix II davrida yangi qirolning mamlakatning idora qila boshlashidayoq kalvinistlarni jazolash uchun favqulotda tribunal (lot.tribus,tribunal-sud qilish joyi,alihida sud sozidan olingan bolib,Fransiyada siyosiy jinoyatlarga doir ishlarni korgan favqulodda sudi) tuzildi. Yangi sud Otli palata deb ataldi. 1547 yildan to 1550 yilgacha Otli palata 500 tacha hukm chiqardi, shundan 60 tasi olim jazosi haqida edi. Shunga qaramay Fransiyada reformatsiya kuchayib bordi. Kalvinistlar yoki fransuzcha gugenotlar-(Gugenotlar degan soz Jenevada reformatsiya tarafdorlarini bildiradigan nemischa sozining buzib aytilishidir); (gugenotlar fransuzcha.huguenots, nemischa.Eidgenossen-ittifoqchilar sozidan olingan bolib, XVI-XVII asrlarda Fransiyadagi kalvinizm tarafdorlari) Fransiyaning janubida 30-40 yillarda kuchayib ketishdi. Dvoryanlar ham kalvinizmga qoshila boshladilar. Ular kalvinizmni ozlarining sofdini deb, markazlashgan katolitsizmga qarshi din deb bilardilar, chunki katolik dinini qirol va Parij dini deb, XVI asrda ham janubliklar uchun yot bolib qolavergan Shimoliy Fransiya dini ham deb bilardilar. Fransiyada reformatsiya uch bosqichga bolinadi. Birinchi bosqich- XVI asrning 20-30 yillarini oz ichiga olib, lyuteranlikning tarqalish davri hisoblanadi. Ikkinchi bosqich- (1534- 1559) yangi mazhab tarafdorlarining qatiy harakatlari, reformatsiyaning kengayishi bilan xarakterlanadi. 1560 yildan reformatsiyaning uchinchi davri boshlanadi. Bu bosqichda harakatga zodagonlarning qoshilishi natijasida uning tarkibi kengaydi va reformatsiyaning xarakteri ozgardi. Natijada qirol yana diniy murosa yolini tanladi. U fuqarolarga din erkinligini, ruhoniylarga oila qurishni va cherkov marosimlarini milliy tilda otkazishga ruxsat berdi. Bu narsa papaning obrosiga putur yetkazardi, shuning uchun papa bu islohotlarga ruxsat bermadi. Natijada 1560 yildan Fransiyada uchinchi bosqichni tashkil etgan fuqarolar yoki diniy urushlar davri boshlandi. Genrix II dan keyin ketma-ket uning uch ogli Fransisk II (1559-1560), Karl IX (1560-1574) va Genrix III (1574-1589) qirollik qildilar. Fransisk II davrida saroyga Lotaringiyalik feodal Gizlar oilasi yetakchilik qildi. 10 yoshida qirollik qila boshlagan Karl IX vaqtida uning onasi kelib chiqishi Italiyalik Yekatirina Medichi qirollikda regent (lot.regens-boshqaruvchi, monarxiya davlatlarida taxtning boshligi, taxt egasining yoshligi, qirolning kasalligi, balogatga yetmaganligi uch vaqtinchalik bajarib turish) bolib xizmat qila boshladi. 60-yillar boshida eng yirik feodallar ikkita diniy siyosiy guruhga bolinib ketdilar. Feodallarning bir qismi Gizlar boshchiligidagi katolitsizm tomonida edi. Yekatirina Medichi ham ular tomonga qoshilgan edi. Boshqa bir guruhga kalvinchi- gugenotlar guruhiga Burbonlar boshchilik qildilar. Burbonlar xonadonining boshligi Antuan Burbon kichkina vassal davlat bolgan fransuz Navarrasining qiroli edi, Burbonlar Fransiyaning janubuda mashhur edilar. Gugenotlar urushi 36 yil davom etdi (1562-1598). Qirollarning qarindoshi, katoliklar rahnamosi Gersog Giz 1562 yilning 1 martida qoriqchilar guruhi bilan Shampan viloyatidan otayotib, Vassi shahrida gugenotlarga duch keladi. Protestantlar gimni kuylanganligini eshitib, Gizning odamlari gugenotlarni tarqatmoqchi bolishadi. Lekin, qarshilikka duch kelishadi. Shunda gersogning odamlari qollaridagi qurol bilan tinch gugenotlarga tashlanishadi. 20 dan ortiq kishi oldirildi va 100 ga yaqin kishi yaralandi. Parijda Gizni xuddi qahramonlardek kutib olishdi. Vassidagi bu voqea 30 yildan ortiq davom etgan (1562-1594) diniy urushlarning boshlanishiga olib keldi. Bu kurashda gugenotlar Angliyadan va Germaniyadagi protestant knyazlardan, katoliklar esa Ispaniyadan yordam olib turdilar. XVI asrning 20-yillaridan boshlab gugenotlar qattiq taqib qilina boshlandi. Katoliklar tarafida qirol va mamlakat aholisining asosiy qismi bor edi. Shundan song dastlabki 10 yil ichida 3 marta urush boldi, unda Fransua Giz bilan gugenotlar rahbari Antuan Burbon oldirildi. Karl IX (1560-1574) Fransiyada Valualar sulolasining vakili edi. U kichkina bolganligi uchun uning onasi kelib chiqishi Italiyalik Yekatirina Medichi qirollikda regent bolib xizmat qila boshladi. Diniy urushlar mamlakatda yovuzlik va jaholatni kuchaytirdi. Katoliklar oz tashkilotini tuzib, son-sanoqsiz yurishlar tashkil qilib. Gugenotlarni oldirishardi. Ular ayollar va bolalarga ham shafqat qilishmasdi. Gugenotlarning mol-mulklari yoqib yuborildi. Gugenotlar unchalik shafqatsiz emasdilar, ular qolga kiritilgan shaharlarda cherkovni vayron qilishar, avliyolarning haykallarini, ikonalarni sindirardilar. Ular bolalar va ayollarga tegishmasdi. Diniy urushlar paytida protestantlar qirol hokimiyatini yon berishga majbur qildilar. 1570 yilda Sen-Jermenda qirol yarashish ediktiga imzo chekdi. Gugenotlar katoliklar bilan bir qatorda davlat mansablarini egallash huquqiga ega boldilar. Protestantlarning diniy marosimlariga hamma yerda ruxsat berildi. Biroq tinchlik uzoqqa chozilmadi. Fransiyadagi ozaro urushga Angliya, Ispaniya, Niderland gyozlari, nemis askarlari, italyan va shveysar yollanma jangchilari aralashdilar. Gugenotlarning rahbarlari admiral Gaspar de Shatiyon Koloni (1519-1572) u 1569 yildan gugenotlar yetakchisi, Karl IX ning yaqin maslahatchisi bolib, Varfolomey tunida Genrix Giz buyrugi bilan oldirilgan. Va Genrix Navarskiylar edilar. Karl IX katoliklar va gugenotlarni yarashtirish maqsadida singlisi Margaritani Genrixga turmushga berishga qaror qiladi. Toyni 1572 yilning avgustiga belgiladilar. Eng avvalo gunenotlarning yolboshchilaridan biri admiral Koloniga suiqasd qilindi. Uni panadan otilgan oq bilan yarador qilishdi, lekin u tirik qoldi. Regent Yekaterina Medichi gugenotlarning qasd olishidan qorqib zarba berishga qaror qildi. Parijga nikoh toyiga kelgan gugenotlar 1572 yil 24 avgustga otar kechasi xoinona qirib tashlandi. Bu «Varfolomey kechasi yoki tuni» deb ataldi. Osha kunda 2 ming gugenot halok boldi. Qotillik bir necha kun davom etdi. Zamondoshlar hammasi bolib 30 ming kishi oldirildi deb hisoblaganlar. Genrix Navrskiy katolik diniga otganligi uchun tirik qoldi. Shu kechadan song, gugenotlarning urushining ikkinchi davri boshlandi. Madridda va Rimda Varfolomey tuni haqidagi xabarni quvonch bilan kutib olishdi va tantanali bayram qildilar. Papa Grigoriy XIII bir tomonda ozining portreti va ikkinchi tomonda qolida xoch ushlagan va gugenotlarni oldirayotgan farishta tasvirlangan medal tayyorlashga buyruq berdi. Ispaniya qiroli Filipp II (1556-1598) xat jonatib Karl IX ni shunday onasi borligi bilan, Yekaterina Medichini esa shunday garoyib ogli borligi bilan tabrikladi. Sen-Jermen edikti yoq qilindi. Diniy urushlar Fransiya uchun fojea boldi. 70 yillarning ortalarida katoliklar shimolda Katoliklar ligasi nomi ostida ozlarining siyosiq ittifoqlarini tuzdilar. Bu ligaga Genrix Giz boshchilik qildi. Bu liga Parijdagi qirol hokimiyatini nazorat qilib turardi. Ular qirol Genrix III (1574-1589) ning gugenotlar bilan yarash bitimi tuzish va ularga diniy erkinlik berish togrisidagi urinishlariga qarshilik korsatdi. 1584-1585 yillarda Parijda yana bir siyosiy tashkilot Parij ligasi tuzildi. Bu ligaga kirgan burjuaziya vakillari qirolni gugenotlarga yon bergani uchun, saroy ahlini esa dabdabali hayoti uchun, qirol amaldorlari va sudyalarni tamagirliklari uchun tor-mor qilishga tayyor edilar. Genrix III davrida mamlakatda fuqarolar urushi davom etardi. Bu paytga kelib, gugenotlar mamlakatni bolib tashlashga qaror qilishdi. Reformatsiyaning ikkita burjua va dvoryan yonalishlari birlashib, 1575 yili konfederatsiya (ittifoq, birlashma. davlat tuzilishining bir shakli) tashkil qilishdi. Ular mamlakat janubidagi katta yerlarni Dofine va Langedokdan Sentonjgacha birlashtirilib, ozlarining yaxshi qurollangan armiyasi, soliq va boshqaruv tizimi bor edi. Protestantlikka qaytgan Genrix Navarskiy ularning rahnamosi boldi. Katolik liganing tasiridan qorqib ketgan Genrix III Parijdan qochib chiqdi va Genrix Gizni oz yoniga chaqirdi. 1588 yilning dekabrida uni oldirtiradi. Qirol liganing boshqa azolarini ham qamoqqa oldi. Parijliklar Genrix III ni bu ishi uchun kechira olishmas edi. 1589 yilning yozida monax Jak Kleman (1567-1589) qirolni ogir yarador qildi. Ogir yarador qirol Fransiyani boshqarishga Genrix Navarskiyni nomzodini aytdi, lekin Parij gugenotni qabul qilmasligini ham aytib otdi. Ehtiyotkor va ayyor siyosatchi Genrix Navarskiy ham mamlakat protestant-qirolni qabul qilmasligini tushunardi. Parij messa (katoliklar ibodati) ga arziydi,-dedi ozini Genrix IV nomi Fransiya qiroli deb elon qilgan Genrix Navarskiy. U ikkinchi marta katolik mazhabiga otdi.1594 yilning 27 fevral kuni Genrix Shartr ibodatxonasida toj kiydi, 22 martda esa Parij qirolga oz darvozalarini ochdi. U hokimiyat tepasiga kelgach. Katoliklar bilan gugenotlar ortasidagi munosabatlarni yaxshilashga harakat qildi. U katolik amaldorlarni taqib qilmadi. Aksincha ularni ehsonlarga komib tashladi. Genrix IV ning tashabbusi bilan 1598 yili Ispaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi va katoliklikni davlat dini deb elon qilgan Nant ediktini chiqardi. 1598 yilda imzolangan bu edikt 1685 yilgacha malakatda diniy sabr-toqat tantana qildi. Bu edikt katolik mazhabini davlat dini deb elon qilgan bolsa ham, gugenotlarning siyosiy va diniy huquqlarini tartibga soldi, mamlakatda diniy murosasozlikka erishildi. Gugenotlarga erkin ibodat qilish huquqi berildi. Genrix III ning olimi bilan Valualar dinastiyasi tugaydi. Oz tarafdorlari tomonidan Genrix Navarskiy Genrix IV nomi bilan yangi Burbonlar dinastiyasini boshlab berdi. (Burbonlar sulolasi- 1589-1792, 1814-1815, 1815-1830 yillarda Fransiyada hukmronlik qilgan), bu sulola Fransiya, Ispaniya va Italiyada ham XVI-XX asrlarda hukmronlik qilgan. Fransiyada burbonlar sulolasini boshqargan qirollar; Genrix IV (1589-1610), Lyudovik XIII (1610-1643), Lyudovik XIV (1643-1715), Lyudovik XV (1715-11774), Lyudovik XVI (1774-1792), Lyudovik XVII shahzoda, (1792-1814), Lyudovik XVIII (1814-1815, 1815-1830), Karl X (1824-1830) lar idora qilishgan. Genrix IV zamonida yollarni yaxshilash ishlariga ham katta etibor berildi va muntazam pochta joriy qilindi. Genrix IV Bosh shtatlarni chaqirmaydigan boldi, Parij parlamentini oziga boysunishini talab qildi. Cherkov ishlarida ham Genrix IV papaning aralashuviga toqat qilolmadi. Genrix IV ning siyosatini amalga oshirishda uning birinchi ministri Maksimilen de Betyun Syulli (1560-1641 yillarda yashagan) ning xizmatlari katta boldi. Genrix IV ning qirollik paytida unga 20 marta suiqasd qilingan. 1610 yili katolik Fransua Ravalyak uni xanjari bilan oldirdi. Uni vafotidan song katoliklar ham, gugenotlar ham sharafladilar. Unini davrida absolyutizm galaba qildi, ichki tinchlik va barqarorlik ornatildi. Taxt Genrix IV ning ogli Lyudovik XIII va uning onasi Genrix IV ning ikkinchi xotini Mariya Medichiga otdi. Mariya Medichi regent edi. Saroy ayonlarining tasiriga dosh berishga uning irodasi yetishmasdi. Ular ozlariga yaxshi orinlarni berishga, qimmatbaho sovgalar qilishga uni kondirdilar. Xazina bom- bosh bolib qoldi va mamlakat jar yoqasiga kelib qoldi. Uning davrida pulga muhtoj bolgan hukumat 1614 yilda Bosh shtatlarni chaqirdi. Ammo Bosh shtatlarga toplangan guruhlar murosaga kela olmay, hatto bir- birlariga dushmanlik qildilar. Fransiyada mutlaq monarxiya XVI asrda shakllana boshladi. Fransisk I davrida (1515-1547) oz huquqlariga va oz hukmronligining cheklanmaganligiga shunchalar ishonar ediki, biron marta ham General shtatlarni chaqirmadi. U oz buyruqlarida: Mening irodam shunday, deb yozar va yangi qonunni tasdiqlashga shu yetarli deb hisoblardi, chunki biz shuni xohlaymiz,-derdi u. Ingliz parlamentidan farqli ravishda Fransiyaning General shtatlari doimiy ishlovchi organga aylanmadi. Ular juda kamdan-kam, kuchli zarurat tugilgandagina chaqirilardi. 1614 yildan boshlab butun XVII asr davomida General shtatlar biror marta ham toplanmadi. Hatto 1614 yildagi General shtatlar ham tarqatib yuborilib, to 1789 yilgi fransuz inqilobigacha chaqirilmadi. Genrix IV (1589-1610 yillar) davrida mustahkamlangan qirolning mutlaq hukmronligi XVII asrning boshlarida yanada kuchaydi. Feodal zodagonlarning yosh Lyudovik XIII davridagi (1610-1643 yillar) oz mavqeini tiklashga qilgan harakatlari zoye ketdi. Fransiyada mutlaq hukmronlikning mustahkamlanishi qirolning birinchi vaziri Rishele nomi bilan bogliqdir. 1614 yilda chaqirilgan Bosh shtatlarda istedodli yepiskop Arman Jan dyu Plessi Rishele (1585-1642) etibor qozonib, saroy diqqatini oziga jalb qildi va qirol kengashi xizmatiga otdi.1619- yilda fransuz qirolining taqdimiga kora, papa unga kardinal (katolik cherkovi iyerarxiyasida Rim papasidan keyin, yepiskopdan oldin turuvchi ruhoniy) unvonini berdi va u (1624-1642) yillarda qirolning 1-vaziri boldi. U shunday degan edi: Mening birinchi maqsadim qirolning buyukligi, ikkinchi maqsadim qirollikning buyukligini taminlash bolgan deb yozadi. Bosh vazir ozboshimcha hokimlarni mansabidan tushirdi. U duelni, dvoryanlarning otishishlari, qilich bilan ozaro janglarini taqiqladi. Dvoryanlar oz qonlarini faqat qirol xizmatini bajarish paytida tokishlari mumkin degan edi, Rishele. Duelda urushgan dvoryanlarni duelda birontasi oldirilmagan taqdirda ham, Fransiyadan haydattirilardi.Rishele gugenotlar masalasini tubdan hal qilishga muvaffaq boldi. Birinchi ministr gugenotlarning davlat ichidagi davlatini yoqotish maqsadida qirollik armiyasi Laroshelni qolga kiritdi, gugenotlarning qalalari, shaharlari, qorgonlari olib qoyildi, lekin kardinal ularning diniy erkinligini cheklamadi. Rishele Genrix IV ning mamlakatni mustahkamlash va birlashtirish yolini davom ettirdi, uning davrida diniy taqiblar toxtatildi. Mamlakatda diniy mojarolarga chek qoyish maqsadida u gugenotlar ham, katoliklar ham mening koz oldimda bir xil fransuzlardir, mening davlat dushmanlaridan boshqa ganimlarim yoq, degan edi. Rishele Fransiyaning idora qilish tizimini qayta tashkil etdi. Absolyutizm-shunday boshqaruv shakliki, unda oliy hokimiyat hech cheklanmagan holda bir kishiga monarxga tegishlidir. (absolyutizm.lot.-mutlaq, cheklanmagan) ning yanada rivojlanishida intendantlar (intendant fransuzcha,intendant-boshqaruvchi, mudir; XV-XVIII asrlarda Fransiyada davlat boshqaruvining alohida sohasi (savdo, moliya) ni boshqargan mansabdor shaxs) intendant mansabi Fransiyada Rishelega qadar ham mavjud edi. Lekin Rishele bu idora qilish usuliga muntazam umumiy tus berib, uni keng qollar edi. Viloyatlarni idora qilish markazdan yuborilgan politsiya, sud va moliya intendantlar markaziy hokimiyatning joylardagi goyat kuchli quroli edi. Bu mansablar Fransiyadagi boshqa mansablarga oxshab pulga sotilmas, sotib olinmas va otadan- bolaga meros bolib otmas edi. Shuning uchun ham joylardagi hokimiyat aslida qirol agentlari qoliga otib ketgan edi.Xazinani toldirish uchun u sanoatni, savdoni, kema qatnovini yolga qoydi. Uning davrida Fransiya ottiz yillik (1618-1648) urushga tortildi. Fransuz armiyasi eng kuchli armiyaga aylandi. Gersog Rishele qirolning birinchi ministri bolib, 18 yil Fransiya siyosatini oz qolida ushlab turdi va 150 yil- 1789 yilgi Buyuk fransuz inqilobigacha saqlanib qolgan siyosiy tuzumni yaratdi. Fransiya Yevropaning eng qudratli davlatiga aylandi.Iqtisodiy siyosat sohasida Rishele Genrix IV singari rivojlangan manufakturani qollab- quvvatladi. U yana fransuzlar savdo flotining rivojlanishiga homiylik qildi. Uning davrida Fransiyada 22 ta savdo firmasi tashkil qilindi. Markazlashgan davlat apparatining kuchayishi qirol saroyi xarajatlarining oshishi kop mablag talab qilardi, bu narsa dehqonlar qozgoloniga olib keldi. XVII asrning 30-40 yillarida dehqonlarning ayrim harakatlari mamlakatning Pikardiya, Shampan, Burgundiya, Langedok, Dofineda ham bolib otgan. Rishele 1642 yilda ottiz yillik urush avj olib ketgan paytda oladi, Fransiya bu urushga 1635 yildan boshlab qatnashib kelardi. 1643-yilda Lyudovik XIII ham olgach, uning orniga Lyudovik XIV (1643-1715) otirib, u 5 yoshida taxtga kelgan, davrida Fransiyada cheklanmagan yoki absolyut monarxiya uzil-kesil qaror topdi. Uning nomidan Fransiyani onasi Avstriyalik Anna boshqardi, lekin amalda Annaning eri Rishele orniga (1643-1661 yillarda birinchi vazir bolgan) Italiyalik kardinal, Mazorini hech qanday cheklovlarsiz idora qildi. Lyudovik XIV Davlat-mening ozim der edi. U fuqarolardan, zodagonlardan oz buyruqlarini sozsiz bajarishlarini talab qilgan. Fuqarolarning huquqi yoq, faqat majburiyatigina bor der edi qirol. Qirolning bazm va ovlardan bosh vaqtida qabul qilgan qarorlari davlatning qonuni bolib qolavergan. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling