Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi
Mavzu: Sо‘nggi о‘rta asrlarda Xitoy
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi 2 majmua.
Mavzu: Sо‘nggi о‘rta asrlarda Xitoy Reja:
Min sulolasining zaiflashuviXVI-XVII asr birinchi yarmida Xitoyning iqtisodiy ahvoli.XVII asrning 30-40 yillarida Xitoydagi dehqonlar urushi.Manchjuriya dinastiyaning hokimiyat tepasiga kelishi. 5. Xitoyga Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi va Sin dinastiyasining ularga qarshi kurashi. Xitoy xalq respublikasi. Poytaxti - Pekin. Hududi - 9.597.000 km2. Aholisi 1.300mln kishi (2004). Davlat till - Xitoy tilining Mandarin dialekti.Dini konfusiylik, buddaviylik, xristian, islom. Pul birligi - yuan.Osiyoning sharqida joylashgan. Shimoli - sharq va garbda Rossiya (40 km), shimolda Mongoliya bilan (4670 km), shimoli-sharqda va Qirgiziston bilan (858 km), garbda Pokiston (523 km), Tojikiston bilan (414 km), Afgoniston (76 km) janubi garb va janubda Hindiston bilan janubda Myanma bilan (2158 km), Vetnam (1281 km) Nepal (1236 km) Butan (470 km), Laos (423 km) bilan chegaradosh. Xitoy Xalq Pespublikasi konstitusiyasiga kо‘ra xalq demokratik diktaturasi о‘rnatilgan sotsialistik davlat. Mamlakat tarkibida 22 ta provinsiya, 5 ta avtonom va 3 ta markaziy shahar -Pekin, Manxoy, Tyan’szin’ va 2 ta maxsus ma’muriy rayonlardan iborat. Bundan tashqari Xitoy tarkibida orollardagi hududlar-Gonkong, Makao va Tayvan ham mavjud. XXR - 1949 yil 1 oktabrda tashkil topgan. 1 oktabr milliy bayram - XXR elon qilingan pul ijro etuvchi hokimiyat XXR raisi (davlat boshligi)ga, umumjahon xalq vakillari yig‘ilish doimiy qо‘mita raisi hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organ - Umumjahon xalq vakillari yig‘ilishi.О‘zbekiston Xitoy hamkorligiga - 1992 yil 12-14 mart kunlari О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy davlat rasmiy tashrifi bilan asos solingan edi. XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida Min sulolasi (asoschisi Chju Yuan-chjan 1368 yilda asos solgan edi va bu sulola Xitoyni 1368-1644 yillarda boshqargan) tо‘la tushkunlikka yuz tutgan edi. Min sulolasi vakillari Chju Yanchjan (1368-1398), Chju Yanven (1392-1402), Chju Di (1402-1424), Chju Gaochi (1424-1425), Chju Chjanszi (1425-1435), Chju Sichjen (1435-1449), Chju Siyuy (1449-1457), Chju Sichjen (1457-1464), Chju Szyanshen (1464-1487), Chju Yutan (1487-1505), Chju Xouchjao (1505-1521), Chju Xousun (1521-1567), Chju Szayxou (1567- 1572), Chju Itszyun (1572-1620), Chju Chanlo (1620), Chju Yuszyao (1620-1627), Chju Yuszyan (1627-1644) lar boshqarishgan.Min sulolsining imperatori Chju Di davrida Pekinning markazida ‘’Ta’qiqlangan shahar’’ nomi bilan mashhur imperator saroyi 1406-1420 yillarda qurilgan va 1925 yilgacha oddiy fuqaroning kirishi taqiqlangan ushbu saroy 24 ta Xitoy hukmdorlarining qarorgohi bо‘lgan. ‘’Ta’qiqlangan shahar’’ning umumiy maydoni 720 ming kv.m.va 9999 xonadan iborat bо‘lgan. XVI asr boshlariga kelib Xitoy monarxiya boshqaruv tizimiga ega bо‘lgan, markazlashgan davlat edi. Bu davrda Xitoyda haram og‘aligi (haram.arab. man qilingan hudud.Unga xonadon sohibi va uning о‘g‘illaridan boshqalarning kirishi man qilingan, uni qullar qо‘riqlagan), keng tarqalgan bо‘lib, unga faqat xitoyliklar olingan. Ular kambag‘allarning bolalaridan imperator saroyiga sotib olinardi. Haram og‘alari xizmatidan faqat imperator oilasi foydalanishlari mumkin edi. Imperatorning о‘zida 3 mingtagacha haram xodimi bо‘lardi, knyazlarda 30 tagacha, imperatorning bolalarida 20 tagacha haram xodimi bor edi. Minlar hukmronligi davrida saroyda 10 mingtadan kam bо‘lmagan haram xodimlari yashagan. XVI asr boshlaridan e’tiboran davlatni idora qilish ishlari imperator xaramining xodimlari bо‘lgan mahramlar qо‘lida edi.Min imperatori davrida uning nomidan amalda davlatni mahramlar (mahramlar. Shariat qoidalariga asosan aka-uka, tog‘a, bobo, amaki shunday nom bilan atalgan), davlatni boshqarishgan. Ba’zi bir haram xodimlari hokim, harbiy boshliq, shahar ma’muriyatinin boshlig‘i lavozimlarini egallagan.Imperatorga ta’sir о‘tkazishda haram xodimlarining asosiy raqibi saroy kotibiyati a’zolari bо‘lib, ular Xonmin tashkilotiga (FA) birlashgan yirik xitoy olimlarining qо‘llab-quvvatlashlaridan foydalanardilar. Ular о‘zlarining imperatorga yozgan nomalarida poytaxtda va hududlarda amaldorlar zulmini fosh etishardi, iqtisodiyotni tiklash, harbiy islohot о‘tkazishni yoqlab chiqardilar. Xitoy dehqonlari sholidan yuqori hosil olganlar. Ba’zi dehqonlar suvni yuqoriga kо‘tarib beruvchi maxsus mashinalar yasashni о‘rgandilar, hosildorlikni oshirish uchun о‘g‘itlardan foydalanardilar, sholi yetishtirishning yangi texnologiyalarini, uyalab ekish usulini, sifatli urug‘ tayyorlashni qо‘llardilar. Xitoy dehqonlari sholidan tashqari, paxta yetishtirish sohasini ham bilardilar.Xitoyda yerga egalik qilishning ikki turi- davlat va xususiy yer egaligi bor edi. Minlar davrida soliq va majburiyatlar, tо‘lovlarning bir necha turi bor edi. Davlat yerlarida soliqlar xususiy yerlarga nisbatan yuqori bо‘lgan. Soliqlar asosan sholi bilan hisoblanardi, soliqni kumush bilan olish XVI asr oxirlaridan boshlandi. Lyan (lyan.xitoyning pul va og‘irlik birligi) lar bilan о‘lchanadigan kumush quymalari bilan bir qatorda mis tangalar ham muomalaga kiritilgan. Shaharlar soni qishloqlarga qaraganda kam bо‘lgan. Shaharliklarning asosiy mashg‘uloti hunarmandchilik va savdo bо‘lgan. Gazlamalar ishlab chiqarishda dastgohlar, suv yordamida aylantiruvchi qurilmalar bо‘lgan. Binolar qurilishida kо‘tarish kranlariga о‘xshaydigan qurilmalardan foydalanilgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Xitoy Yevropa mamlakatlari mustamlakachilik intilishlarining nishoniga aylandi. 1516 yilda portugallar bu yerga о‘z kemalarini yuborgan edilar. 1531 yili Xitoy va Portugaliya kemalari о‘rtasida dengiz jangi bо‘li о‘tadi va unda portugaliyaliklar mag‘lubiyatga uchradi. Shundan keyin Xitoy о‘z portlarini chet el kemalari uchun yopib qо‘ydi. Shunga qaramasdan, Portugaliya Xitoy hududida о‘z mustamlakasi Makao (Aomin) ga asos soldi, katolik ruhoniylariga esa Xitoyda targ‘ibot bilan shug‘ullanishiga ruxsat berildi. XVI asr о‘rtalarida Xitoyga Yaponiya qо‘shinlari bostirib kirdi. Uzoq davom etgan janglardan sо‘ng, 1597 yili yaponlar mamlakatdan quvib chiqarildi. Mamlakatda imperator saroyida katta- katta chiqimlar va Yaponiya bilan bо‘layotgan urush yangidan- yangi soliqlar talab qilardi.Birgina XVII asrning ikkinchi о‘n yilligida barcha davlat soliqlarining hajmi 50% ga kо‘paydi. Davlat soliqlari bilan bir qatorda feodallar, sudxо‘rlar va amaldorlar foydasiga olinadigan har xir og‘ir tо‘lovlar tufayli dehqonlar va shahar hunarmandlarining ahvoli ancha og‘irlashgan edi.Bundan tashqari xalq ommasi tabiiy ofatdan, suv toshqinidan, takrorlanib turadigan qahatchilikdan, ocharchilik va epedimiyadan azob chekar edi.XVI asr boshlarida hozirgi Xitoyning shimoli-sharqiy hududida XII asr boshlaridayoq Szin imperiyasida о‘z davlatlarini qurgan chjurchjenlar avlodi hisoblanuvchi manchjur qabilalari yashardi. XVII asr boshlarida Xitoyning xalqaro ahvoli ham ancha yomonlashdi. Shimolda Sungari daryosi havzasida yashovchi manchjur qabilalari 1606 yilda birlashadi. (Manchjuriya - hozirgi XXR - sining shimoli -sharqiy (manosi shimoli- sharq) deb ataladi. XVI asr oxirida Amur daryosidan janubda, Ussuriyadan garbroqda harbiy boshliq Aysingioro Nurxasi (Nurxachi), (1559-1626 yillarda yashagan) manchjur qabilalarini birlashtiradi. 1616-1636 yillar Xitoyda manchjurlarning sо‘nggi Szin sulolasi Nurxachi (Nurxasi) 1616-yilda asos soladi va Tay-Szu nomi bilan 1616-1626 yillarda xon (imperator bо‘ldi). Tay-Szuning ishini sakkizinchi о‘g‘li Xuantayszu (1626-1643yillarda boshqargan) va tо‘qqizinchi nabirasi Oysingoro-Fulin (1643-1644 yillarda) davom ettirdi. Bu davlat hukmdori Nurxatsi tez orada Minlar sulolasiga qarshi kurash boshladi, ulardan Lyaodun yarim orolini tortib oldi va 1618- yilda Xitoyga harbiy yurish boshlaydi. Nurxachi vafot yetgach uning vorisi Abaxay (1626-1643) Xitoy hududlarini bosib olishda otasining ishlarini davom ettirdi va katta muaffaqiyatlarga erishdi. 1625- yilda manchjurlar Mukdenni va deyarli butun Lyadun yarim orolini bosib oldilar. 30-yillarda Koreya manchjurlarga vassal qaram bо‘lib qoldi. Kuchsizlashib holdan toygan Min sulolasi manchjurlarga jiddiy qarshilik kо‘rsata olmadi. Manchjurlar imperiyaning katta qismini bosib oldilar. 1636-yilda Abaxay о‘zini imperator deb e’lon qildi. О‘z sulolasini Sin (toza, tiniq) nomi bilan atay boshladi.Xalq ommasining mamlakatdagi mavjud rejimdan noroziligi kuchayib, oqibatda dehqonlarning katta urushiga aylandi va Min sulolasini halokatga olib keldi.Xitoydagi hukmron tuzumga qarshi dehqonlar isyoni 1622 yili Shandun viloyatida «Oq nilufar» yashirin tashkiloti rahbarligida boshlandi. Dehqonlar harakatining boshlanishiga 1628 yildagi ochlik turtki bо‘ldi. Shensi va Shansi viloyatlarda bu ochlik ayniqsa kuchli bо‘ldi. Bu viloyatlarda boshlangan harakat 1632 yilda markaziy Xitoyning boshqa viloyatlariga ham tarqaldi. Qо‘zg‘olon ayniqsa, Xenan, Xubey, Anxay, Shandun, Sichuan viloyatlarida kuchli bо‘ldi. Dehqonlarning qurolli otryadlarda о‘n minglab qо‘zg‘olonchilar bor edi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling