Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi
yoki qirol atrofida birlashgan va jamiyatning imtiyozli qatlamini tashkil etgan jangchilar
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi 2 majmua.
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sovet gospod» - «Hukmronlar kengashi»
- Sabonchi - qishloq jamoachilari
yoki qirol atrofida birlashgan va jamiyatning imtiyozli qatlamini tashkil etgan jangchilar
otryadi)lariga ega bо‘lib, ekspluatatsiya qilinuvchilarni bostirib turish uchun yetarlicha kuchga ega bо‘ldilar. Markazdan qochish jarayoni kelib chiqdi va XII asrda (1132 yilda ) Qadimgi Rus davlati inqirozga uchrab, 15 ta mustaqil knyazlik va о‘lkalarga bо‘linib ketdi: 1) Vladimir, 2) Suzdal, 3) Polotsk-Minsk, 4) Turov-Minsk, 5) Smolensk, 6) Muran, 7) Ryazan, 8) Chernigov, 9) Kiyev, 10) Pereyaslavl, 11) Galich, 12) Volin, 13) Tmutarakan knyazliklari, 14) Novgorod respublikasi va undan keyinchalik ajralib chiqqan 15) Pskov knyazligi bо‘lgan. Bulardan eng yiriklari: Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklari va Novgorod respublikasi bо‘lgan.Vladimir-Suzdal knyazligi hududida о‘rmonlar kо‘p bо‘lib, XII asrda Moskva о‘rmoni yonida joylashgan. XI asr oxiridan bu hududga Novgorod va Smolensk yerlaridan aholi kelib joylashadi. Bu yerda Zvenigorod, Galich, Vishgorod, Starodub, Moskva, Nijniy Novgorod, Dmitrev, Kostroma, Buyuk Ustyug, Gorodets kabi shaharlar vujudga keladi. О‘lkada XIII asrga kelib 80 ga yaqin shaharlar bо‘lgan. 1097 yilda Lyubekda bо‘lib о‘tgan о‘lka feodallar sezdining qarori bilan Kiyev Rusining bо‘linishi natijasida Suzdal yerlari Vladimir Monomaxga о‘tadi. Lekin u bu yerlarni boshqarishni о‘z о‘g‘li Yuriy Dolgorukiyga (1125-1157 yillar) beradi. Yuriy Dolgorukiy Kiyevdan mustaqil birinchi knyaz edi. U Suzdalda yashab, katta yerlarni egallab oladi, knyazlik markazi qilib Suzdal shahrini tanlaydi. Knyazlik yerlaridagi Kuchkov qishlog‘ida 1147 yil bahorida Yuriy Dolgorukiy Kiyev ustidan erishilgan g‘alabalardan birini nishonlagan. U kо‘p shaharlarga, jumladan 1147 yilda Moskvaga asos soladi. Moskva deb atala boshlagan bu joyda birinchi yog‘och qal’a 1156 yilda qurildi.U о‘lgandan keyin о‘g‘li Andrey Bogolyubskiy (1157-1174 yillar) Rostov-Suzdal knyazi bо‘lib qoldi. U poytaxtni Vladimir-Klyazma shahriga kо‘chiradi. Shundan sо‘ng bu davlat Vladimir-Suzdal knyazligi degan nom oladi. U 1169 yili Kiyevni egallashga intilgan knyazlarga zarba beradi. Knyaz Andrey Novgorodda о‘zini kishisini qо‘yadi. Rostov-Suzdalda boyarlarga qarshi kurashdi. Andreyni Vladimir shahri qо‘llaydi. Natijada u poytaxtni Vladimirga kо‘chirib, uning yaqinidagi Bogolyubovoda о‘z qarorgohini bunyod etgan, unga Bogolyubskiy laqabi ham shu joy nomidan olingan . Andrey Bogolyubskiy о‘z hokimiyatini har tomonlama mustahkamlash choralarini kо‘rib, boyarlarni terror qiladi. Natijada boyarlar fitna uyushtirib uni 1174 yilda о‘ldiradilar. Shundan keyin ukasi Vsevolod Yurevich Bolshoye Gnezdo (Katta Uya), chunki uning о‘g‘illari kо‘p edi (1176-1212 yillarda boshqargan) boyarlarning chiqishlarini shafqatsiz bostirdi, boyarlarning fitnalarida qatnashganlarni ayovsiz jazoladi, Chernigov va Smolensk knyazliklarini о‘ziga bо‘ysundirdi.Vsevolod boyarlarga qarshi kurashgan knyaz, savdogar va boy hunarmandlarga imtiyozlar beradi. Vsevolod Novgorodga о‘zi yuborgan knyaz, amaldor va noiblarni qabul qilishga majbur qiladi. Kiyev knyazi Vsevolodning hokimiyatini tan oladi. Sharqda Vsevolod lashkari bolgarlarga qarshi yurish qiladi. Vladimir shahri Volga daryosi (bu daryo Yevropadagi eng yirik daryo hisoblanib, slavyancha “vlga”, ya’ni “namlik” sо‘zidan kelib chiqqan, daryoning uzunligi 3530 km) orqali Kavkaz va Xorazm bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Vsevolod vafotidan keyin knyazlikda feodal urushlar boshlandi. Vsevolodning о‘g‘illaridan biri Konstantin 1216 yili buyuk knyaz bо‘ladi. Ammo knyazlik mustaqil mulklarga bо‘linib, ularni Vsevolod о‘g‘illari boshqarishgan. Faqat Yuriy Vsevolodovich davrida (1219-1238) knyazlik kuchayib sharq tomonga kengaygan. Bolgarlarga qarshi yurishdan sо‘ng, 1226 yili Volga sohilida yangi Nijniy Novgorod shahriga asos solinadi. Yuriy va boshqa mahalliy knyazlar buyuk Novgorodda hamda Ryazan va Smolensk knyazliklarini bо‘ysundirishga kirishadi. Suzdal knyazi Yaroslav Vsevolodovich 1236 yil Kiyev knyazligini olsa, uning о‘g‘li Aleksandr (Nevskiy) buyuk Novgorod knyazi bо‘lgan. Novgorod yerlarining markazi buyuk Novgorod Volxov daryosining sohilida bо‘lgan. Novgorod aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bо‘lgan, bundan tashqari, ovchilik, baliqchilik, tuz tayyorlash, asalarichilik bilan ham shug‘ullanishgan. Bu yerda hunarmandchilikning duradgorlik, kulolchilik, kо‘nchilik, temirchilik kabi sohalari rivojlangan. Novgorod savdogarlari Shvetsiya, Daniyagacha borgan. XII asrning II yarmidan ular Ganza shaharlari bilan savdo ishlarini olib borishgan. Bu yerdan G‘arbiy Yevropaga mо‘yna, sham, zig‘ir, yog‘, tyulen yog‘i, morj tishlari, hunarmandchilik buyumlari olib borilgan. Bu yerga g‘arbdan movut, vino, ziravorlar keltirilgan. XI –XII asrlarda Novgoroddagi feodallarga qarshi chiqishlar bо‘ldi. Novgorod 1015 yildayoq buyuk knyazga boj tо‘lashdan bosh tortadi. 1102 yildan esa Novgorod buyuk knyazni о‘g‘lini qabul qilmay о‘z knyazini saylay boshlaydi. Shu tariqa Novgorodda feodal respublikasi turidagi davlat tuzumi shakllanadi. 1136 yili Vsevolod boshqaruvidagi kamchiliklar uchun Novgorod boyarlari Kiyev knyazining noibi knyaz Vsevolod Mstislavichni haydab yuboradilar va mustaqillikni qо‘lga kiritadilar. Novgorod boyarlar respublikasi - «Buyuk Novgorod» bо‘lib qoladi. XIII asrdan Novgorod uchun yangi dushman nemis knyazlari, ritsarlari bо‘linmalari va Litva paydo bо‘ldi.1323 yilda nemislar Pskovga hujum qiladi. Pskov Novgoroddan yordam sо‘raydi. Lekin Novgorod yordam bermaydi. Shunga qaramay nemislar pskovliklar tomonidan haydab yuboriladi. Shu vaqtdan boshlab Pskov mustaqil ichki va tashqi siyosat yurita boshlaydi. Novgoroddan boshqa qо‘shni davlatlar uning mustaqilligini tan oladi. 1348 yilda shvedlar Novgorodga hujum qiladi. Novgorod Pskovdan yordam sо‘raydi va evaziga uning mustaqilligini tan olishga va’da beradi. Shvedlar mag‘lubiyatga uchratilib, Pskov va Novgorod о‘rtasida Bolotovo qishlog‘ida bitim tuziladi va Pskov respublikasi mustaqil davlat bо‘lib qoladi. Keyinchalik, markazlashgan Rus davlatining tashkil topishi jarayonida 1510 yilda Pskov siyosiy mustaqillikni yо‘qotadi.Novgorod va Pskovda rasman oliy hokimiyat organi Veche hisoblanardi. Unda faqat erkin va mulkdor kishilar qatnashar, boyarlar rahbarlik rolini о‘ynardilar. Vecheda barcha mansabdor shaxslar saylangan, urush va tinchlik, elchilar qabul qilish, soliqlar miqdorini belgilash, shahar, cherkov qurilishi, og‘irlik, uzunlik о‘lchov birliklarini о‘rnatish, oliy mansabdorlarni sud qilish, shuningdek, eng muhim jinoyat ishlarini kо‘rish kabi masalalar hal qilingan.Lekin Novgorodda davlat hokimiyatining oliy organi amalda «Sovet gospod» - «Hukmronlar kengashi» edi. Unga Novgorod arxiyepiskopi, posadnik mingboshi va boshqa yirik yer egalari kirgan. Bu organ Vecheda kо‘riladigan barcha masalalarni dastlab kо‘rib chiqib, Vechega tayyor qarorlarni taqdim etardi. Kengash harbiy ishlarga, moliyaga, tashqi aloqalarga rahbarlik qilar, mansabdor shaxslarni yо‘naltirib turar, vechega amaldorlar nomzodlarini taqdim etardi.Knyazlik XII asr oxirida Galich va Volin knyazliklarining birlashishidan vujudga kelgan. Ular dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanishgan. Galich yerlarida tuz tayyorlanib, Rusning boshqa hududlariga chiqarilgan. Hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, kо‘nchilik, kulochilik sohalari rivojlangan. XII asrda о‘lkada 80 ga yaqin shaharlar bо‘lib, ulardan Vladimir, Galich, Lusk, Bereste, Dorogichin shaharlari taraqqiy qilgan. Volinning Kiyevdan ajralib chiqish harakati XI asrning о‘rtalaridan boshlangan. Galich knyazlari aka-uka Volodar va Vasilko Rostislavichlar (1084-1124) kuchayishi, ularga Kiyev va Volin knyazlari ittifoqi, sо‘ngra Vengriyani qarshi qо‘yadi. Galich knyazligi Yaroslav Vladimirovich davrida (1153-1187) kuchaygan. Uning buyuk knyazlik hokimiyatini о‘rnatishga intilishi boyarlar qarshiligiga uchraydi. Yaroslav vafotidan keyin Galiya knyazligi Volin knyazi Roman Mstislavich (1199- 1205) tomonidan qо‘shib olinadi. Roman boyarlarga qarshi kurashadi. U vafot etgandan sо‘ng, uning vorisi Daniil va Vasilning yoshligidan foydalangan boyarlar Galichda hokimiyatni oladilar. Yillar о‘tgach Daniil Romanovich shaharliklar va о‘zining xizmatidagi feodallar madadiga tayanib, 1229 yilga kelib Volinning mustaqilligini ta’minlaydi, 1239 yili u Galich knyazi etib saylanadi va yagona Galich-Volin knyazligi tashkil etiladi. Roman «buyuk knyaz» unvonini oldi.Galich-Volin knyazligida Galich boyarlari muhim rol о‘ynardi. Ular yirik votchinalarga va qaram dehqonlarga ega edi. Boyarlar ichida yer uchun, hokimiyat uchun kurash doimo bо‘lib turgan. Feodallarning boshqa guruhini xizmatchi feodallar tashkil etdi. Bular knyazlik mukofotlari evaziga yer olib turardi. Kо‘pincha ular yerga xizmat davrida shartli egalik qilardilar. Xizmatchi feodallar knyazga qо‘shin berib turishlari lozim edi. Galich knyazlari boyarlarga qarshi kurashda xizmatchi feodallarga tayanardi.Cherkovning yirik zodagonlari ham hukmron tabaqa edi. Cherkov va monastirlar knyazlarning inomi va mukofoti hisobiga yerga egalik qilardi. Galich-Volin knyazligida qishloq aholisining asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan. Ozod dehqonlar ham, qaram dehqonlar ham smerdlar deb atalardi. Jamoa yerlari asta-sekin shaxsiy tomorqalarga bо‘linib ketdi.Xoloplik saqlanib qoldi, lekin ularning soni kamayib ketdi. Xoloplarning kо‘pchiligi yerga biriktirib qо‘yildi. Shaharlarda eng kо‘p aholini hunarmandlar tashkil etdi. Davlat tuzumining hususiyati shunda ediki, Galich-Volin knyazligi uzoq vaqt udellarga bо‘linmagan edi. Roman Mstislavichning о‘g‘li Daniil Romanovich о‘lganidan (1264 yilda) keyin u Galich va Volin yerlariga ajraldi, keyin ular ham udellarga bо‘linib ketdi. Bu davrda hokimiyat amalda yirik boyarlar qо‘lida edi. Galich-Volin knyazlari keng iqtisodiy va ijtimoiy asosga ega bо‘lmay, ularning hokimiyati mustahkam emas edi. Knyazlik hokimiyati katta о‘g‘ilga meros bо‘lib о‘tardi.Knyaz hokimiyati uncha kuchli emasdi. Galich boyarlari siyosiy hayotda muhim rol о‘ynardi. Ular hatto knyazlarni saylashi, о‘zlariga yoqmagan knyazlarni haydab yuborishlari mumkin edi. Knyazlarning asosiy tayanchi о‘rta va mayda feodallar, shaharliklarning yuqori qismi edi.Galich-Volin knyazlari ma’lum ma’muriy, harbiy, sud va qonun chiqarish vakolatlariga ega edi. Jumladan, ular shaharlar va viloyatlarda mansabdor shaxslarni tayinlar, xizmatlar evaziga yer berar, rasman qurolli kuchlar bosh qо‘mondoni hisoblanardi. Lekin har bir boyar о‘zining harbiy qо‘shiniga ega edi. Galich boyarlari polkining soni knyazlarnikidan kо‘proq edi. Knyazlar boshqarishga oid yorliqlar chiqarardi. Lekin ularni kо‘pincha boyarlar tan olmasdilar.Galich-Volin knyazlari о‘zlarining qonunlarini ham chiqarganlar. Bularning ichida 1134 yilgi knyaz Ivan Rostislavich Berladnikning yorlig‘i muhim о‘rin tutadi. Unda chet el savdogarlariga qator imtiyozlar berilgan edi. 1287 yilda knyaz Vladimir Vasilkovich tomonidan chiqarilgan «Rukopisaniye» (qо‘lyozma)da meros huquqi normalari belgilandi. Unda merosxо‘rlar ham dehqonlarni ekspluatatsiya qilishlari mumkinligi kо‘rsatilgan, shuningdek, shahar va qishloqlarni boshqarish haqida ma’lumotlar ham mavjud. 1289 yilda Volin knyazi Mstislav Romanovichning Ustav yorlig‘i chiqariladi. Unda feodallarga qaram aholining majburiyatlari kо‘rsatilgandi. XIII asr boshlarida mо‘g‘ullar xoni Temuchin barcha mо‘g‘ul qabilalarini о‘z hokimiyatiga birlashtirdi. 1206 yildagi Qurultoyda u butun mо‘g‘ullar xoni - Chingizxon deb e’lon qilindi va Mо‘g‘uliston davlatiga asos soldi. Chingizxon kо‘p xalqlar va davlatlarga yurish qilib bosib oladi. U dastlab buryatlar, yoqutlar, uyg‘urlar va boshqa xalqlarni, keyin esa Shimoliy Xitoy va Koreyani, sо‘ngra О‘rta Osiyo va Kavkaz ortini istilo qiladi. Ruslarning mо‘g‘ullar bilan ilk tо‘qnashuvi 1223 yilning 31 martida Kalka daryosi bо‘yida bо‘ladi. 1227 yilda Chingizxon о‘limidan keyin hokimiyat uning о‘g‘illari о‘rtasida bо‘lib olinadi. Mо‘g‘ullarning yangi urushlari Botuxon va Subutoy bahodir boshchiligida 1237 yilda boshlanadi. Mо‘g‘ullar 140 ming lashkari bilan Mordva о‘rmonlari orqali о‘tib, о‘sha yilning qishida Ryazan knyazligiga bostirib kirishadi. Ryazan knyazi Vladimir va Chernigov yerlaridan yordam sо‘raydi, lekin uning murojaati qabul qilinmaydi. Knyazlikning Yevpatiy Kolovrat boshchiligidagi 1700 kishilik drujinasi partizanlik harakatlarini olib boradi. Vladimir knyazi Yuriy Vsevolodovichning qо‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. 1238 yil fevralida mо‘g‘ullar Oka va Volga oralig‘idagi 14 ta rus shaharini, shu jumladan, Vladimir shahrini ham qamal qilib, kо‘plab kishilarni asir oladi. 1238 yil martida Sit daryosi bо‘yidagi jangda Yuriy halok bо‘ladi. Rus osmonini dahshatli gulxan qoplaydi. Shundan sо‘ng mо‘g‘ullarning Rus yerlariga hujumi 1239 yildan boshlanib, ular Shimoliy-Sharqiy Rusni, 1240 yilda Janubiy-G‘arbiy Rusni bosib oldilar va Kiyev taslim bо‘ldi. Keyin Botu qо‘shinlari Vengriya, Polsha, Chexiya va boshqa davlatlar hududiga kirib bordi, lekin holdan toyganligi uchun orqasiga qaytib, 1243 yilda Qipchoq dashtlarida Astraxan yaqinida Oltin О‘rda davlatiga asos soldilar. Uning poytaxti Saroy-Berka shahri (hoz.Astraxan) bо‘ldi.XIII asr boshlarida Boltiq dengizi qirg‘oqlarida yashayotgan est, liv qabilalariga qarshi nemis feodallarining urushlarini Rim papasi salib yurishlari deb e’lon qilgan edi. XII asr oxirida Boltiq dengizi sohilida, G‘arbiy Dvinaning quyilish joyida nemis feodallarining dastlabki manzilgohlari paydo bо‘lib, 1201 yilda G‘arbiy Dvinaning quyilish joyida dastlabki manzilgoh о‘rnida Riga shahri (hoz.Latviyaning poytaxti) ga asos solindi. Bu hudud urushlar uchun faktoriya vazifasini bajardi. Bu hududdagi urushlar mahalliy aholini xristian katolik diniga о‘tkazish bayrog‘i ostida olib borildi. Urush natijasida nemislarning Livoniya ordeni ritsarlari estlar yerini bosib olib, Novgord-Pskov hududlariga yaqinlashib qoldilar. Nemis ritsarlaridan keyin Boltiqbо‘yiga daniya va shved feodallarining katta qо‘shini ham bostirib kirishdi. 1219 yilda Daniya qiroli eston sohilida Revel qal’asini qurdirdi, keyinchalik u yerda Tallin shahri qad kо‘tardi. Shvedlar Ezel orolini zabt etishga urinishdi.Rus knyazlarining otryadlari estlarga yordamga keldi. 1222-1223 yillarda butun Estoniya istilochilarga qarshi jang olib bordi. 1240 yilning yozida shvedlar Neva daryosi bо‘ylab Novgorod yerlariga bostirib kirdi.Novgorod hukmdori 18 yoshli Aleksandr Yaroslavich 1240 yil 15 iyulida о‘z lashkari bilan shvedlar qarorgohiga qо‘qqisdan hujum qildi. Ular shvedlarni yengadi va dovyurakligi uchun Aleksandrga Nevskiy (1236-1263 yillarda boshqargan) degan faxriy nom berildi. 1240 yilda Pskov yaqinidagi Izborsk qalasini olgan nemislar Pskov noibi Tverdila va boyarlar xoinligidan foydalanib, shaharni egallashdi. Novgorodning dushmanga qarshi kurashini yana Aleksandr Nevskiy boshqardi. Aleksandr Nevskiyning nemis ritsarlariga qarshi hal qiluvchi jangi 1242 yilning 5 aprelida Chud kо‘lidagi muz ustida bо‘lib о‘tadi, og‘ir sovutlar kiygan nemislar muzlagan Chud kо‘li ustida sirg‘anib yiqilaverganlar va orqaga chekinganlar, bu jangda rus qо‘shinlari g‘alabaga erishadi va bu jang tarixga “ Muz ustidagi jang” nomi bilan kirgan. Shu tariqa rus yerlari shved va nemis feodallari bosqinidan ozod qilinadi.Oltin О‘rda tarkibiga Irtishdan Ural tog‘larigacha bо‘lgan yerlar, Janubiy qora dengiz dashtlari, Qrim, Kavkaz va О‘rta Osiyoning bir qismi kirdi. Rus knyazliklari unga vassal qaramlikda bо‘lib, о‘lpon tо‘lab turgan. Oltin О‘rda 1502 yilgacha hukm surgan.Oltin О‘rda xon tomonidan boshqarilgan. Oltin О‘rdada hukmron sinf kо‘chmanchilardan iborat edi. Yuqori tabaqalar: shahzodalar, xonning oila a’zolari va qarindoshlari hisoblangan. Ular eng yirik feodallar bо‘lib, katta chorvalar, yerlar va kо‘pdan-kо‘p qaram kishilarga egalik qilardi. Ulardan keyingi о‘rinda beklar va nо‘yonlar о‘tirgan. Bulardan tashqari savdogarlar ham imtiyozli tabaqa hisoblangan. Navkarlar mayda feodallar edi.Kо‘chmanchi chorvadorlarning asosiy ommasi qorachu - oddiy xalq deyilgan. Ular nо‘yonlar hokimiyati ostida bо‘lib, oilalari bilan yashab, yakka xо‘jalik yuritardilar, chorva solig‘i tо‘lar va turli majburiyatlarni о‘tardilar.Oltin О‘rda hokimligi ostidagi О‘rta Osiyo, Qrim, Quyi Povolje va boshqa joylarda dehqonlar bо‘lib, ular sabonchi va о‘troqchi guruhlarga bо‘lingandi. Sabonchi - qishloq jamoachilari edi. О‘troqchi – kambag‘allashgan jamoa a’zolari bо‘lib, tutqunlik shartlarida feodallarning yerlarida ishlardilar. Davlat tuzumi bо‘yicha Oltin О‘rda ilk feodal monarxiyasi shaklidagi davlat edi. Davlat tepasida xon turgan, u kuchli hokimiyatga ega bо‘lgan. Muhim masalalarni hal etish uchun xon Qurultoy chaqirardi. Unda shahzodalar, ya’ni xon urug‘i a’zolari, shuningdek, nо‘yonlar va beklar ishtirok etardi, urush va tinchlik, xonni saylash va boshqaruv masalalari hal qilinardi.XIV asrdan boshlab rus knyazliklari birlasha boshlaydi. Buning asosiy sabablari: birinchidan, rus yerliklari о‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning kuchayishi, ikkinchidan, dehqonlarni jilovlab turish va ularning krepostnoylashuvini oxiriga yetkazish zaruriyati, uchinchidan, ayniqsa mо‘g‘ullarga qarshi kurashish, ularning hukmronligiga barham berish zarurati edi.Markazlashgan davlat Moskva tevaragida tashkil topadi. Ma’lumki, XIII asrdan boshlab Moskva о‘zining doimiy knyaziga ega bо‘lgan mustaqil knyazlikka aylanadi. Bunda birinchi knyaz Aleksandr Nevskiyning о‘g‘li - Daniil edi. U 1300 yili ilgari Ryazanga tegishli bо‘lgan Kolomna va Lopasiyani, 1302 yili Pereyaslavl knyazligi yerlarini, 1303 yil Smolensk knyazligiga tegishli Mojaysk yerlarini egalladi. Vladimir knyazligiga qarshi kurash Daniilning о‘g‘li Yuriy Danilovich (1303-1325) davrida boshlandi. Moskva knyazi Yuriy Tver va Novgorod orasidagi kurashdan foydalanib Oltin О‘rdada ikki yil yashab, О‘zbekxonning singlisiga uylanib, Vladimirning buyuk knyazi bо‘lishga yorliq oldi. Rus knyazlari orasiga nizo solish uchun Oltin О‘rda buyuk knyazlik yorlig‘ini Tver hukmdori Mixailga beradi. Ammo u Moskva knyazi bilan kurashda halok bо‘ladi. Oltin О‘rda xoni О‘zbekxon (1312-1340) yorliqni yangi Tver knyazi Aleksandrga (1326-1327) topshirib, ukasi Chо‘lxonni qо‘shin bilan Tverga yuboradi.Tverdagi voqealardan Moskva knyazi Ivan I Danilovich (1325-1340) foydalanadi. Knyazning laqabi Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling