Reja: Salb yurishlarining boshlanishi sabablari Salb yurishlarining Rim papaligi tomonidan uyushtirilishi


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/37
Sana02.04.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1320132
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Jahon tarixi 2 majmua.

Mavzu : XI- XV asrlarda Turkiya  
Reja: 1. Usmoniylar davlatining tashkil topishi.2. Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida 
turk istilolari.3. Sulton Murod I ning olib borgan harbiy yurishlari.4. Yildirim I Boyazid, 
Muhammad I Chalabiy va Murod II lar hukmronligi davrida Usmoniylar davlatining tashqi 
siyosati.5. Konstantinopolning istilo qilinishi.6. Usmoniylar davlatining garb va sharqqa 
yurishlari. 
О‘g‘uzlar (о‘g‘uzlar turkiy qabila bо‘lib, Markaziy Osiyoda yashaganlar. VII asr boshida Turk 
hoqonligi tarkibida tо‘qqiz о‘g‘uz qabilasidan paydo bо‘lgan) ning О‘rta Osiyodan Kichik 
Osiyo kо‘chib kelishi va saljuq turklari (saljuq turklari XI-XIV asr boshida Yaqin va О‘rta 


Sharqdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan qabila bо‘lib, sulola nomi turk-о‘g‘uz 
qabilasi boshlig‘i Saljuq nomidan olingan) bilan aralashib ketishi natijasida Kichik Osiyoda XIII 
asr oxiri va XIV asr boshlarida yangi davlat tashkil topdi. Bu davlatda о‘g‘uz turklari yetakchi 
rol о‘ynadilar. Dastlab Ertо‘g‘rul о‘g‘uz turklarining rahbari bо‘lib, u Vizantiya imperiyasi 
bilan qо‘shni Sakare daryosi bо‘yidagi mulkka egalik qilardi. Ertо‘g‘rulning о‘g‘li Usmoniylar 
sulolasi va Usmon turk sultonligining asoschisi Usmon G‘oziy (1282-1324), g‘oziy (vatan 
himoyasiga, g‘ayridinlarga qarshi kurashga rahbarlik qilgan yoki alohida mahorat bilan 
urushgan jangchiga beriladigan faxriy unvon) Vizantiyaga qarshi urush boshlab, Brusu 
shahrini bosib oldi va 1299 yilda poytaxt qilib tanladi. Usmon Kichik Osiyodagi boshqa 
amirliklarni ham о‘ziga itoat qildirdi. Yangi tashkil topgan turk xalqi Kichik Osiyodagi barcha 
turklar uning nomi bilan ataldi. 1299 yil Anatoliyaning g‘arbida Usmon I G‘oziy tomonidan 
yangi turkiy davlat- Usmoniylar davlatiga asos solindi va 1299-1922 yillarda mavjud bо‘ldi. Bu 
sulolaning birinchi sultoni (arab. hukmdor, podshoh, musulmon davlatlari boshliqlari unvoni, 
Turkiyada 1922 yilgacha amalda bо‘lgan) Usmon I G‘oziy (1258 yili Vifiniyada tug‘ilgan,1326 
yili Bursada vafot etgan), va oxirgi sultoni Mehmed VI Vahobiddin (1918-1922 yillar) da jami 
bо‘lib 36ta sulton boshqarib, shulardan 19ta sulton о‘rta asrlar davrida boshqarishgan. 
Usmon hokimiyat tepasiga kelgach barcha e’tiborini Vifiniyani bо‘ysundirishga harakat qildi. 
U 1291 yilda Melanpiyani zabt etdi va Vizantiyaning bu gо‘zal shaharchasini о‘ziga qarorgoh 
qilib oldi. Melanpiyaning aholisi bu yerni tashlab ketdi. Usmon bu yerga Garmiyon va 
Anatoliyaning boshqa hududlaridan aholini joylashtirdi. Xristianlar sobori Usmon buyrugi 
bilan masjidga aylantirildi va har jumada uning nomi xutbada yangray boshladi. XIII asr oxiri 
XIV asr boshlarida Usmon beyligi о‘z hududini kengaytirdi. 1301 yil Usmon Yenishehrni zabt 
etib, u yerga qal’a qurgach, Bursa shahrini qо‘lga kiritish uchun tayyorlana boshladi. 1302 
yilning yozida Vizantiyaning Bursadagi vakili qо‘shinlarini Vafeyada tor-mor etdi.Bu usmoniy 
turklarning katta janglardagi ilk zafari edi. Vizantiya imperiyasi qarshisida kuchli raqib 
turganini angladi. Usmon mulklari bо‘lgan hududlarga kо‘plab aholi kochib kela boshladi. Bu 
Usmonning keyingi yurishlariga turtki berdi. Vizantiyaliklar Usmonning mavqei oshayotganini 
kо‘rib Anatoliya qishloqlarini tark eta boshlashdi. 1305 yili usmoniy turklar Levke jangida 
mag‘lub bо‘lishdi, ularga qarshi Vizantiyaliklar qо‘shinida xizmat qilayotgan kataloniyalik 
bо‘linmalar ham qatnashdi. Bu paytda Vizantiyada toju-taxt uchun kurashlar boshlanib 
ketadi, bu turklar uchun harbiy harakatlarni davom ettirish uchun qulay vaziyat yaratdi. 
Usmon qо‘shinlari Anatoliyaning Qora dengiz sohilidagi Vizantiyaga tegishli bir qancha 
shaharlarni egalladi. Shu yili turklar birinchi marta Vizantiyaning Yevropa qismidagi 
hududlarga hujum qilishdi.
Usmoniylar Bursani Usmonning о‘g‘li Urxon davrida egallashdi. Usmoniylar davlatining 
ikkinchi hukmdori Urxon (1326-1359 yillarda boshqargan), 1288 yilda Anatoliyada tug‘ilgan. 
Urxon Bursani beklik poytaxti deb e’lon qildi. Urxon 1327 yilda birinchi marta kumush tanga- 
aqcha (aqcha.turk.-savdo-sotiq, tо‘lov muomalalarida narx, baho, qiymat о‘lchovi birligi 
bо‘lib, asosan kumushdan zarb qilingan) zarb qildi. 1330 yili Urxon qо‘shini Nikeyani, 1337 
yili Nikomediya (Izmir) ni qо‘lga kiritdi. Turklar Urxonning ukasi A’loiddin boshchiligida 
Nikeyaga qarab yurish qilayotganda Vizantiya imperatorining qо‘shinlari bilan jang bо‘lib 
о‘tdi. Jangda imperiya qо‘shinlari yengildi, imperator yaralandi. Nikeyaning zabt etilishi 
usmoniylarga Vizantiya imperiyasining Osiyodagi mulklariga hujum qilish uchun yо‘l ochdi.
Dengiz orqali yordam olib turgan Nikomediya qamali 9 yil davom etib, Urxon bu hududni 


olish uchun Marmar dengizining tor bо‘g‘ozini qamal qildi. Chorasiz qolgan Nikomediya ahli 
shaharni turklarga topshirdi. Turklarning Marmar dengizi va Bosfor sohillariga chiqishi 
ularning Frakiyaga qiladigan hujumlariga zamin yaratdi. 1338 yilda turklar Frakiya tomon 
yurish boshlashdi. Urxonning о‘zi 30 ta kemasi bilan Konstantinopol ostonalarida paydo 
bо‘ldi. Vizantiya imperatori Andronik III Paleolog (1328-1341 yillarda boshqargan), Urxon 
bilan munosabatlarini yaxshilash uchun unga qizini beradi va usmoniylar va Vizantiya 
imperiyasi munosabatlari bir muncha vaqt yaxshilanadi. XIV asrning 40 yillariga kelib Karesi 
bekligidagi toju-taxt uchun kurash Urxon qо‘shinlarini Vizantiyaning Yevropadagi qismiga 
kirib kelishi uchun zamin yaratdi.1345 yili Urxon Karesi beyligini tugatdi. Turklar 1346 yili 
Vizantiyada davom etayotgan zilotlar va fuqarolar urushi (1341-1347) ga aralashib bо‘lajak 
imperator Ioann VI Kantakuzenga yordam berishdi va amaldagi imperator Ioann V 
Paleologga qarshi kurashishdi. Buning evaziga Ioann VI qizi Feodorani Urxonga beradi.Turklar 
1352-1354 yillarda Yevropaga birinchi yurishlarini boshlashdi. 1354 yili zilzila tufayli mudofaa 
devorlari vayron bо‘lgan Galliapolni qiyinchiliksiz zabt etishdi. XIV asrdagi tо‘xtovsiz olib 
borilgan urushlar paytida turklarda professional qо‘shin tarkib topa boshladi. Urxon 
davrida turk qо‘shini orasida xalq lashkari tipidagi muntazam qо‘shinlardan tashqari, 
yanicharlardan iborat professional piyoda askarlar ortyadlari ham bor edi. Turklar 
Vizantiyaliklar tajribasidan о‘rganib, jang paytlarida devor teshadigan qurol ishlatardilar. XIV 
asr oxiri va XV asrda turklar о‘q о‘tadigan qurol ishlata boshladilar. 1326 yilda Urxon Bursani 
egalladi va poytaxtga aylantirildi. Usmoniylar davlatining ikkinchi hukmdori Sulton Murod I 
(1359-1389 yillarda boshqargan). U taxt talashib ukalari Ibrohim va Xalilni о‘ldirtirib yubordi. 
U hokimiyatni egallagach, e’tiborini davlatining sharqiy va janubiy chegaralariga qaratdi va 
bu viloyatlarni istilo etdi. Murod I 1361 yili Frakiyaning asosiy shahri Edirna (Adrianopol) ni 
bosib oldi u Brusu о‘rniga Turkiyaning yangi poytaxti bо‘lib qoldi. Murod sulton unvonini 
qabul qilib tarixga Murod I nomi bilan kirdi. U 1362 yilda bolgarlarning boy shahri bо‘lgan 
Fillipol (Plovdiv) ni egalladi. Turk jangchilari Bolqon yarim orolida shafqatsizlik bilan ish 
kо‘rdilar, tinch aholini talab о‘ldirib, qul qilib Sharq bozorlarida sotib yubordilar. 
Adrianopolning bosib olinishi bundan keyingi turk istilolariga yо‘l ochib berdi. 1371 yili 
serblar, bolgarlar, valaxlar va vengerlar ittifoqi 60 ming kishilik qо‘shin bilan Murod I ga 
qarshilik kо‘rsatdilar, lekin Maritsa daryosi bо‘yidagi jangda yengildilar, shundan sо‘ng 
Janubiy Serbiya qiroli sulton qо‘l ostiga о‘tdi, Vizantiya imperatori uning vassali bо‘lib qoldi 
va о‘rta asrlarda yosh Turkiya davlati tashkil topdi. 80-yillarda Murod I g‘arbga tomon 
yurishini davom ettirdi. 1385 yili Sofiyani, 1386 yili Nishni qо‘lga kiritdi. Kichik Osiyoda davlat 
hududi Garmiyon, Tekka va Hamid beyliklari hisobiga kengaydi. 1386 yili bir qancha beyliklar 
Qaramon beyi qо‘shini ostida birlashib usmoniylarga qarshi urush ochdi. 1387 yili Murod I
Bolqondagi harakatlarini tо‘xtatishga majbur bо‘ldi, bunga sabab, Qaramon beyligining 
ixtilofi bо‘ldi. Murod I Qaramon beyi A’loiddinga qarshi qо‘shin tayyorlab, Kо‘nya 
pasttekisligida uni tor-mor erdi. Murod I Anatoliyada harbiy harakatlarni tо‘xtatdi va qо‘lga 
kiritilgan hududlarni 5 ta sanjoq (usmoniy turklar imperiyasida asosiy ma’muriy-hududiy 
birlik, viloyatning tarkibiy qismi) qa bо‘lib, о‘zining sodiq amaldorlariga taqsimlab berdi. 
Sо‘ngra о‘z qо‘shinin olib Bolqonga jо‘nadi. Bolqon xalqlari uchun 1389 yil eng og‘ir yil bо‘ldi. 
О‘sha yili turklar bolgarlarga qarashli yerlarni qо‘lga kiritishdi va shoh Shishman yashiringan 
Nikopolni qamal qilishdi. Bolgarlar shohi Shishman taslim bо‘lib о‘zini sultonning vassali deb 
tan oldi. Shu vaqtda serb knyazi Lazar turklarning Serbiyaga hujum qilishidan xavotirlanib 
qо‘shin tо‘pladi. Lazar bundan ikki yil oldin bosniyaliklar yordamida Plochnika jangida 


g‘alabaga erishgani uchun bu safar ham g‘alabaga umid qilardi. 1389 yil iyunda Murod I katta 
qо‘shin bilan Serbiya hududiga kirdi. Turklar mashaqqatli Ixtiman darasidan о‘tib, Morava 
daryosigacha yetib kelishdi, Bosniya, Serbiya va Albaniya chegarasidagi Kosovo tekisligiga 
о‘rnashishdi. Murod I qо‘shiniga qarshi bu yerda serb va bosniyaliklarning birlashgan qо‘shini, 
shuningdek, albanlar, gersogoviniyaliklar, polyaklar va vengerlarning guruhlari joylashgandi. 
1389 yil 15 iyunda Janubiy Serbiyadagi Kosovo maydonida katta jang bо‘ldi. Serbiya qiroli 
Lazar 80 ming kishilik qо‘shin tо‘pladi. Sulton Murod I boshchiligidagi turklar Lazar kuchidan 
3 marta ortiqroq kuch bilan Serbiyaga qarshi harakat qildilar. Erta tongda Murod I harbiy 
kiyimlarini kiyib jangga tayyorlanayotgan paytda uning qarorgohiga о‘zini Milosh Obilich deb 
tanishtirgan bir serb yigitini keltirishadi. U turklarga dushmanning holati haqida tо‘liq 
ma’lumot berishini aytadi. Serbni sulton huzuriga olib kirishadi. Milosh sultonga 
yaqinlashgan zahoti kutilmaganda qо‘ynidan xanjarini olib sultonni sulton о‘ldiradi. Uni shu 
zahotiyoq yanicharlar chopib tashlaydi. Bu voqea jangga о‘z ta’sirini о‘tkazmadi, turklar tо‘liq 
g‘alabaga erishdi. Lazar asirga olindi va qatl etildi. Murod I ning о‘limidan sо‘ng uni katta 
о‘g‘li Boyazid sulton deb e’lon qilindi va 1389-1402 yillarda boshqardi. Shundan keyin Serbiya 
hududining bir qismini egallab, faqatgina Dunay bо‘yi Serbiyasi (u Podunaviya ham deyiladi) 
ning qolgan kichik bir qismigina serb knyazlari sultonning vassali sifatida bir oz idora qildilar. 
Turklarning Maritsa daryosi bо‘yidagi (1371y) va Kosovo maydonida (1389y) Nikopol 
yonidagi (1396y) g‘alabalari Konstantinopolni qulashini muqarrar qilib qо‘ydi. Vizantiya 
imperatori Manuil II (1399-1402) G‘arbiy Yevropaga ketib u yerda Italiya, Angliya, Fransiya
qirollaridan yordam sо‘radi, lekin uning urinishi befoyda ketdi. XIV asr oxirlarida turklarning 
asosiy maqsadi Bolqon yerlarini zabt etishdan iborat edi. 1393 yili turklar bolgarlar poytaxti 
Tirnovoni bosib oldi. 1395 yili Vidin shahri taslim bо‘ldi, 1396 yilda Bolgariya bosib olindi va 
1459 yilga kelib bu sо‘nggi serb hududi ham turklar tomonidan istilyo qilinib, turk mulklariga 
kiritildi.1394 yili turklar Pelloponesga hujum qilishdi va grek knyazlari vassallikni tan olishdi. 
Albaniyaning kichik bir qismi turk sultoniga tegishli hududga aylandi. Boyazid qо‘shinlari 
Vengriyaga suqilib kirdi. Vengriya qiroli Siguzmund I 1392 yili muvaffaqiyatsiz urush olib 
bordi. Boyazid Anatoliyaning g‘arbiy va markaziy qismidagi Oydin, Saraxun, Garmiyon, 
Menteshe va Hamid beyliklarini tobe qildi. 1390-1392 yillarda Qaramon beyligi tor-mor etildi. 
1396 yili Boyazid davlatiga Sivas qо‘shib olindi. Boyazidning shiddatli harakatlari unga 
zamondoshlari “Yildirim, ya’ni shiddatli” laqabini berishgan. 1396 yilgi galabalardan 
ruhlangan Boyazid Vizantiya poytaxtini egallashga harakat qila boshladi. Lekin Vengriya qiroli 
Siguzmund I ning usmoniylarga qarshi salib yurishi boshlayotgani haqidagi xabar unga yetib 
keladi. Venger qiroli salib bayrogi ostiga nafaqat vengerlar, balki Yevropaning boshqa 
davlatlaridan ritsarlar tо‘pladi. Uning qо‘shini safida ingliz, fransuz, italyan, nemis va chex 
ritsarlari bor edi. Salibchilarning umumiy soni 100 mingta askar edi. Asosiy jang 1396 yil 25 
sentabrda Dunayning о‘ng qirg‘og‘idagi Nikopol shahri yonida bо‘ldi. Jangda dastavval 
salibchilar ustun bо‘ldi, fransuz ritsarlari turk yanicharlarini siquvga oldi. Jang taqdirini 
saralangan turk chavandozlari hal qildi. Vassal knyaz Stefan Lazarevich boshchiligidagi 15 
ming kishilik serb qо‘shini hal qiluvchi pallada turklar g‘alabasiga hissa qо‘shdi. Siguzmund 
qо‘shini tor-mor bо‘ldi, uning о‘zi Dunay bо‘ylab qatnaydigan venetsiya kemalariga minib 
qochdi. Turklarga 10 mingga yaqin salibchi asir tushdi va ular Boyazidning buyrug‘iga asosan 
qatl etildi. Boyazid bir necha nomdor ritsarlarni fransuz qiroli Karl VI ga juda katta tо‘lov 
evaziga qaytarib berdi. Fransuz qirolining sultonga tо‘lagan tо‘lovi miqdori 200 ming oltin 
dukat (og‘irligi 3,44 gramm bо‘lgan kumush va oltin tanga) bо‘lgan. Salibchilarning 


mag‘lubiyati tufayli bolgarlarga qarashli yerlar usmoniylar qо‘liga о‘tdi. Valaxiya hukmdori 
ham sultonga vassalligini tan oldi. 1397 yili Boyazid qо‘shini Attika va Pelloponesga yurish 
qildi. 1400 yili quruqlikdan Konstantinopolga hujum qildi va shaharni qamal qildi, lekin 
shaharni qamal qurollarisiz va kuchli flotsiz ololmasligini bilib iziga qaytadi. Bu voqealardan 
sо‘ng Yevropa davlatlari tahlikaga tushib qoldi. Xuddi shu paytda Amir Temurning Boyazidga 
qarshi yurishi boshlandi. Yevropa davlatlari Boyazidga qarshi kurashish uchun Amir Temur 
bilan ittifoq tuzishga intildilar. Vizantiya, Venetsiya davlatlari shunday taklif bilan Amir 
Temurga murojaat qildilar. О‘z navbatida Boyazid Amir Temurni birgalikda Yevropaga qarshi 
kurashga da’vat etadi. Biroq, Sohibqiron uni rad etib, sulton saroyida panoh topgan isyonchi 
turkman qabilalari boshliqlarini unga topshirishni talab qiladi. Muzokaralar natijasiz tugagach, 
ikkala tomon jangga tayyorgarlik kо‘ra boshlaydi. Sohibqiron Amir Temurning usmoniylar 
imperiyasiga yurishi natijasida 1402 yil 25 iyulda Anqara jangida turk yanicharlari Amir 
Temur qо‘shinlaridan yengildi va Boyazid asir olindi. Boyazidning buyuk Sohibqirondan 
mag‘lubiyati Yevropani muqarrar halokatdan qutqarib qoldi. Bu g‘alaba bilan Amir Temurni 
tabriklab kо‘pgina Yevropa davlatlari qirollari maktub yuborgani bejiz emasdi. Vizantiya 
imperiyasi umri ham yana 50 yilga uzaydi. Ushbu buyuk galaba munosabati bilan katta 
xursandchilik izhor qilgan Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV va Vizantiya 
imperatori Manuil II Paleologlar bilan Amir Temur о‘rtasidagi diplomatik yozishmalar 
shundan dalolat beradi. Ukrainalik tarixchi Omelian Pritsakning yozishicha: “Amir Temur 
saltanati Yevroosiyodagi eng sо‘nggi buyuk saltanatdir”. Amir Temurning Kichik Osiyodagi 
harakatidan sо‘ng vaqtinchalik Usmoniylar davlatining markazlashuvi tо‘xtatildi. Temur 1403 
yil oxirlarida Anatoliyani tark etayotganida Oydin, Garmiyon, Qaramon kabi bir qancha 
beyliklarga о‘zini-о‘zi boshqarish huquqini berdi. Boyazidning katta о‘g‘li Sulaymonga 
usmoniylarning Yevropadagi mulklari tekkach u Edirna shahrini poytaxt qildi va sultonlikka 
da’vo qila boshladi. Uni Vizantiya imperatori Manuil II qо‘llab-quvvatladi. Boyazidning 
ikkinchi о‘g‘li Musoni esa Valaxiya hukmdori Mirchi Staro qо‘lladi. 
1408 yili Sulaymon ukasi Musoni Konstantinopol yaqinida tor-mor etdi. Muso xalq orasida 
targ‘ibot ishlarini olib borib, u Sulaymonning vizantiyaparast siyosatini qoralab, unga 
ergashganlarni “dinni himoya qilish uchun” о‘ziga qо‘shilishga da’vat qildi. Sulaymon 
askarlari birin-ketin uni tashlab, Musoga qо‘shildilar. 1409 yili Sulaymon Konstantinopolga 
qochayotganda о‘ldirildi. Muso Edirnadagi sulton taxtini egalladi. Muso taxtda bor-yо‘g‘i 4 yil 
(1409-1413yillarda) о‘tirdi. Shu paytda Muso ukasi Muhammad bilan ular о‘rtasida nizo kelib 
chiqdi. Nihoyat 1413 yili Maritsa yonidagi jangda Boyazidning о‘g‘illari о‘rtasidagi 
birodarkushlik urushida Muhammadning qо‘li baland keldi va taxtga о‘tirdi va 1413-1421 
yillarda boshqardi. Muhammad I nomi bilan taxtni egallagach 1414-1415 yillarda о‘z 
hokimiyatini mustahkamladi. U Valaxiya hududlarini talon-taroj qildi. 1421yil may oyida u 
vafot etgach uning о‘g‘li Murod II taxtga о‘tirib (1421-1444, 1446-1451 yillarda boshqargan) 
otasining dushmani Mustafoga qarshi urush qilib, 1422 yil bahorida Bursadan uncha uzoq 
bо‘lmagan Ulubod daryosi sohilida jang bо‘lib, bu jangda Murod II g‘olib chiqdi. 1424-1426 
yillarda Oydin va Menteshe beyliklari usmoniylar davlatiga qо‘shib olindi. Usmoniylarning 
ikkita dushmani Anatoliyada Qaramon beyligi va g‘arbda Vizantiya imperiyasi qolgandi. 
Shunday qilib, Temur hujumidan sо‘ng ancha zaiflashib qolgan Usmoniylar davlati XV asrning 
20-yillarida о‘ziga keldi. 1422 yilning iyunida Murod II Vizantiya imperiyasini tugatishga 
harakat qildi, lekin Konstantinopol qamali muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1440 yil turklar Serbiyaga 


yurish qildi. Ular Semendriya qal’asini buzishdi. Shu paytda turklarga qarshi Transilvaniya 
sarkardasi Yanosh Xunyadi kurash olib bordi. 1441-1442 yillarda venger va chex qо‘shinlariga 
qо‘mondonlik qilib sulton qо‘shini ustidan g‘alaba qozondi. 1442 yil Vozaga jangida u 
boshchilik qilgan qо‘shin turklarni tor-mor etdi. 5 mingga yaqin turk askari asirga olindi. 
Sulton 1444 yilning iyulida venger qiroli Vladislav bilan Serbiya yerlarining Vengriya bilan 
chegara hududlari mustaqilligini tasdiqlab sulh tuzishga majbur bо‘ldi. Sulh 10 yilga 
mо‘ljallangandi, lekin о‘sha yilning о‘zidayoq buzildi. 1444 yil 10 noyabrda Varna yonidagi 
jangda Yanosh Xunyadi qо‘shinlari yengildilar, Yanosh Xunyadi qochdi va turklarga qarshi 
kurashga kuchlar tо‘play boshladi. Sulton Murod II XIV asrning ikkinchi yarmidayoq Shimoliy 
Frakiya, Shimoliy Bolgariya va Makedoniyaga Kichik Osiyodagi turk qabilalarini joylashtirdi. 
XIV asr oxiri va XV asrning birinchi yarmida Bolgariyaning Qora dengiz sohilidagi Dunay va 
Maritsa vodiylarida hamda О‘rta yer dengizi va Qora dengizning hosildor yerlarida turk 
manzilgohlari vujudga keldi. Bolqonga qilingan keyingi yurishlar Markaziy Yevropaga katta 
xavf sola boshladi. 1448 yili Yanosh Xunyadi turklarni tо‘xtatish uchun sо‘nggi bor harakat 
qildi. Venger, chex, polyak va nemislardan iborat qо‘shin tо‘pladi.1448 yil 17-19 noyabr 
kunlari Kosovo maydonidagi jangda 50 ming kishilik turk qо‘shini Yanosh Xunyadining 
qо‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi, Yanosh Xunyadi Vengriyaga qochdi. 1451 yilda Murod II 
vafot etgach, uning о‘rniga о‘g‘li Muhammad II Fotih (1451 1481yillarda boshqargan) bо‘ldi. 
Konstantinopolda Rumelihisor qurilayotganidan xabar topgan Konstantin XI sultonga elchi 
yuborib Vizantiyaga qarashli bu hududda qal’a qurilishini tо‘xtatishni sо‘raydi. Biroq sulton 
elchilarni qabul qilishni xayoliga han keltirmadi. Qal’aning Konstantinopolga xavf 
solmasligiga ishonch hosil qilish uchun imperator sultonga yana elchilar jо‘natdi. Sulton 
elchilarni zindonga tashlatib, ularni о‘ldirtirib yubordi. Imperator Konstantin XI Muhammad II 
bilan tо‘qnashuvdan qochish niyatida yana bir bor harakat qildi. Vizantiyaliklar barcha 
shartlarga rozi bо‘lishini bildirdi, lekin sulton ulardan Konstantinopolni topshirishni sо‘radi. 
Konstantinopol о‘rniga ularga Moreyani berishni taklif etdi. Imperator bunday 
sharmandalikdan kо‘ra jang maydonida о‘lish afzal ekanini bildirdi. Vizantiya imperiyasining 
usmoniylar imperiyasi oldida kuchsizligi aniq edi. Ular tashqaridan yordam ololmadi. Rim 
papasi Nikolay V 1453 yil martida uchta genuyaliklar kemasida oziq-ovqat va qurol-yarog 
yuborish bilan cheklandi. Genuya hukumati Konstantinopolga yordam bermaslikka qaror 
qildi. Venetsiyaliklar kemalari Konstantinopol qamal qilinganiga ikki hafta bо‘lganda yetib 
keldi. Chet ellik yollanma jangchilar soni 7 ming kishi edi, flot esa 25 ta kemadan iborat 
bо‘lgan. Bu vaqtda Muhammad II Konstantinopol tomon siljib borardi. 1453 yil martida turk 
askarlari Konstantinopolga yurish boshladi. 5 aprelda sultonni о‘zi Konstantinopol 
ostonalariga yetib keldi. Turk sultoninig qо‘shini soni 150 ming kishini, 80 ta harbiy kema va 
300 ta yuk kemasidan iborat edi. 18 aprelda sulton hujum qilishga buyruq berdi. Poytaxtning 
400 ming aholisidan shahar himoyasida 5 ming kishi qatnashdi, xolos. Himoyada, shuningdek, 
2 ming jangchidan iborat italiyalik harbiylar ham bor edi. Yevropa davlatlari esa Vizantiyada 
bо‘layotgan voqealarga loqaydlik bilan qarashdi. Manbalarda e’tirof etilishicha, sulton 
Mehmet II Yevropada xristianlarni tugatmaguncha о‘z qilichini qiniga solmaslikka va’da 
bergan. Og‘ir bо‘lib о‘tgan janglardan sо‘ng 1453 yil 29 mayda Konstantinopol quladi.
Imperator Konstantin о‘ldirilib, shahar himoyachilari qirib tashlandi. Vizantiya poytaxti 
talandi. Zabt etilgan shaharni Muhammad II Usmoniylar davlatining poytaxtiga aylantirish 
maqsadida sulton shahar binolariga ziyon- zahmat yetkazilmasin deb buyruq berdi. Yustinian 
zamonidagi mashhur yodgorlik ayo Sofiya sobori saqlanib qolinib, u sultonning asosiy 


masjidiga aylantirildi. Konstantinopolning olinishi turklarga Markaziy Yevropaga qilinadigan 
yurishlar uchun zamin yaratdi. Muhammad II ning dastlabki zarbasi Serbiyaga yо‘naltirildi va 
1454-1455 yillarda Serbiya egallandi. Konstantinopol qulaganidan sо‘ng yevropaliklar 
nazarida yengilmasdek tuyulgan turklar 1456 yili Yanosh Xunyadidan mag‘lub bо‘lishdi. 
Yanosh Xunyadi boshchiligidagi serb, venger, chex va nemis qо‘shini 27 iyul kuni Belgrad 
ostonalaridagi jangda Muhammad II qо‘shiniga qaqshatqich zarba berdi. Kо‘plab jangchilarini 
yо‘qotgan turklar Sofiyaga chekinishdi. Belgrad ostonasidagi omadsizlik venger yerlariga 
hujumlarni orqaga surdi. 1456 yili Egey dengizidagi Tamoz, Imroz, Semendra va Lemnos 
orollari egallandi. Turklarga Dunay knyazliklari taslim bо‘lishdi; Moldova 1456 yilda qaram 
bо‘ldi, Valaxiya esa 1476 yil bо‘ysundi. 1459 yili turklar Serbiyaning barcha hududlarini qо‘lga 
kiririshdi va u Usmoniylar davlatining viloyatiga aylantirilib, 200 mingga yaqin serblar qul 
qilindi. 1461 yili turklar Kichik Osiyoning shimolidagi muhim savdo nuqtasi hisoblangan 
greklarning Trapezund imperiyasini (bu imperiya 1204-1461 yillarda yashagan) bо‘ysundirdi. 
Trapezund imperatori David shaharni topshirishdi. David va zodagonlar dengiz orqali 
shaharni tark etishdi. Aholining kо‘pchiligi Istanbulga kо‘chirildi, 1500 ta bola yanicharlarga 
olindi 1462 yili sulton Valaxiyaga yurish boshladi. Valaxiya sardori Vlad III turklarga qarshilik 
kо‘rsatdi, lekin qochishga majbur bо‘ldi. 1463 yil Bosniya egallanib, qirol Stefan qatl etildi. 
1465 yili Gersogovina bо‘ysundirildi. 1466 yili Albaniya egallandi. 1477 yilda Qrim Usmoniylar 
davlatiga о‘lpon tо‘laydigan davlatga aylandi. Bolqon va Kichik Osiyodagi g‘alabalar turk 
sultonini kо‘proq yurish qilishga undadi. Uning rejasiga Vengriya, Italiya va Germaniyaga 
yurish kirgan. Muhammad II 1479 yili Neapol va Milanga qarshi urush e’lon qildi. 1480 yili 
sulton qо‘shini 300 ta kemada Italiya janubidagi Otranto shahriga yurish qildi va ikki haftalik 
qamaldan sо‘ng 1480 yil 11 avgust kuni shaharni qо‘lga kiritdi. Shahar aholisining yarmi qatl 
etildi, 800 kishi islomni qabul qilmagani uchun о‘ldirildi. Otrantoning 8 ming aholisi qullikka 
solindi. Turklarning Otrantodagi xatti-harakatlari butun Italiyaga ma’lum bо‘ldi. Vatikan ulkan 
salib yurishiga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Muhammad II Misr mamluklariga (arab.qul), 
(1250-1517 yillarda Misrni boshqarganlar) qarshi urush olib borish kо‘zda tutilgan edi, lekin 
usmoniylar qо‘shini Italiyadan qaytayotganda yо‘lda Muhammad II kasallikdan vafot etadi. 
Usmoniylar imperiyasi taxtiga Muhammad II ning о‘g‘li Boyazid II taxtga о‘tirib (1481-1512 
yillarda boshqargan) uning hukmronligi davrida Vengriya, Polsha, Venetsiya, Misr va Eronga 
qarshi urushlar olib borildi. Boyazid II yanicharlar fitnasi tufayli 1512 yil 25 aprelda taxtni 
о‘g‘li Salimga topshirdi va Salim I nomi bilan 1512-1520 yillarda taxtni boshqardi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling