Ommaviy oferta (Ucell mobil ilovasi orqali haq evaziga xizmatlar to‘plamini ko‘rsatish shartlari)


Download 275.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana28.03.2023
Hajmi275.99 Kb.
#1303151
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
c58bc47a-cbda-4c17-b725-46debadc5e0b (1)



Ommaviy oferta 
(Ucell mobil ilovasi orqali haq evaziga xizmatlar to‘plamini ko‘rsatish 
shartlari) 
 
Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi 2-
qismiga muvofiq “COSCOM” MChJning (Ucell savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi), keyingi 
o’rinlarda “Operator” nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi A.Yu. Shishkovskiy, jismoniy 
shaxslarga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida 
bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar) Ucell ilovasidan foydalanish orqali haq 
evaziga xizmatlar to’plamini ko‘rsatish to’g’risida shartnoma tuzish bo‘yicha rasmiy taklifi 
hisoblanadi (keyingi o‘rinlarda - Shartnoma). Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining 367-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. 
Ofertani qabul qilish foydalanuvchining ushbu Oferta shartlarini tushunishini va ularga roziligini 
bildiradi. Operator bilan xizmatlar ko'rsatish bo'yicha abonentlik shartnomasiga ega bo'lgan 
abonentlar uchun ushbu Qoidalar va Shartlar bunday shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. 
1. 1. ATAMALAR VA TA’RIFLAR 
1.1 Operator – Litsenziyalarga muvofiq mobil radiotelefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi 
“COSCOM” MChJ (“Ucell” savdo belgisi). 
1.2 Abonent - 18 yoshga to'lgan (14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar 
telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish uchun ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki 
vasiylarning yozma roziligi bilan murojaat qilishlari mumkin) va mobil radiotelefon 
xizmatlaridan foydalanish va kamida bitta abonent raqamini olish uchun Operator bilan 
mobil radiotelefon xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha shartnoma (keyingi o'rinlarda - 
abonentlik shartnomasi) tuzgan layoqatli jismoniy shaxs. 
1.3 Abonent raqami – Operator tomonidan Abonentga ajratilgan va Abonent shartnomasi 
amal qilish muddati davomida Abonent tomonidan foydalaniladigan va unga boshqa 
abonent qurilmalari ulanganda Operator tarmog‘iga ulangan Abonent qurilmasini 
identifikatsiya qiluvchi raqam;
1.4 Vaqtinchalik kalit so’z (parol) - Operator tomonidan yaratilgan va abonent raqamiga 
SMS-xabar ko'rinishida foydalanuvchiga yuboriladigan maxsus bir martalik o'zgaruvchan 
kod. Tasdiqlash kodidan foydalangan holda foydalanuvchining barcha harakatlari bahsga 
sabab bo’lolmaydi va foydalanuvchi tomonidan shaxsan amalga oshirilgan deb tan olinadi 
va Foydalanuvchi uchun amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq qo‘lda yozilgan 
imzolardan foydalanishga o‘xshash huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi; 
1.5 Foydalanuvchi - ushbu Oferta shartlarini qabul qilgan Abonent. 
1.6 Operatorning aloqa xizmatlari – “Ucell” savdo belgisi ostida taqdim etiladigan mobil 
radiotelefon aloqasi, mobil Internetga ulanish, shuningdek, Operator tarmog‘i orqali 
olingan, uzatiladigan, qayta ishlanadigan boshqa turdagi ma’lumotlarni taqdim etish 
bo‘yicha Operator faoliyati mahsuloti;  
1.7 Ilova – Foydalanuvchi tomonidan Abonent qurilmasiga o'rnatilgan va foydalanuvchiga 
imkoniyatlarni taqdim etadigan Ucell mobil ilovasi: 
1.7.1 Operatorning xizmatlarini boshqarish va operatorning qo'shimcha tarmoq xizmatlaridan 
foydalanish; 


1.7.2 quyidagi maqsadlarda Operator Hamkorlarining Xizmatlariga kirish imkoniyati: 
а) 
to'lovlarni amalga oshirish, shu jumladan P2P pul o'tkazmalari (bitta bank kartasidan 
boshqasiga o'tkazish) va yetkazib beruvchilar tovarlari (ish, xizmatlar) uchun to'lovni 
amalga oshirish; 
б) 
Operator hamkorlari tomonidan taqdim etiladigan boshqa xizmatlardan foydalanish; 
1.7.3 Ilova xususiyatlarida va Oferta shartlarida ko’zda tutilgan boshqa harakatlarni amalga 
oshirish. 
1.8 Texnologik hamkor: 
 "UZINFOCOM Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo’yicha 
yagona integrator "MChJ (MyID biometrik identifikatsiya tizimining egasi). 
1.9 Operator Hamkorlari xizmatlari – Ilova bilan integratsiya qilingan moliyaviy va savdo 
xizmatlari:  
 ATB «Kapitalbank», 
 АJ «Uzum Bank», 
 Uzum Nasiya muddatli to’lov xizmatlari АJ «SOLUTIONS LAB», 
 Uzum Market «ZENIT TEHNOLOGII» MCHJ; 
Foydalanuvchi avtorizatsiya qilinishni amalga oshiradi, ro'yxatdan o'tishi o’z roziligi yoki 
boshqa harakatlar bilan shaxsiy ma'lumotlarni almashishi mumkin. 
1.10 Operator veb-sayti – 
www.ucell.uz
. elektron manzilida joylashtirilgan Internet 
tarmog’idagi Operatorning axborot manbai
1.11 Bank kartasi - O'zbekiston Respublikasi tijorat banki tomonidan emitatsiya qilingan, 
onlayn rejimda ishlovchi va Abonentga bank hisobraqamidan operatsiyalarni amalga 
oshirish imkoniyatini beruvchi to’lov (plastik) kartasi (UZCARD va Humo); 
1.12 Shaxsiy ma’lumotlar – muayyan shaxs bilan bog'liq va uni identifikatsiya qilish 
imkoniyatini beruvchi, Operatorning aloqa xizmatlaridan foydalanish va operator 
hamkorlari xizmatlariga kirish maqsadida Foydalanuvchi tomonidan Ilovadan ro’yxatdan 
o’tishda taqdim etilgan ma'lumotlar.
1.13 Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash – Shaxsiy ma'lumotlarni to'plash, tizimlashtirish, 
saqlash, o'zgartirish, ulardan foydalanish, o'tkazish va yo'q qilish uchun bir yoki bir qator 
harakatlarning bajarilishi. 
1.14 Elektron (shaxsiy) hisob raqam – Operator xizmatlarini olish uchun pul miqdori 
ekvivalentida ko’rsatilgan Abonent huquqlarining hajmi haqidagi ma’lumotni o’z ichiga 
oluvchi Operatorning avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimidagi elektron fayl. 
1.15 Uchinchi shaxslar – agar qonunchilik va ushbu Ofertada boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo’lsa, ushbu Ofertaning 1.8 va 1.10 bandlarida ko’rsatilgan Operator, Abonent, 
Foydalanuvchi, Texnologik hamkor va Operator hamkoridan tashqari barcha boshqa 
shaxslar.
1.16 SMS xabar – Short Message Service, Qisqa xabarlar markazi orqali abonentlarga qisqa 
matnli xabarlarni yuborish va olish uchun mo'ljallangan xizmat. 
1.17 Abonent qurilmasi – Abonent tomonidan belgilangan ma'lumotlarni uzatish yoki qabul 
qilish uchun elektr signallarini shakllantirish va Operatorning tarmog'iga ulanuvchi aloqa 
vositasi. Abonent qurilmasi ushbu turdagi uskunalarga O'zbekiston Respublikasida 
amaldagi standartlardagi texnik talablarga muvofiq bo’lishi kerak.
1.18 Header Enrichment (HE) – 2G / 3G / 4G-dan foydalanganda, Abonent shartnomasi 
ostida abonentga ajratilgan raqamni aniqlaydigan mexanizm. 
1.19 Ro’yxatdan o’tish – Ilovada ro'yxatdan o'tish uchun login va parolni dastlabki kiritish.


1.20 Avtorizatsiya (identifikatsiya) – Ilovada foydalanuvchi uchun mavjud xizmatlar va 
ichki xizmatlar bilan turli harakatlarni amalga oshirish uchun Foydalanuvchi tomonidan 
login va parolni kiritish. 
1.21 To’lov xizmati – mahsulot Foydalanuvchiga xizmatlar (tovarlar/ishlar) uchun real vaqt 
rejimida (onlayn) to’lovlarni amalga oshirish, bank kartalarini boshqarish, bir bank 
kartasidan boshqasiga real vaqt rejimida (onlayn) pul o’tkazmalarini amalga oshirish, 
shuningdek, to’lov instrumentining xususiyatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni 
amalga oshirish imkoniyatini beradi. To’lov xizmatini taqdim etish qismida Operator 
to’lov agenti sifatida xizmat qiladi. To’lov xizmati yetkazib beruvchisining bank 
ma’lumotlari: 
АJ «UZUM BANK» 
Manzil: Toshkent sh., Fidokor ko’chasi, 30 uy 
STIR: 309016201 
ОКED: 64190 
Tel. +9989787770799 
O’zR MB litsenziyasi. 28.11.2022 yildagi 88-son 
1.22 Tarif rejasi - Operator tomonidan abonentlar yoki ma'lum bir abonentlar guruhiga 
taqdim etiluvchi narxlar to’plami va texnik ma’lumotlar yoki ma'lum bir cheklangan 
hududda bir yoki bir nechta xizmatlardan foydalanish.
1.23 eSIM - Abonent qurilmasini aniqlash, uning mobil tarmoqqa kirish, shuningdek abonent 
raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qiladigan abonent qurilmasini virtual 
identifikatsiya qilish moduli; 
1.24 SIM-карта - Abonent qurilmasini, uning mobil tarmoqqa kirishini aniqlashni, 
shuningdek abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashni ta’minlovchi,
o’rnatilgan mikrosxemali yechib olinuvchi identifikatsiya moduli.

Download 275.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling