Ommaviy oferta (Ucell mobil ilovasi orqali haq evaziga xizmatlar to‘plamini ko‘rsatish shartlari)
FOYDALANUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Download 275.99 Kb. Pdf ko'rish
|
c58bc47a-cbda-4c17-b725-46debadc5e0b (1)
6. FOYDALANUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
6.1 Foydalanuvchining huquqlari: 6.1.1 Operatorning aloqa xizmatlaridan foydalanish, Ilova orqali Operator hamkorlari xizmatlaridan foydalanish. 6.1.2 info@uzumbank.uz elektron pochta manziliga yozma so'rov yuborish orqali Operator hamkorlari xizmatlarini ko'rsatish uchun foydalaniladigan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish. 6.2 Foydalanuvchining majburiyatlari: 6.2.1 Ushbu Oferta talablarini bajarish 6.2.2 Ilovaga kirish mumkin bo'lgan Abonent qurilmasining axborot xavfsizligini, Ilovaga kirish uchun o'rnatilgan maxfiy kod (PIN kod) xavfsizligini mustaqil ravishda ta'minlash. 6.2.3 Ilovadan firibgarlik va noqonuniy maqsadlarda yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishda foydalanmaslik. 6.2.4 Ilovadan uchinchi shaxslar tomonidan nomaqbul foydalanish ehtimolini istisno qilish uchun Abonent qurilmansini sozlash bo'yicha tegishli choralarni ko'rish, shuningdek, bunday foydalanish holatlari aniqlansa, darhol munosabat bildirish. 6.2.5 Ushbu Ofertaga, Ilovaning funksionaliga kiritilgan o'zgartirishlar/qo'shimchalarni mustaqil va muntazam ravishda kuzatib borish va ular bilan tanishmaslik oqibatlari xavfini o'z zimmasiga olish. Bunday o'zgarishlardan so'ng Foydalanuvchi tomonidan Ilovadan foydalanish bunday o'zgartirishlar va/yoki qo'shimchalarning qabul qilinganligini anglatadi. Agar biron-bir o'zgartirish va/yoki qo'shimchalar Foydalanuvchi uchun nomaqbul bo'lsa, u darhol Ilovadan foydalanishni to'xtatishga haqli. 6.2.6 Uchinchi shaxslar tomonidan Ilovaga kirish uchun PIN-koddan noqonuniy foydalanishga oid faktlar yoki shubhalar, shuningdek SIM-karta, Ilova joylashtirilgan abonent qurilmasi o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan taqdirda darhol Operatorni yozma/elektron shaklda xabardor qilish. Download 275.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling