Ommaviy oferta (Ucell mobil ilovasi orqali haq evaziga xizmatlar to‘plamini ko‘rsatish shartlari)


Download 275.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana28.03.2023
Hajmi275.99 Kb.
#1303151
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
c58bc47a-cbda-4c17-b725-46debadc5e0b (1)

 
7. CHEKLOVLAR VA JAVOBGARLIK 
7.1 Operator uchinchi shaxslar tomonidan Ilovadan ruxsatsiz foydalanish natijasida 
yetkazilgan zararlar uchun javobgar emas va ularni qoplab bermaydi.
7.2 Foydalanuvchi ilovadan foydalanish uchun Abonent raqamidan foydalangan uchinchi 
shaxslarning harakatlari uchun javobgardir.
7.3 Operator hech qanday sharoitda Ilovadan foydalanish yoki foydalana olmaslik natijasida 
Foydalanuvchiga yetkazilgan to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita zarar uchun va Operatorning 
aybisiz sodir bo'lgan xatolar, kamchiliklar, ishdagi uzilishlar, funktsiyalarning o'zgarishi, 
nuqsonlar, kechikishlar natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo'lmaydi.
7.4 Ilovaning funksiyalari Foydalanuvchilar uchun faqat Internetga kirish imkoniga ega 
bo'lgan taqdirdagina to'liq hajmda mavjud bo’ladi. 
7.5 Tomonlar ushbu Oferta shartlarini bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari 
uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 
7.6 Foydalanuvchi ushbu Oferta bo'yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi sababli yuzaga keladigan har qanday yo'qotishlar yoki boshqa salbiy 
oqibatlar uchun javobgardir.
7.7 Foydalanuvchi o'z shaxsiy ma'lumotlarini xavfsiz ulanishlardan foydalangan holda yoki 
zararli dasturlar va ilovalar tahdidi ostida Abonent qurilmasiga kiritishda ularning 
xavfsizligi uchun to'liq javobgardir.
7.8 Operator ushbu Oferta shartlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar emas, agar 
bunday bajarmaslik holati Foydalanuvchi tomonidan Oferta shartlarini bajarmaslik 
natijasida kelib chiqqan bo'lsa. 
7.9 Operator Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlari, shuningdek, Ilovaning pullik xizmatlari 
faollashtirilganda, “Birlashgan Respublika protsessing markazi” MChJ (UZCARD savdo 
belgisi) va/yoki “Milliy banklararo protsessing markazi” MChJ (HUMOCARD savdo 
belgisi) tomonidan Operator hamkorlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan pullik 
xizmatlar takliflari bilan, shuningdek, har qanday boshqa shaxsiy va hamkor xizmatlar
masalan, Mikrokredit, Sug'urta va Operator tomonidan taqdim etiladigan boshqa xizmatlar 
takliflari bilan o'z vaqtida tanishmaganligi sababli Foydalanuvchi tomonidan yetkazilgan 
har qanday yo'qotishlar uchun javobgar emas.
7.10 
Agar bunday holat Operatorga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra yuzaga kelgan 
bo'lsa, Operator Oferta shartlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar emas. 
Operator nazorati doirasi faqat xizmat ko'rsatishning o'zi bilan chegaralanadi va uchinchi 
shaxslarning aybi bilan yoki davlat yoki sud organlari tomonidan qo'yilgan taqiqlar va 
cheklovlar tufayli yuzaga kelgan nosozliklar uchun javobgarlikni o'z ichiga olmaydi.
7.11 
Tomonlar Oferta bo'yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada 
bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, agar bu holat Oferta tuzilgandan 
keyin Tomonlar oldindan ko'ra olmaydigan va oqilona choralar bilan oldini ololmaydigan 
favqulodda hodisalar natijasida yuzaga kelgan fors-major holatlarining natijasi bo'lsa (fors-
major).
7.12 
Foydalanuvchi o'zi tomonidan Ilova orqali qilingan barcha so'rovlar va harakatlar 
uchun to'liq javobgar hisoblanadi.
7.13 
Foydalanuvchi Ilovada o'z akkauntining maxfiyligini saqlash uchun shaxsan 
javobgardir. Foydalanuvchining akkaunti uchinchi shaxslarga ochiq bo'lgan taqdirda


Foydalanuvchi o'z abonent ma'lumotlarining mumkin bo'lgan oshkor etilishi uchun to'liq 
javobgarlikni o'z zimmasiga oladi va Operatorga ushbu fakt bo'yicha hech qanday da'vo 
qo'ymaslik majburiyatini oladi.

Download 275.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling