Ommaviy oferta (Ucell mobil ilovasi orqali haq evaziga xizmatlar to‘plamini ko‘rsatish shartlari)
SHAXSIY MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH
Download 275.99 Kb. Pdf ko'rish
|
c58bc47a-cbda-4c17-b725-46debadc5e0b (1)
3. SHAXSIY MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH
3.1 Ushbu Ofertani qabul qilish orqali, Foydalanuvchi Operatorga Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risidagi Qonun talablariga muvofiq, Ilovada mavjud xizmatlardan foydalanish uchun zarur bo’lgan, shu jumladan ushbu Shartnomani bajarish maqsadida avtomatlashtirish vositalari yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladigan shaxsiy ma’lumotlarni to'plash, qayd qilish, tizimlashtirish, yig’ish, saqlash, tozalash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, o'tkazish (kirishga ruxsast etish), o'chirish, yo'q qilish uchun o'z shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga taqdim etadi. Ushbu orqali Foydalanuvchi ushbu hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur Ofertaning 1.8 va 1.10-bandlarida ko’rsatilgan Texnologik hamkor va Operator hamkoriga ushbu Oferta bo’yicha Operatorga taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarini o’tkazish uchun rozilik beradi. 3.2 Foydalanuvchi quyidagi shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash uchun rozilik bildiradi: 3.2.1 Ilova o’z hamkorlaridan Foydalanuvchi va tegishli hamkorlar o’rtasida tuzilgan kelishuv shartlariga muvofiq va Foydalanuvchining roziligi bilan olgan Foydalanuvchi to’g’risidagi ma’lumot. 3.2.2 Ro’xatga olish vaqtida Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki Operator hamkorlari xizmatlaridan MyID biometrik identifikatsiya tizimi orqali identifikatsiya/autentifikatsiya jarayonidan o’tish uchun shuningdek vakolatli davlat organlari axborot tizimiga so’rov yuborish orqali olingan taqdim etilgan Foydalanuvchi ma’lumotlari (familiyasi, ismi, sharifi, jinsi, tug’ilgan sanasi va joyi, JShShIR, STIR, pasport/ID kartasi turi, seriyasi va raqami, pasport/ID karta berilgan joyi va sanasi, pasport/ID kartasi amal qilish muddati, yashash mamlakati, shahri, tumani, yashash va ro’yxatdan o’tgan manzili, tug’ilgan mamlakati, tug’ilgan shahri, fuqaroligi, millati, ma’lumoti, oilaviy sharoiti, mehnatga layoqatliligi, uy telefoni, mobil telefoni, elektron pochtasi, ish joyi, STIR, pensiya hisob raqami). 3.2.3 Operator hamkorlarining xizmatlariga kirish sanasi va vaqti. 3.3 Shaxsiy ma’lumotlar quyidagi maqsadlarda to’planadi va qayta ishlanadi: 3.3.1 Ilovada Foydalanuvchi qaydini yaratish va shaxsiy profilda ma’lumotlarni saqlash. 3.3.2 Foydalanuvchi va Operator hamkori o’rtasida tuzilgan foydalanish kelishuvi bian tartibga solinadigan xaridlarni, hujjatlarni, to'lov kartalari va sodiqlik kartalarini va boshqa vazifalarni rasmiylashtirish uchun talab etiladigan so’rovnoma shakllari va satrlarini avtomatik to’ldirish. 3.3.3 To’lov operatsiyalarida, bron qilishda yoki chiptalarini xarid qilishda shaxsni tasdiqlash. 3.4 Agar Foydalanuvchi Operator Hamkorlarining veb-saytida yoki elektron platformasida Foydalanuvchining belgilangan Abonent raqamiga qisqa xabar (SMS) orqali yuborilgan kodni kiritish orqali Ilovadagi kabi avtorizatsiya qilsa, Foydalanuvchi o'z shaxsiy ma'lumotlarini Texnologik hamkorga va Operator hamkorlariga o'tkazishga roziligini, shuningdek, ushbu shaxslar tomonidan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligini avtomatik ravishda tasdiqlaydi. Operator hamkorlarining veb-saytida yoki elektron platformasida kodni kiritish Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlarining bunday veb-sayt yoki elektron platforma egasi bo’lgan Operatorga o'tkazilishini qabul qilgani hisoblanadi. 3.5 Foydalanuvchi, zarur bo’lganda, shaxsiy ma'lumotlarga aralash ishlov berish ta'minlanganligini tan oladi va tasdiqlaydi - avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda va Internet global axborot-telekommunikatsiya tarmog‘i orqali olingan axborotni faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan axborot tizimlari konturiga o‘tkazish bilan avtomatlashtirilgan qayta ishlash orqali. 3.6 Ushbu Oferta shartlariga muvofiq Ilovadan foydalanilganda, Foydalanuvchi Operatorga xizmatlar ko'rsatish jarayonida ma'lum bo'lgan shaxsiy ma'lumotlari va boshqa ma'lumotlarini qayta ishlashga, shuningdek ularni uchinchi shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan hollarda va maqsadlarda huquqni muhofaza qilish funksiyalarini bajaruvchi shaxslarga qayta ishlashga roziligini beradi. Agar Foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligidan voz kechishga qaror qilsa, Operator ushbu Ofertada ko'rsatilgan xizmatlarni taqdim etishni cheklaydi. Download 275.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling