Reja: San’at tushunchasi
Download 41.5 Kb.
|
SAN\'AT TURLARI VA JANRLARI TASNIFLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
SAN'AT TURLARI VA JANRLARI TASNIFLARI Reja: 1. San’at tushunchasi. 2. San’atning turlari. 3. San’at janrlari tasnifi. San’at ijtimoiy ong shakllaridan biri, insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi, dunyoni amaliy-ma’naviy anglashning turidir. O‘z ichiga tasviriy san’at, arxitektura, musiqa, kino, badiiy adabiyot va boshqalarni oladi. San’atning turli ko‘rinishlari voqelikni, undagi hodisa, narsa va holatlarni o‘zlariga xos usullar yordamida aks ettiradi. Lekin shu bilan birga ular o‘rtasida ma’lum umumiylik mavjud. Bu umumiylik shundan iboratki, ularning hammasida voqelik badiiy-obrazli tarzda aks ettiriladi. San’atni tushunish, uning kishilar hayotidagi rolini aniqlash masalasi butun insoniyat madaniyati tarixi davomida keskin bahslarga sabab bo‘lib kelgan. Masalan, ba’zi san’atshunoslar san’atni “tabiatning taqlidi” yo “voqelikning aks ettirilishi” deb hisoblasalar, boshqalari “san’atkorning sof subyektiv ijod mahsuli”, “o‘z-o‘zini izhor etishdir” deb bilganlar. San’at juda qadimiy tarixga ega. U jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liq holda vujudga kelgan. San’at ham hayot jumboqlaridan saboq beradi. Lekin u obrazlar orqali fikrlashdir. Tabiiyki, bu jonlilik va ravshanlik, ta’sirdorlik va ommaviylik, noziklik va mukammallik san’at turning har birida o‘z tili orqali ro‘yobga chiqadi. Rassomlikda badiiy obraz yaratish chiziqlar, ranglar, yorug‘lik va soya til vazifasini o‘tasam xoreografiyaning tili inson tanasining o‘ziga xos ifodali harakati sanaladi. Portret - rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bо‘lib, kishilarning tashqi va ichki kechinmalarini tasvir orqali ochib beradi. Portret janrida ishlangan tasviriy san’at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini hamda tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi. Avtoportret - portret janrining kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, musavvir о‘zining tashqi qiyofasini о‘zi tasvirlaydi. Manzara - janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi kо‘rinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqealar emas, balki musavvirning ichki kechinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog‘u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bо‘lsalar, boshqalari dengiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar. Manzara janrida musavvirlardan О‘.Tansiqboyevning “О‘zbekistonda mart”, “Jonajon о‘lka”, “Mening qо‘shig‘im”, N.Kashinaning “Tog‘da bahor”, Z.Inog‘omovaning “Arpa о‘rimi”, “Choyga”, R.Temurovning “Bibixonimda bahor”, “Ulug‘bek madrasasi” asarlari mualliflarga shuhrat keltirdi. Natyurmort - fransuzcha sо‘z bо‘lib, “jonsiz tabiat” degan ma’noni anglatadi. Bu janrda musavvir asosan insonni о‘rab turgan atrof muhitdagi narsalar, turmushda qо‘llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gullar, meva va boshqalarni tasvirlaydi. U о‘z asarida tevarak-atrofdagi narsalarni tasvirlash orqali uning xarakterli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda rо‘y berayotganligini ham kо‘rsata oladi. Taniqli ijodkor musavvirlardan R.Axmedov, L.Salimjonova, G‘.Abdurahmonov va boshqalar natyurmort janrida barakali ijod qilmoqdalar. Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz uzoq о‘tmishda bо‘lib о‘tgan voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishamiz. Tarixiy janrning kо‘rinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir. Botal janr - “botal” fransuzcha sо‘z bо‘lib, “jang”, “urush” ma’nosini bildiradi. U jang manzaralarini о‘zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy yurishlar manzarasi asosiy о‘rinni egallaydi. Botalist - rassomlarning asarlarida jangchi obrazi, uning qahramonligi, mardligi, jasorati hamda о‘z ona Vataniga bо‘lgan cheksiz muhabbati ifodalanadi. Leonardo da Vinchi, M.B.Grekov, G.K.Savitskiy, A.A.Deyneka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday musavvirlardandir. Taniqli ijodkor M.Nabiyevning “Spitamen qо‘zg‘oloni”, musavvir R.Rizamuhammedovning “Muqanna qо‘zg‘oloni”, musavvir T.Sodiqovning “Tо‘marisning qasosi” nomli asarlari bunga yorqin misol bо‘la oladi. Animalistik - janr о‘zgacha tasviry san’at turidir. U lotincha “anima”, “hayvonot olami” degan ma’noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot dunyosiga zо‘r qiziqish, sevgi va mahorat bilan yondoshadi. Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta ahamiyatga ega bо‘lgan. О‘sha davrda ular g‘orlarining devorlariga kiyik, qо‘tos, mamontlarning suratlarini chizganlar. Qadimga Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar tuzishda hamda monumental kompozitsiyalar yaratishda asosiy hisoblangan. XVI asrga kelib hayvonot olami anatomiyasini buyuk musavvirlar Leonardo da Vinchi va A.Dyurerlar ishladilar. Keksa haykaltarosh va grafik musavvir V.A.Vatagin о‘zining asarlarida tо‘rt oyoqli dо‘stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi. Maishiy janr: tasviriy san’atda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik hayotini, turli voqealarni о‘zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari - Piter de Xox, Ostade, Sten, Terborx, Vermer kabilar ijodida namoyon bо‘ladi. Realist rassomlardan P.Fedotov, V.Perov, V.Maksimov, V.Makovskiy, K.Savitskiy, I.Repin kabilar maishiy janrning taraqqiyotiga katta hissa qо‘shdilar. О‘zbek rassomlaridan R.Axmedov, M.Saidov, Z.Inog‘omov, R.Choriyev, G‘.Abdurahmonovlar ham shu janrning yetuk vakillari hisoblanadilar. Mashg‘ulot rahbari о‘quvchilarga nazariy bilim berish jarayonida mazmuniy tо‘liq ochib berishi uchun jonli nutq orqali sо‘zlash bilan birga musavvirlar asarlaridan surat-lavhalar, adabiyotlar, kino va diafilmlar va slaydalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Badiiy adabiyot o‘quvchining hissiyoti va shuuriga kuchli ta’sir ko‘rasatadi. Asar qahramonlariga taqlid qilish yoki ulardan nafratlanish hissini uyg‘otadi. Hayotni obrazlar orqali aks ettirish jihatidan san’at turlari o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik, mushtaraklik mavjud bo‘lsa-da obraz yaratish jarayonida san’atning har bir turi uning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ifoda vositalaridan foydalaniladi. Adabiyot so‘z vositasida obraz yaratganligi sababli san’atning boshqa turlariga nisbatan hayotni va insonni mumkin qadar to‘laroq ifodalash imkoniga ega. Shuning uchun ham adabiyot inson ma’naviyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. uni boyitishi, go‘zallashtirishi, komillikka yetaklashi mumkin. Badiiy adabiyotda hayot voqealari, inson ruhiy kechinmalari, qarashlari, orzu-umidlari, o‘y-xayollari tasvirlanadi. San’atning boshqa turlari singari adabiyot ham hayot jumboqlaridan saboq beradi. Lekin bu obrazli fikrlashdir. Tabiiyki, bu jonlilik va ravshanlik, ta’sirdorlik va ommaviylik, noziklik va mukammallik san’atning har turida “o‘z tili” orqali ro‘yobga chiqadi. Adabiyotda til, kompozitsiya, ohang, retimlar vositasida badiiy obrazlar yaratiladi. Har bir badiiy asarning yaratilishida quyidagilar asosiy rol o‘ynaydi: 1. Hayot. 2. Uni mushohada va muhokama natijasida yozuvchi ongida tug‘ilgan fikr. 3. Shu fikr (g‘oya) ni ifoda etish uchun yozuvchi tomonidan yaratilgan asar. Bular hayot, uning voqealari taassurotlar orqali yozuvchining ongiga kirishi, aql ishtirokida ma’lum ma’no kasb etishi va tasavvurda pishib yetilib adabiyot asari sifatida namoyon bo‘lishini anglatadi. Demak badiiy asar hayotning yozuvchi ongidagi in’ikosi tariqasida maydonga keladi. Bu in’ikosning shakli xilma-xildir. Nasr (hikoya, afsona, rivoyat, qissa, roman) shaklida, nazm ko‘rinishida tasvirlanishidan tashqari satira va yumor ko‘rinishida, fel’eton, ochert kabi xillar va janrlar orqali in’ikos ettiriladi. Hayot adabiyoning mazmunini, ham shaklini tayin etadi. Badiiy ijod jarayoni hayotni o‘rganish, undan ma’lum xulosa va saboqlar chiqarish, hayotiy va jonli tushunchalardan dars olish, hayotni qayta qurish jarayonidir. Demak, hayot – adabiyot va san’atning tasvir ob’ektidir. Uning tasvir markazida inson, insonning hayoti hatti-harakatlari, his-tuyg‘ulari, kurashi, sevgisi, rashki, quvonchi va dard- alamlari turadi. Shunga ko‘ra, inson san’at va adabiyotning bosh predmetidir. V.Belinskiyning ta’kidlashicha, qadimgi hind poeziyasida tabiat ilohiylashtirilgan. Birinchi o‘rinda o‘simliklar, ilonlar, qushlar, hayvonlar ko‘rsatilgan. Odam esa tabiatga esa tobiy, yordamchi ikkinchi darajali kuch sifatida berilgan. San’at taraqqiyotining navbatdagi bosqichida – Qadimgi Misr, mifologiyasida bahaybat hayvonlar va xudolar obrazlari orasida inson qiyofasi ham ko‘rina boshlagan. Faqat qadimgi yunon san’atidan boshlab (Aristotel ham “Poetika” asarida guvohlik beradi) inson san’at asarining bosh predmeti bo‘lib xizmat qilgan. San’at ana shu vaqtdan boshlab Insonni o‘rganishga, uni kashf etishga bor kuch-qudratini sarflab kelmoqda. “Inson tasviri yo‘q joyda badiiy adabiyot yo‘q” hukmiga amal qilmoqda. Ma’lumki, insondan tashqari, uni o‘rab olgan tabiat jamiyat, hayvonot va o‘simliklar dunyosi ham tasvirlanadi. Ammo ular faqat bir hart bilan tasvirlanadilar, ya’ni ular inson xarakteri va ruhiy holatining u yoki bu qirrasini ochishga xizmat qilishlari lozim. Inson va uning ruhiyati tasviri bo‘lmasa, aytilgan narsalar bu tasvirni, insoniy xislatni ochmasa, uning adabiyotga daxli yo‘qdir. Adabiyotlar: Zunnunov A., Hotamov N., Ibrohimov A., Esonov J. Adabiyot o‘qitish metodikasi. -T.: “O‘qituvchi”, 1992. Yo‘ldoshev Q., Madayev O., Abdurazzoqov A. Adabiyot o‘qitish metodikasi. -T.: “Universitet”, 1994. Yo‘ldoshev Q. Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari. -T.: “O‘qituvchi”, 1996. Download 41.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling