Reja: Sanoat korxonalarida boshqaruvning iqtisodiy usuli
Download 39 Kb.
|
Sanoat korxonalari boshqarishning iqtisodiy usullari Reja-fayllar.org
Sanoat korxonalari boshqarishning iqtisodiy usullari Reja Sanoat korxonalari boshqarishning iqtisodiy usullari Reja: 1. Sanoat korxonalarida boshqaruvning iqtisodiy usuli. 2. Sanoat korxonalarida boshqaruvning tashkiliy farmoyish usuli. 3. Sanoat korxonalarida boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari. 1. Sanoat korxonalarida boshqaruvning iqtisodiy usuli Boshqaruv usullari bu bosharuv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maksadli yunaltirilgan ta’sir utkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chikarish kollektiviga kuyilgan maksadlarga erishish jarayonida uning faoliyati koordinastiyasini ta’minlashdir. Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chikarish katnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf kilib yukori natijalarga erishish maksadida ta’sir etiladi. Ishlab chikarish samaradorligi kup jixatdan boshqaruv usullari mukammalligi va tugri shakllanligi bilan uzviy bog`liqdir. Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muxim urinni egallab, boshqaruv konun va tamoyillari bilan uzviy bog`liqdir. Mehnat jamoasiga ta’sir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv ob’ektiv konunlari talablariga muvofik keluvchilarigina eng makbul va maksadga muvofik deb xisoblanadi. Buning moxiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub konunlar tizimi bilan uzviy bog`liqdir. Boshqaruv usullari tashki va ichki omillar ta’sirida uzgaradi. Tashki omillarga: tashki va ichki sharoit uzgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub isloxatlarni amalga oshirish, xalk xujaligining texnikaviy kurollanganlik darajasini boshqarish tizimida uzgarishlar (iqtisodiy isloxatlar, iqtisodiyotni boshqarishning tarmok tizimidan xududiy tizimiga utish va x.k.) kiradi. Ichki omillarga: jumlasiga yirik ishlab chikarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chikarish konstentrastiyasini amalga oshirish; korxona kattaligi uzgarishi natijasida uning bir guruxdan ikkinchisiga utkazilishi; ishlab chikarish ixtisoslashish darajasi uzgarishi; mehnatning texnika bilan ta’minlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab chikarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy kilish (tarmokli rejalashtirish va boshqarish; ishlab chikarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chikarishni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini kullash va x.k.) kiritish mumkin. Boshqaruv usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’sir etuvchi ishlab chikarish usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chikarish kuchlari usishi bilan uzgarib boradi. Iqtisodiyot muvaffakiyatli rivojlanishda boshqaruv usullarini tugri tanlash xam muxim axamiyatga ega. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orkali ta’sir kursatadi. Iqtisodiy usullarning moxiyati xodimlar va ishlab chikarish jamoasiga ular manfaati bulishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar etakchi urinni egalaydi. Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yigindisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliklar, ish xaki, iqtisodiy ragbatlantirish va x.k.), ya’ni xujalik faoliyatiga ta’sir etishning xar bir jamoa mos xujalik bugini bilan uzviy alokada amal kilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir. Bozor mexanizmining muxim vazifalaridan biri biznes reja va bozorning uzviy bog`liq bulishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari tugri nisbatini ta’minlashdir. Bozor - bu tovar-pul munosabatlarining doimo soklanuvchi balansidir. Bozor munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan kat’iy boshqaruv tizimi urnatiladi. Bozor tamoyillari xujalik raxbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari buyicha yukori natijalarga erishish maksadida kayishkoklik, tavakkalchilikni talab etadi. Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyrukbozlik tizimiga nisbatan karama-karshi tizim bulib, bozorda narx, solik, kredit vositasida tartibga solish eng avvalo ijtimoiy maksadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish xaki uzgarishni kat’iy tartibga solmay barkarorlikka erishib bulmaydi. Shunday kilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga eag bulib, ular moxirona va uz vaktida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va xukukiy usullar bilan kushib olib borilgan takdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Korxonalar, akstioner jamiyatlari, firmalarda muxim boshqaruv usullaridan biri - biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni kuzlab, xujalik amaliyotida ob’ektiv iqtisodiy konunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maksadga intilgan xolda boshqarishning uzaro uzviy bog`liq tizimidan iboratdir. Biznes-reja vositasida xal etiladigan asosiy vazifalar kuyidagilardan iborat: iqtisodiyot rivojlanishi yunalishlari va maksadlarni amalga oshirish yullarini kursatish, iqtisodiyotning barkaror, mutanosib usishini ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tarmoklar va ishlab chikarishlar urtasida taksimlash va kayta taksimlash, fan-texnika tarakkiyoti yutuklarini joriy etishni ta’minlash; tarmoklararo integrastiya, tarmok ichida ixtisoslashuv va sanoat kooperastiyasini chukurlashtirish; xujalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koordinastiya kilish. 2. Sanoat menejmentida boshkaruvning tashkiliy farmoyish usuli Xujalik tashkilotlarining ishlab chikarishni boshqarish buyicha faoliyati boshqaruvning turli tashkiliy-farmoyish usullarini kullash bilan bog`liqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni tuldirib, bozor iqtisodiyoti konunlari. Xukukiy aktlarni xisobga olish va bajarishga asoslanadi. Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma’muriy va tashkiliy jixatdan ta’sir utkazadi. Menejment tizimida tashkiliy usullar umumiy maksadga erishish uchun ishlab chikaruvchilarning xamkorlikdagi xarakati tartibga solinadigan ma’muriy xujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini kullash asosini boshqaruvning barcha tamoyilariga rioya kilish tashkil etadi. Nima sababdan boshqaruvning ma’muriy-farmoyish usullari ma’muriy shakllar bilan kushib olib boriladi. Bu kup xollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy xukukni kullash, ya’ni karor va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin, «boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli» tushunchasi «ma’muriy boshqaruv usuli» tushunchasidan bir muncha kengdir, chunki tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli kulamda va shaklda tashkiliy ta’sir etishni urganish masalalarini xam kamrab oladi. Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniklikni ta’minlaydilar, tashkiy tizim, boshqaruvning xar bir bugini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi, ishda tartib urnatadi, karor. Farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga kuyadi va x.k. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ularning ishlab chikaruvchilarga ta’sir etish manbaalari va yunalishlari buyicha turlarga ajratiladi. Bunga bog`liq xolda ta’sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch guruxga bulinadi: tashkiliy-barkarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom. Ta’sir etishning tashkiliy-barkarorlashtirishusullari asosiy maksadi xamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni, vazifa, majburiyat. Javobgarlik va vakolatlarni taksimlash, tartib urnatish va x.k. Ma’muriy ta’sirningtashkiliy shakllarining ikki tashkiliy reglamentlash va tashkiliy meyorlash turi mavjud. Tashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan tizimga ularning makbul nisbatini, tashkiliy tizimini va xar bir darajada boshqaruv chegaralarini aniklash maksadida ta’sir etadi. Tashkiliy reglamentlashga misol kilib lavozimlar xakida Nizomni kursatish mumkin. Tashkiliy meyorlash xujjatlari vositasida xom-ashyo, materiallar sarfini meyorlash, maxsulotlar ishlab chikarishga mehnat sarfi ishlab chikarish fondlaridan foydalanish texnikaviy va texnologik meyorlar (standartlar, meyorlar, kayta ishlov berish usuli, tartibi va x.k.) ishlab chikarishini tashkil etish meyorlari (makbul ishlanma kulami). Ta’sir etishning farmoyish usullaricheklovchi xujjatlarda kuzda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chikkan xolda kundalik jadal boshqarish maksadida kullaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maksadi boshqaruv apparatining anik xarakati, boshqaruvning barcha bulinma va xizmatlari barkaror ishlashini ta’minlab berishdan iborat. Ta’sir etishning farmoyish usullari buyruk, farmoyish, kursatma va boshka meyoriy xujjatlar asosida amalga oshiriladi. 3. Sanoat menejmentida boshkaruvning ijtimoiy-psixologik usullari Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chikaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy extiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini kullash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chukur urganish xodimlar nerv sistemasi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruxiy) omillarni bilishni talab etadi. Ishlab chikarish sharoitida sostiologiya kishilar ijtimoiy alokasi shakllanishining asosi bo’lgan mehnat omillarini urganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chikarish tizimi rivojlanishi va amal kilish konuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli katlamidagi xulk-atvori konuniyatlarini tadkik kiladi. ijtimoiy psixologiya gurux va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulkiga ta’siri, kishilar faoliyatini ragbatlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni urganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, kobiliyati, xissiyoti, xotirasi, anglash va xis etish kobiliyatini urganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, raxbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va kobiliyatlari, kadrlarni ukitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni tanlash va baxolash usullari, mehnat jarayonining psixologik jixatlari) faoliyatini urganadi. Kishilar fikrlash usulida uzgarish yuz berishi va ular madaniy xamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullar axamiyati xam ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning extiyoj va manfaatlari ma’naviy soxa tomon uzgarib boradi. Uz mehnatidan konikishning muxim omili bulib ishlab chikaruvchilarning raxbar bilan uzaro yaxshi munosabati ishlab chikarishdagi kulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat kiladi. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chikarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni (uzaro munosabat tizimi, ijtimoiy extiyojlar) kullashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruxlar va shaxslar maksadi va manfaatlarini aniklash va rostlash yuli bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uygunlashtirish maksadida kullaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, uzaro majburiyatlar, ishchilarni tanlash, taksimlash va ijtimoiy extiyojlarni kondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maksadida xam kullaniladi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada makbul psixologik xolat tashkil etish yuli bilan kishilar urtasidagi munosabatlarni tartibga solishga karatilgandir. Psixologik usullarga kichik gurux va jamoalarni tashkil etish, mehnatni insoniylashtirish, malakali kadrlar tanlash va ularni ukitish va x.k.lar kiradi. Kichik gurux va jamoalarni tashkil etish usulini kullash kichik guruxdagi ishchilar urtasidagi makbul mikdoriy-sifat nisbatini aniklash imkonini beradi. Mehnat faoliyatini insoniylashtirish deganda ranglar, musikaning ruxiy ta’siridan foydalanish, bir xil, uzgarmas mehnatni bartaraf etish, ijodiy yondashuvni kengaytirish tushuniladi. Kasbiy tanlashning moxiyati - kishilarning ruxiy xususiyatlari ular bajaruvchiishlariga eng mos buladigan kilib tanlashdan iborat. Shaxsning ruxiy xususiyatlari juslasiga uning kizikish va mayllari, kobiliyati, temperament va xarakteri kiradi. Shu sababli, raxbar shaxsga raxbarlik kilganda uz oldiga inson ruxiy xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishini urganishi, uning kiikish va kobiliyati, temperament va fe’lini bilish vazifasini kuyishi kerak. Shaxsning ruxiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib bulmaydi, chunki kishi kobiliyati va fe’li xususiyatlari uning faoliyati va xulkida namoyon buladi. Inson xayoti va ommaviy faoliyati uning ruxiy xolatini shakllantiradi. Insonning kanday xayot kechirishi, nima bilan shugulanishini bilmay vujudga kelganligi, u yoki bu narsaga kobiliyat rivojlanganligi, fe’li shakllanganligini anglab bulmaydi. Inson avvalo uzini ijodiy shaxs sifatida baxolaydi. Ishchi mehnatga bunday nuktai nazardan karashga darrov kelmaydi: moddiy extiyojlar birlamchi bulib, ular konikkandan sung nisbatan yuksak insoniy extiyojlar ilgari suriladi. Inson faoliyati ma’lum ragbatlantiruvchi omillarga asoslangan bulib, ma’lum maksadga erishishga karatilgandir. Ragbatlantiruvchi omil - maksad munosabati inson faoliyati uzagidir. Umumiy ma’noda ragbatlantiruvchi omil - bu insonni faoliyat yuritish uchun undovchi omil bulib, maksad esa inson uni amalga oshirish natijasida erishishni xoxlagan narsadir. Ragbatlantiruvchi omil kishi xulkining ichki kuchidir. Psixologiyada uzok va kiska ragbatlantiruvchi omil ajratiladi. Agar inson faoliyatini ragbatlantiruvchi omil va uz oldiga kuygan maksad yakin kelajakka muljallangan bulsa, u kiska muddatli, agar ular uzok istikbolni kamrab olsa uzok muddatli deyiladi. Ragbatlantiruvchi omil darajasi bilan insonning mehnatga, yutuk va muvaffakiyatsizlikka nisbatan bo’lgan munosabati uzviy bog`liqdir. Fakat uzok muddatli ragbatlantiruvchi omil mehnatga ijodiy munosabatda bulish manbaidir. http://fayllar.org Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling