Reja: Sanoat mulki tushunchasi va uning tarkibi


Ixtironing mazmuni, tushunchasi va tuzilishi


Download 34.81 Kb.
bet4/6
Sana01.05.2023
Hajmi34.81 Kb.
#1419293
1   2   3   4   5   6

2. Ixtironing mazmuni, tushunchasi va tuzilishi


O’zbekiston Respublikasining “Ixtirlar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida” Qonuniga (yangi tahriri 29.08.2002 y. da tasdiqlangan) muvofiq qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o’simliklar va hayvonlar turlari, avvaldan ma’lum bo’lgan qurilmalar, usullar, moddalarni yangi vazifada qo’llanilishi ixtirlar sifatida tan olinadi.
O’bekistonda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda ilmiy nazariyalar va matematik usullar, tashkiliy va boshqaruv usullari, shartli belgilar, ish jadvallari, qoidalar, aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari, elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar, binolar, inshootlar, hududlarning joylashishi loyihalari va sxemalari, estetik ehtiyojlarni qanoatlantirishga yo’nalitirilgan buyumlarning faqat tashqi ko’rinishiga taalluqli echimlar, integral mikrosxemalar topologiyalari, o’simliklar pavlari va hayvon zotlari, jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va ahloq prinsiplariga qarama-qarshi bo’lgan echimlar ixtiro deb tan olinmaydi.
Ixtiroga bo’lgan huquq patent bilan tasdiqlanadi. Patent egasiga ixtiroga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish mutlaq huquqi beriladi.
Ixtiro patentlanishi uchun yangi, sanoatda qo’llanila olishi va ixtirochilik darajasiga ega bo’lishi lozim (so’nggi talab taklif qilinayotgan texnik echim ushbu sohadagi mutaxassis uchun yaqqol ayon bo’lmasligi kerakligini anglatadi).
Patent tegishli patent bojlari to’langan hollarda davlat ekspertizasi o’tkazilganidan so’ng ijobiy qaror chiqarilganiga beriladi va Patent idorasiga patent berish uchun talabnoma topshirilgan sanadan boshlab yigirma yil davomida amal qiladi.
Ixtironing patentga layotqatlilik shartlari. Agar ixtiro sifatida ko’rsatilgan ob’ekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo’llash mumkin bo’lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo’lmasa, u yangi deb hisoblanadi.
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon bo’lmasa, u ixtirolik darajasiga ega bo’ladi.
Texnika taraqqiyoti jahonda ommaga oshkor bo’lgan har qanday ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Ixtironing yangiligini aniqlash chog’ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo’lgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Agar ixtirodan sanoat, qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo’lsa, u sanoatda qo’llash mumkin deb hisoblanadi.
Ixtiroga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran ko’pi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan bo’lsa, ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko’rsatadigan holat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo’ladi.
Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etiladi:

  • qurilmalar;

  • usullar;

  • moddalar;

  • mikroorganizmlarning shtammlari;

  • o’simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari;

  • ilgaridan ma’lum bo’lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadida qo’llanilishi.

Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi:

  • ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

  • tashkil etish va boshqarish usullari;

  • shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

  • aqliy operatsiyalarni bajarish qoidlari va usullari;

  • elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

  • binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari; - estetika talablarini qanoatlantirishga yo’naltirilgan, buyumlarning faqat tashqi ko’rinishiga oid echimlar;

  • integral mikrosxemalarning topologiyalari;

  • o’simlik navlari va hayvon zotlari;

  • jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar.

Qonunnning 6-moddasiga muvofiq agar ixtiro sifatida ko’rsatilgan ob’ekt yangi, ixtirlik darajasiga ega va uni sanoatda qo’llash mumkin bo’lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo’lmasa, u yangi deb hisoblanadi.Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqolayon bo’lmasa, ixtirolik darajasiga ega bo’ladi.Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo’lgan har qanday ma’lumotlarni o’zi ichiga oladi.Agar ixtiro sanoat, qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash va boshqa sohalarda foydalanish mumkin bo’lsa, sanoatda qo’llash mumkin deb hisoblanadi.Qonunning 6-moddaasi sakkizinchi qismiga muvofiq qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o’simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari, ilgaridan ma’lum bo’lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qo’llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi.

    1. Ixtiro turi – “qurilma”

ixtiro turi sifatida qurilmalarga konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki ularning funksional konstruktiv birlikda bo’lgan majmuidan iborat buyumlar kiradi.
Qurilmalarga mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, instrumentlar, mahkamlovchi buyumlar, mashina detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari va boshqalar kiradi.

    1. Ixtiro turi – “usul”

ixtiro turi sifatida usullarga moddiy ob’ekt (qurilma, muhit, elektr zaryadi, magnit maydoni va boshqalar) ustida moddiy vositalar yordamida o’zaro bog’liq harakatlarni bajarish jarayonlari kiradi.
v) Ixtiro turi – “modda” Ixtiro turi sifatida moddalarga:

  • kimyoviy birikmalar, bularga shartli ravishda yuqori molekulyar birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari bo’lgan rekominant nuklein kislotalar, vektorlar kiritilgan;

  • kompozitsiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar); - yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi.

g) Ixtiro turi – “mikroorganizm shtammi, o’simliklar va hayvonlar
hujayralarining turlari (liniyalari)”
Mikroorganizm shtammlari, o’simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalar)ga:

  • bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mikro suv o’tlari, mikroskopik zambo’rug’lar va boshqalarning shtammlari;

  • mikroorganizmlar, o’simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari) konsorsiumlari;

  • xususan mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvonlarning plazmidlari, vektorlari, barqaror transformasiyalangan hujayralari, transgen o’simliklar va hayvonlarga doir bo’lgan genetik konstruksiyalar kiradi.

d) Ixtiro turi – “avvaldan ma’lum bo’lgan qurilma, usul, modda, shtammni
yangi maqsadda qo’llanilishi”
Ixtiro turi sifatida avvaldan ma’lum bo’lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo’llanilishiga ularning o’zgacha maqsadga muvofiq ishlatilishi kiradi.Avvaldan ma’lum bo’lgan (tabiiy va sun’iy yo’l bilan olingan) moddalarni ijtimoiy iste’molni qanoatlantirish uchun birinchi marta ishlatilishi yangi maqsadda ishlatishga tenglashtiriladi.
Quyidagilar:

  • ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

  • tashkil etish va boshqarish usullari;

  • shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

  • aqliy operatsiyalarni bajarish qoidlari va usullari;

  • elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

  • binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari;

  • estetika talablarini qanoatlantirishga yo’naltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi ko’rinishiga oid echimlar;

  • integral mikrosxemalarning topologiyalari;

  • o’simlik navlari va hayvon zotlari;

  • jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar ixtirolar deb tan olinmaydi.Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta ixtiroga yoki yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan o’zviy bog’langan ixtirolar guruhiga taalluqli bo’lishi kerak. Agar ixtiro formulasida bitta ixtiro tavsiflangan bo’lsa;

  • ixtiro formulasida bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va boshqalar), bir xil maqsadda foydalanishga mo’ljallangan, prinsipial aynan bir xil yo’l (variantlari) bilan aynan bir xil texnika natijasini olishni ta’minlaydigan ob’ektlarga taalluqli ixtirolar guruhi tavsiflangan bo’lsa;

  • biri ikkinchisini olish (tayyorlash) uchung mo’ljallangan bo’lsa (masalan, qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani butunlay yoki ularning bir qismini olish usuli);

  • biri ikkinchisini amalga oshirish uchun mo’ljallangan bo’lsa (masalan, usul va usulni butunlay yoki uning amallaridan birini oshirish uchun qurilma);

  • biri ikkinchisidan (ikkinchisida) foydalanish uchun mo’ljallangan bo’lsa (masalan, usulda foydalanish uchun mo’ljallangan uchul va qurilma; usu lyoki qurilma va uning bir qismi; qurilma yoki moddani ulardan yangi maqsadda foydalanish uchun qo’llash va ushbu maqsadga muvofiq ulardan foydalanish usuli; qurilma yoki moddadan yangi maqsadda foydalanish va tarkibiy qismi bo’lgan qurilma yoki kompozitsiya) ixtiro birligi talabiga rioya qilingan deb hisoblanadi. 3. Foydali modellar mazmuni, tushunchasi va ko’rinish hollari

Foydali model qonunga asosan, qurilmalarning konstruktiv bajarilishiga tushuniladi. Agar, foydali model haqiqatan ham yangi bo’lsa, unga qonunga asosan huquqiy himoya patent ko’rinishida Patnent idorasi tomonidan besh yil muddatga beriladi.Foydali modelning patentga layoqatlilik shartlari “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 7-moddasida keltirilgan. Jumladan, shunday deyilgan: Agar foydali model sifatida ko’rsatilgan ob’ekt yangi bo’lsa va uni sanoatda qo’llash mumkin bo’lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.Agar foydali modelning muhim belgilari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo’lmasa, u yangi deb hisoblanadi.Texnika taraqqiyoti darajasi talabnomada ko’rsatilgan foydali model amalga oshirishi mumkin bo’lgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi O’zbekiston Respublikasida hamma foydalana oladigan barcha ma’lumotlarni, shuningdek ularni qo’llashga doir ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.Foydali model, agar undan amalda foydalanish mumkin bo’lsa, sanoatda qo’llash mumkin deb hisoblanadi.Foydali modelga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar foydali modelga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran ko’pi bilan olti oy ichida Patent idorasiga topshirilgan bo’lsa, foydali modelning patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko’rsatadigan holat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo’ladi. Qurilmaning konstruktiv yo’l bilan bajarilishi foydali modellarga taalluqlidir. Ushbu Qonun 6-moddasining to’qqizinchi qismida ko’rsatilgan ob’ektlar foydali modellar sifatida muhofaza qilinmaydi.

Download 34.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling