Reja sanoat transportining turlari va ularning tavsifi


Sanoat transportining har xil turlaridan ratsional


Download 36.84 Kb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi36.84 Kb.
#1375058
1   2   3   4
Bog'liq
7.1.- mavzu.

2. Sanoat transportining har xil turlaridan ratsional
foydalanish sohalari
Sanoat transportining u yoki bu turining qo‘llanilish soxasi avvalambor yuklarning nomenklaturasi, yuk oqimlarining quvvati va tashishlarning uzoqligi bilan belgilanadi. Masalan, ko‘mir, temir rudali konsentrat, qum, щeben, qum-graviy aralashmasi va boshqa ommaviy uyib tashiladigan yuklar sanoat transportining amalda har qanday turi bilan tashilishi mumkin; xom ruda, aglomerat, saralanadigan mayda ruda — konveyerli, osma-kanatli transport va qisman pnevmotransport bilan tashiladi.
Ba’zi bir tarmoqlarning, ayniqsa qora metallurgiya va ko‘mir sanoatining sanoat transporti shoxchalangan kirish-chiqish temir yo‘l tarmoqlariga, ixtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkibga (koks tashiydigan xopperlar, dumpkarlar, yirik o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklar uchun katta yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan platformalar va boshqalar), qayta yuklash va ombor ishlarini majmuaviy mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish qurilmalariga ega, ular tashishlar tannarxining pasayishiga va mehnat unumdorligining ortishiga ko‘maklashadi, shuningdek halqa marshrutlarni shakllantirish imkonini beradi.
Nisbatan unchalik katta bo‘lmagan tashishlar hajmiga ega bo‘lgan avtomobil transportidan (yiliga 20—25 mln t) kar’erlarda asosiy transport sifatida, hajmlar katta bo‘lganda esa — boshqa transport turlari bilan kombinsiyalangan holda, ya’ni aralash bog‘lanishlarda foydalaniladi. Noruda foydali qazilmalar, rangli metallar va kon-kimyo xomashyo yuklarini kar’erlardan tashishda avtomobil trnsportining ulushi 85—90% ni; qora metallurgiyada kon massasini tashishda — taxminan 40% ni tashkil qiladi.
Kar’erlarda trolleyvoz qo‘llaniladi. Uning tezligi 10-12 km/soatni tashkil qiladi.
Gidravlik transport suvli aralashmalar ko‘rinishidagi yuklarni tashiydi, bu o‘z navbatida yukni jo‘natishda yukning katta bo‘laklarini maydalashni va qabul qilib oluvchida undan suvni chiqarib yuborishni talab qiladi. YUklarni suvsizlantirish jarayoni maxsus asbob-uskunalarda bajariladi, bu tashish tizimini bir qadar murakkablashtiradi.
Gidravlik transport bir nechta korxonalarni bevosita bog‘lash uchun keng qo‘llaniladi. Quvur tarmoqli sanoat transportidan ko‘pgina tarmoqlarda suyuq yuklarni (spirt, sut, neft hosilalari va boshqalar) tashish uchun keng foydalaniladi.
Osma-kanatli yo‘llar tashishlar hajmi yiliga 2 mln tonna bo‘lganda yuklarni murakkab rel’efli o‘rin-joylarda 20-30 km masofaga tashish uchun qo‘llaniladi. Ular shuningdek ishlab chiqarish hududlari ajralgan holda joylashgan bo‘lganda, masalan umum foydalanadigan yo‘lning qatnov qismi bilan ajratilgan bo‘lganda qo‘llaniladi. Kanatli yo‘llardan konlarda, qurilish materiallari ishlab chiqarishda, to‘qimachilik sanoati va boshqa tarmoqlarda keng foydalaniladi.
Suv transporti turlari daryolar, ko‘llar, dengizlarning yoqasida joylashgan ishlab chiqarish sanoatida, xususan, qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo‘llaniladi.
Havo sanoat transporti avvalambor vertoletlar bilan taqdim qilingan va asosan tashqi transport sifatida, xususan, ularning asosi – yig‘ish konveyeri bo‘lgan ishlab chiqarishlarni ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Masalan, Voljsk avtomo­bil zavodi ishga tushgan dastlabki yillari ta’minot bo‘limi bir nechta vertoletlardan foydalangan, chunki ishlab chiqarish konveyerining ishlashi 60 ta etkazib beruvchi korxonalar bilan, jumladan xorijiy korxonalar bilan bog‘liq bo‘lgan.


Download 36.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling