Reja: Sapiens Noah Xarrari va mening talqinimda


Oʻzi aslida nima xohlayotganini bilmaydigan norozi va qanoatsiz xudodan ham dahshatliroq narsa bormi?


Download 20.07 Kb.
bet2/8
Sana24.12.2022
Hajmi20.07 Kb.
#1062509
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sapiens Akobir Bòronv

Oʻzi aslida nima xohlayotganini bilmaydigan norozi va qanoatsiz xudodan ham dahshatliroq narsa bormi?
Men bejizga kitob yakunidagi ushbu jumlalar bilan bu inshoni boshlamoqchi emasman. Ha Biz juda uzun va ko'p vaqt talab etadigan evolutsiyani bosib òtdik va bunda òzimiz bilgan va bilmagan holda atrofimizdagi boshqa mavjudot,tugul ona tabiatimizga ham katta ziyon yetkizdik. Inson faoliyati davomida Xudo bergan tabiatni ne kòyga solgani va òtmishdan hozirgi kunga qadar qancha qirģin barot urushlar natijasida òzini ham qirib yuborgan Inson qanday Xudo bòlishi mumkin degan savol menda ham Asar muallifi Xararida ham bir xil.. Borliqqa etibor beradigan bòlsak Hamma narsa xoh Òt o'simlik bo'lsin,xoh hayvon hammasining tuzilishida ikkta asosiy jihat ko'zga tashlanadi birinchisi shakl, ikkinchisi -kod.Shakllar misol uchun Qulupnay mevasining shakli yo boshqa marsalar o'z o'zidan vujudga kelishi mumkin ammo kod yaratiladi.Xuddi Kompyuterdagi Dasturlarga o'xshab. Sizga Savol Insonda Kodlar mavjudmi?Insonning shaklii evolutsion o'zgarishlar natijasida bugungi holatga kelgan. Ammo undagi kodlar o'zgarganmi yoki unga kodni kim bergan? Agar siz kod deb DNK yoki RNKlarni nazarda tutyotgan bo'lsangiz.Demak Inson ham yaratilgan...
Ushbu kitob asosiy 4 qisimdan yani 4ta katta bobdan tashkil topgan va har bir bobda Sapiensning Qadimgi davrdan bugungi kungacha qanday bosqichlarni bosib o'tganligi haqida malumotlar berilgan. Birinchi bosqich "Kognitiv yani Aqliy inqilob", unda Homo sapiens va undan oldingi turlarning kelib chiqishi va ularning qiriilib ketishi ularga Sapiensning qanday tasir etgani va boshqalar haqida malumot keltiriiladi.Ikkinchi bosqich "Agrar Inqilob"deb nomlanib Sapienslarning dehqonchilikga òtishi va xonakillashib,dunyo ozuqa zanjirini vujudga keltirgani va Dunyo bo'ylab qadimda o'zlari yetishtirgan mahsulotlar dunyo bo'ylab bugungi kunga yetib kelganligi.Ilk agrar davlatlarning vujudga kelishi va Insonlarning integratsiya masalalari ochib beriladi.Uchinchi bosqich, Insoniyatning birlashish jarayoni nimani asosida yuz berganligi, Pul munosabatlari,kapitalizm davlatlari, Qonunlar, muvaffaqiyatning siriga insonlar qanday yetishganligi va shu kabi ma'lumotlar beriladi.To'rtinchi bosqich, Insoniyatning ilmiy inqilobni amalga oshirgani, ilm va kuch ittifoqi,sanoat mexanizmlari, insoniyatning maksimal ravishda dunyoni anglay boshlashi va uni o'zgartirishi haqda xullosalar kelajak haqida bashoratlari beriladi...
Sapiensgacha bo'lgan davrdagi insoniyat .Ushbu rejani Insoniyat deb nomladim negaki insoniyatni hayvonot dunyosidan kelib chiqani va Maymunlar bizning qarindosh-urug'imiz bòladi degan fikrdan yiroqman. Ammo bu Fikrimni Muallif maqullamagan bo'lardi, Negaki Yuval Noh Xarari bu asarida Insoniyat yaratilganda ular maymunlarning avlodi ekanligi hamda evolutsion rivojlanish ularni tanasida miyasidagi o'zgarishlar natijasida bugungi holatga kelgan deb takidlaydi va quydagi fikrni ilgari suradi: Homo sapiens ham oilaga mansub. Tarixning ushbu oddiy fakti sir saqlanib kelindi. Homo sapiens uzoq muddat davomida oʻzini hayvonot olamiga tegishli boʻlmagan jonzot sifatida koʻrishni afzal bildi, oʻzini goʻyoki oilasidan ayrilgan, aka-ukasiz yoki amakivachchalarsiz va eng asosiysi ota- onasiz yetim bola sifatida tutdi. Ammo bu yanglish fikr. Sizga bu yoqadimi yoʻqmi, bizlar dumsiz yirik maymunlar (the great apes) deb nomlanuvchi sershovqin va katta bir oila aʼzosimiz. Bizning yaqin qarindoshlarimiz shimpanzelar, gorillalar va orangutanlardir. Shulardan eng yaqini shipmanzelardir. Bor-yoʻgʻi 6 million yil oldin, dumsiz yirik maymunlar oilasiga mansub bir urgʻochi maymunning ikkita qizi boʻlgan. Oʻshalardan biridan shimpanzelar, ikkinchisidan odamlar tarqagan. Tasavvur qilyabsizmi ? Sizning amakingiz yoki opaningiz maymun bo'lishini? To'g'ri maymun bilan insonning shakl jihatdan yoki boshqa tomondan ko'rinishimi o'xshash bo'lishi mumkin.Ammo bu o'xshashlik ularnining ikkalasi ham bir turga mansub bo'lgan degan g'oyani ilgari surish kerak degani emas..Bugun Insoniyat ham mavjud Xarari aytayotgan Shimpanzedan tortib Orangutangacha mavjud.Lekin nega aynan Inson Svilizatsiyalar yaratdi, nega aynan inson Bugun Maymunlarning miyasiga chip o'rnatib ularni boshqaryabdi..Agar Ota Bobomiz Maymunlar bo'lganida Ularni qadriyatlariga amal qilib bugun biz ham Savvanalarda daraxtlarda yashasak bo'lar edi nega Yashamayabmiz.

Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling