Reja: Sapiens Noah Xarrari va mening talqinimda


Download 20.07 Kb.
bet7/8
Sana24.12.2022
Hajmi20.07 Kb.
#1062509
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sapiens Akobir Bòronv

Xullosa:
Tarixni o'rganish va bilish juda ko'pchilik uchun qiziqarli hamda muhim. Ayniqsa, insoniyatning tarixi asrlar silsilasida qanday rivoj topgani haqida izlanishlar mudom davom etmoqda. Shu turdagi asarlar orasida inqilob yasay olgan kitoblardan biri Yuval Nuh Hararining "Homo sapiens: Insoniyatning qisqacha tarixi" asaridir. U o'z kitobida Homo sapiens ( Aqlli odam) ni qanday qilib Yer sayyorasining kuchsiz vakilidan, yerdagi dominant vakil bo'lishganini o'z fikrlari va dalillar yordamida izohlab beradi. Insoniyat uchun universal tushunchalar hisoblangan din, hokimyat va pul tarixlarini o'ziga xos empirikal va taxminiy tadqiqotlar yordamida tushuntiradi. Asar biz o'rganib, o'qib kelgan tarixdan shu qadar keskin farq qiladiki, natijada kitobxon kognitiv dissonansga duch kelishi tabiiy.
Kitobda nafaqat insoniyatning tarixi balki uning kelajagi haqida ham o'z qarashlarini keltirib o'tgan. Yuzlab asrlar davomida har doim urush, ochlik, o'lat havfida yashab o'tgan insoniyat XXI asrga kelib bu ofatlarni deyarli qo'lga oldi. Ochlikdan o'layotganlar soni, semizlikdan hayotdan ko'z yumayotganlar sonidan kam. Qayerdagi ochlik kuzatilayotgan bo'lsa, bu tabiiy emas, siyosiy asosga borib taqaladi. Harbiy harakatlarda halok bo'lganlar soni ( qotillik va terrorchilar hujumi ham shuni ichida) o'z joniga qasd qilganlar sonidan kam. Zamonaviy dunyoda o'qdan ko'ra shakardan o'lish havfi yuqori. Asrlar davomida kurashib kelingan muammolar chekingandan keyin, insonlar nima bilan mashg'ul bo'ladi kabi tasavvuriy dillemaga ham o'z fikrlarini keltirib o'tadi.
Kitob global shuhrat qozongan, u haqida Bill Geyts shunday deydi: "Bu kitobni insoniyat tarixi va kelajagiga qiziqqan barchaga tavsiya qilgan bo'lardim..Kitob ilmiy jihatdan yuksak xususiyatga ega ammo undagi ko'p narsalar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Misol uchun: Homo Sapienslar 2050-yillarga kelib o'zlaridan oldingi tur Homo neandertalusni hayotga qaytarishi mumkinligi haqida aytiladi. Bir narsa qiziqda. Masalan 30 yil oldin kelajak haqida fikr yuritilganda hech kim epidemiya haqida gapirmagan. Iqtisodiy inqiroz, iqlim o'zgarishi, aholi soni ortishi kabi muammolar bashorat qilingan-u ammo bu muammolar har qachon global bo'lgan. Uzoqqa bormaylik mana shu 2011-yilda yozilgan kitobda ham virusni v harfi yozilmagan. Endi tasavvur qiling biz hozir qo'rqayotgan narsalar deylik Homo Neandertalus yoki sun'iy onga ega robotlar qo'rqishimizga arzimas. Balki bizni hayollarimiz bir burchagiga ham kirmagan daxshat kutayotgandir... Balki u daxshatning oldida sun'iy onglar hech narsa bo'lib qolar... Ahir pandemiya va virus 10 yil ilgarigi Homo Sapiensning tushiga ham kirmagan... Vaholanki kelajakni hech kim aytib bera olmaydi.......



Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling