Reja: Sezgi psixik jarayon sifatida. Sezgining psixofiziologik asoslari


Idrokning fiziologik asoslari. Idrok turlari. Idrokning asosiy sifatlari


Download 0.61 Mb.
bet8/10
Sana19.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1362219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sezgi, Idrok

Idrokning fiziologik asoslari. Idrok turlari. Idrokning asosiy sifatlari.
Idrok -sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning kishi ongida butunligicha aks ettirilishi idrok deyiladi. Idrokning sezgidan farqi, narsalarni umumlashgan holda, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir. Idrokning muhim xususiyatlari uning predmetliligi, yaxlitligi, strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir. Idrok psixologiya fanida “persepiya” (lotincha, qayd etish) ma’nosini bildirib, uning sodda turi persepsiya, tajribaga o‘tgan qismi, “appersepsiya” deyiladi. Idrok tug‘mami yoki o‘zlashtirilganmi?”-degan savol ahamiyatlidir. Har ikkalasiga ham (tug‘ma hamda o‘zlashtirilgan) deb javob bera olamiz. Idrok his-tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar orqali boyitib boriladi. Shu sababli ham bizga turli darajadagi tahlil natijalari zarur bo’ladi. „Oddiy” tushunchalar bu inson miyasining yaratuvchilik mahsulidir. Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta’minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilarning oddiygina, mexanik tarzdagi birlashuvi, degan fikrga mutlaq qarshilar.Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo‘lib, unda shaxsning u yoki bu obyektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi asosiy rol o‘ynaydi. Agar talaba biror fan predmetidan qarzdor bo‘lib qolsa, och qoringa yegan shirin taomi ham «tatimaydi»,hatto nima yeganini ham unutib qo‘yadi. Yomon kayfiyat ko‘proq qora, nursiz ranglarni idrok qilishga moyil bo‘lsa, yaxshi, ko‘tarinki kayfiyat, aksincha, hamma narsani eng yoqimli ranglarda «ko‘radi». Bu yana bir bor idrokning oddiygina aks ettirish yoki bilish jarayoni emas, balki shaxsdagi faol ustanovkalarga bog‘liq bo‘lgan, mantiqan asoslangan ongli jarayon ekanligini isbotlaydi. O‘qituvchi tomonidan biror maqsadni ko‘zlagan holda o’quvchilar faoliyatiga rahbarlik qilish jarayonida o’quvchilar-ning idroki rivojlanadi. Shuning uchun darsda, ekskursiyada idrok va kuzatishning to‘g‘ri uyushtirilishi katta ahamiyatga ega.Ta’lim jarayonida kuzatishlarni aktivlashtirish uchun o’quvchining kuzatilgan va idrok qilingan narsalarni keyin gapirib berishi lozimligi to‘g‘risida ogohlantirishning ahamiyati kattadir.Agar o’quvchi nimani kuzatganligi va idrok qilganligi haqida keyinchalik hisob berishi lozimligini oldindan bilsa, u kuzatish va idrok qilish jarayonida ancha faol bo‘ladi.Darsda o’quvchilar bilimlari avalo o’qituvchining og‘zaki tushuntirishlarini idrok qilish orqali o‘zlashtiradilar. So‘zlar yordamida tushuntirilgan materialning idrok qilinishi ko‘p jihatdan ituvchi nutqining xususiyatlariga bog‘liq.Materialni muvaffaqiyatli idrok qilishning yana bir muhim sharti ko‘rgazmali qurollardan foydalanishdir.Idrokning xususiyatlari va shakllari. Idrokni klassifikatsiya qilinishida ham sezgilardagi kabi idrok etishda ishtirok etuvchi analizatorlardagi mavjud farqlarga asoslanadi. Idrok etishda qaysi analizator ustunroq kelishiga muvofiq ko‘rish-eshitish, paypaslab ko‘rish, kinestezik, hidlash va ta’m bilish yo‘li bilan idrok qilinishi farqlanadi.
Idrok qilish jarayoni odatda o‘zaro birgalikda bir qancha analizatorlar vositasida sodir bo‘ladi. Harakat sezgilari u yoki bu darajada idrokning barcha turlarida ishtirok etadi. Idrokning predmetliligi - obyektivlashtirish hodisasi, ya’ni tashqi olamdan olinadigan axborotlarning o‘sha narsaga mansubligida ifoda qilinadi va xatti-harakatni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi.Biz narsalarni ularning ko‘rinishiga qarab emas, balki ularni amaliyotda qay tarzda ishlatishimizga muvofiq holda yoki ularning asosiy xususiyatlariga qarab baholaymiz. Idrokning yana bir xususiyati, uning yaxlitliligidir. Sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsa-ning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsa-ning yaxlit obrazi hisoblanadi. Yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlami umumlashtirish negizida tarkib topadi. Idrokning yaxlitliligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan obyektlarning o‘ziga xos xususiyatlaridir va ikkinchi tomondan insonning konkret faoliyatida gavdalanadi, ya’ni analizatorlarning reflektor faoliyati natijasidir. Idrokning doimiyligi, konstantligi narsani idrok qilish sharoitlari o‘zgarishiga qaramay, narsaga xos bo‘lgan kattalik, shakl, rang va boshqa xususiyatlarning idrokimizga nisbatan bir xilda aks etishidir. Masalan, yoritish darajasi o‘zgarishiga qaramay, biz qora, ko‘mirni qora narsa sifatida idrok qilaveramiz. Qizil chiroq ostida kitob sahifasi qizil bo‘lib ko‘rinsa ham uni oq deb, samolyotdan qaraganda yerdagi odamlar va narsalar kichkina bo’lib ko‘rinsa ham ularni odatdagiday kattalikda deb idrok qilaveramiz. Kitob qanday ko‘rinsa ham, uni to‘rtburchak deb, stakandagi qoshiq siniq ko‘rinsa ham, uni butun deb idrok qilamiz.Narsalarning shakli, katta kichikligi, rangini doimo bir xilda idrok qilish amaliy jihatdan nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Idrokning konstantliligi tevarak-atrofdagi narsalarni aslida qanday bo‘lsa shundayligicha obyektiv ravishda bilishga imkon beradi. Idrok yaxlitliligi va konstantliligi kishining o‘tmish tajribasiga bog‘liq bo‘lib, bu xususiyat appersepsiya deyiladi. Shunday qilib, idrok subyektning bundan oldingi tajribasiga bog‘liq bo‘ladi. Kishining tajribasi, uning bilimlari qanchalik boy bo‘lsa, uning idroki shunchalik to‘liq bo‘ladi, buyumda u shunchalik ko‘p narsalarni ko‘ra oladi. Chuqurlikni idrok qilish. Biz qanday qilib dunyoni 3 D o‘lchovda ko‘ra olamiz? Predmetning obrazini ko‘z oldimizda ikkita o‘lchovda keltirish biroz qiyin, biroq 3 D o‘lchovda ko‘rish nisbatan oson bo'ladi.Chuqurlikni idrok qilish biron-bir obyektni 3 D o‘lchovda idrok qilish demakdir. Bu bizga baholash va hisoblash imkoniyatini, bizgacha bo’lgan masofani o‘lchash imkoniyatini beradi. Demak, chuqurlikni idrok qilish bu biror-bir obyektni 3 D o‘lchovda ko‘rish demakdir.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling