Reja: Sezgi psixik jarayon sifatida. Sezgining psixofiziologik asoslari


Download 0.61 Mb.
bet9/10
Sana19.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1362219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sezgi, Idrok

Harakat va vaqtni idrok etish. Odamning yo‘nalish harakati biz qilayotgan harakatga aloqador bo‘ladi. Biz harakat qilgan paytimiz harakatsiz bo‘lgan obyektlar ham harakatlanayotgandek bo‘ladi. Masalan, avtobusda ketayotgan paytimiz uylar ham harakatlanayotganday bo’ladi. Yoki biz old tarafga harakatlanayotgan bo‘lsak oldimizdagi obyektlar bizdan uzoqlashib borayotganday harakatlanadi. Biz harakatni qanday idrok qilamiz? Harakatni idrok qilinishi-obyektlaring fazoda egallagan holati o‘zgarishini aks ettirishdir. Harakatni idrok etilishi hayotiy muhim ahamiyatga ega.Faraz qiling, siz dunyoning rangini, tuzilishi va chuqurligini idrok qilyapsizu, ammo uning harakatini idrok qila olmayapsiz. Sizda nafaqat velosiped haydashda, mashina haydashda qolaversa, yozish va yurishda ham muammo bo‘ladi. Siz muayyan obyektlarni katta va kichikligiga qarab hisob-kitob qilasiz, ammo siz harakatlarni idrok qilishda muammolarga duch kelasiz. Katta obyektlar, misol uchun poyezd kichikroq obyektga nisbatan sekin harakat qiladi. Aksincha, mashinalar esa bir xil tezlikda harakatlanadi (balki aeroportda siz tez uchar katta samolyotni kichikroq samolyotga nisbatan sekinroq qo‘nayotganini kuzatgandirsiz). Uchib kelayotgan yumshoq to‘pni ilib olish uchun kriket o‘yinchilari to‘p yo‘liga chiqib ilib olish harakatida bo‘lishadi. Bu vazifani bajarish uchun ular kutilmagan qoidalarga ham bo‘ysunishadi. Bu jarayonni tushuntirish va izohlash biroz mushkul, ammo bu jarayonni his qilish mumkin.Shuningdek, miya davomli va harakatli tasavvurlarni ham idrok etadi. Hayvonlar uchun harakat qiluvchi obyektlar xavf-xatar yoki oziqlanish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida signal vazifasini o‘taydi va shunga javob berishga undaydi. (Masalan, baqa faqat harakatlanadigan hasharotlargina yeydi, ba’zi baliqlar ma’lum harakatlardan - to‘lqindan qochadi, hurkiydi va hokazo) Harakatni idrok etishda ko‘rish va eshitish, kinestezik analizatorlar asosiy rol o‘ynaydi. Tezlik, tezlanish, harakat yo‘nalishi harakatdagi obyektning peremetri hisoblanadi. Harakatlanayotgan obyektning harakatsizligi, agar muayyan vaqt, vaziyat birligini ko‘z bilan idrok qilish mumkin bo‘lmasa, harakatni o‘tgan vaqt birligida idrok qilamiz, lekin bu harakat natijasini idrok etish bo‘ladi. (Soat millari siljishini bevosita kuzatib idrok qila olmasak ham bir necha vaqtdan keyin uning siljiganligini vaqt birligida idrok qilamiz.) Vaqtni idrok qilish.Vaqtni idrok qilinishi voqelik hodisalaming obyektiv ravishda doimiyligini, tezligi va izchilligini aks ettirish demakdir.Vaqtni idrok qilish kishiga muhitdan mo‘ljal olish imkonini beradi. Odamda vaqtni chamalash miya qobig‘i bo‘lmalarida ro‘y beradi. Miya qobig‘ining ma’lum bir joyida vaqtni chamalash ro‘y beradi,vaqtni sarhisob qilishning maxsus markazi mavjud degan taxmin asossizdir. Vaqtni idrok etilishi negizini qo‘zg‘alish va tormozlanishning ritmik tarzda almashinuvi, markaziy nerv sistemasida, bosh miya yarimsharlarida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari susayishining oqibati deb hisoblash mumkin. Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar ayniqsa, eshitish va kinestezik sezgilar ishtirok etadi. Makon va vaqt oraliqlari vaqtni idrok etishda juda muhimdir. (Quyosh holati va vaqt, turli tovushlar: xo‘rozning qichqirishi, azon tovushi, bir xil vaqtda chalinadigan gudok, ma’ium jadval bo‘yicha qatnaydigan poyezdning o‘tishi yoki kechqurun ayrim qushlaming to‘planib o‘tishi, sayrashi va boshqalar eshitish sezgilari ta’sir qiladigan qo‘zg‘atuvchining vaqtga oid xususiyatlarini: uning davomiyligini, ritmik xususiyatlarini va shu kabilarni aks ettiradi.)Vaqt doimiyligini idrok etish ko‘p jihatdan ichki kechinmalarga, hissiyotga ham bog‘liq. Qiziqarli va chuqur asoslangan faoliyat bilan band bo’lishdagi vaqt juda qisqa, zerikarli va mazmunsiz faoliyatda vaqt o‘tishi qiyin, uzoq deb idrok qilinishi mumkin.
Idrok buzilishlari idrok jarayonining navbatdagi yana bir o‘ziga xos xususiyati idrok qilishda ba’zan yuz beradigan illuziya hodisasidir. Odatda ikki xil illuziya farqlanadi: a) obyektiv illuziya; b) subyektiv illuziya. Obyektiv illuziya - hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo‘lib, uni geometrik illuziya deb ham yuritiladi. Obyektiv illuziya biz idrok qilayotgan narsalarning o‘zaro bir-biriga ta’siri tufayli yuz beradi. Illuziyaning bu turi har xil geometrik shakllami idrok qilishda juda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo‘lgan ikkita gorizontal to‘g‘ri chiziq chizilsa, bu chiziqlarning o’quchlarida tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo‘lib ko‘rinadi. Idrok jarayonida yuz beradigan illuziyaning bu turiga juda ko‘plab misol keltirish mumkin. Masalan, baravar kattalikka ega bo‘lgan uchta ketma-ket turgan to‘g‘ri burchakli ustunchalarni chizib, ularning atrofiga uzoqlashtiruvchi chiziqlarni chizsak, bu uchta ketma-ket turgan ustunchalar har xil kattalikda bo‘lib ko‘rina boshlaydi. Bu yerda uzoqlashti-ruvchi chiziqlarning ta’sirida illuziya hosil bo‘ladi. Subyektiv illuziyalar odamning ayni chog‘dagi hissiy holati bilan bog’liq bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida ro‘y beradigan o‘zgarishlar idrok jarayoniga ta’sir qiladi. Masalan, yuqorida aytib o‘tilganidek, odam kechasi yolg‘iz ko‘chada qo‘rqib ketayotgan bo’lsa, har bir sharpa uning qo'rqinch hissini kuchaytirib yuboradi. Natijada uning ro‘parasidan chiqib qolgan butalgan daraxt qandaydir dahshatli mavjudotga o‘xshab ko‘rinadi. Hayotda keng tarqalgan har xil ins-u jins, devlar, ajinalar va shu kabi nojins narsalar haqidagi ko‘plab gaplar kuchli qo‘rqinch hissi ta’sirida noto‘g‘ri idrok qilish, ya’ni subyektiv illuziya tufayli vujudga kelgandir.Ba’zan odam qattiq qo‘rqqan paytida bosh miya katta yarim sharlarining po‘stidagi muhim markazlardan birortasi uzoq muddatli tormozlanish holatiga tushib qolishi mumkin.Buni akademik1.Pavlov hayotni muhofaza qiluvchi tormoz-lanish deb atagan edi.Ana shunday paytda tormozlanib qolgan markaz bilan bog‘liq bo’lgan organizmning biror qismida keskin o‘zgarish paydo bo’ladi. Chunonchi, odamning og‘zi yoki ko‘zi qiyshayib qolishi mumkin yoki qo‘li, oyog‘i falaj bo’lib qolishi mumkin. Subyektiv illuziya hodisasi, ya’ni qattiq qo‘rqinch hissi ta’sirida noto‘g‘ri idrok qilish hodisasi bolalarda ham uchrashi mumkin. Shuning uchun ana shu yuqoridagi mulohazalarni,ya’ni yanglish idrok natijasida paydo boladigan qo‘rqinchli obrazlami nazarda tutib, hech vaqt bolalarni qo‘rqitish kerak emas. Psixologiyada ko‘rish illuziyalarining o‘rganilishi o‘zining tadqiqot tarixiga ega.Masalan, agarda biz ko‘rsatkich va o‘rta barmqlarimizni chalishtirib, no‘xat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barm og‘imizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no‘xot bordek his qilamiz.Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo’lib sezilishi Aristotel (Arastu) illuziyasi deb ataladi. Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida ro'y beradigan o‘zgarishlar bilan yuzaga keladigan tasodifiy illuziyalar ham mavjuddir. Sahroda chanqagan inson uzoqda yarqirab turgan sho‘rxok yemiко‘l deb idrok qilishi (lekin bu illuziyani sahrodan farq qila olishi joiz) yoki o‘rmondagi to‘nka qo‘rqoq insonning ko‘ziga bironta yirtqich hayvonga o‘xshab ko‘rinishi, xuddi shu illuziyalar jumlasidandir. O‘q chiziqlari illuziyasi uzunligi baravar bo‘lgan ikki chiziqning chetlariga ikki xil (kesishmaydigan va kesishadigan) chiziqlar chizilsa, illuziya paydo bo‘ladi. Ya’ni, kesishadigan chiziqlar chiziqqa nisbatan kesishmaydigan chiziqlar chizilgan chizig‘idan uzunroq bo‘lib ko‘rinadi. Bu illuziya kesishadigan va kesishmaydigan chiziqlar tamoyillariga asoslangan. Parallel qilib chizilgan bir necha chiziqlar parallel emas, balki har xil tomonga kesilgan chiziqlardek tuyuladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling