Reja: Sezgi psixik jarayon sifatida. Sezgining psixofiziologik asoslari


Download 0.61 Mb.
bet3/10
Sana19.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1362219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sezgi, Idrok

Sezgining psixofiziologik asoslari. Sezgi tirik organizmlarning biologik yashash shartlaridan sanalgan ichki mexanizmdir, ya’ni u tirik organizmda tashqi va ichki dunyo o‘rtasida aloqa bog‘lovchi psixologik-biologik asosdir. U orqali markaziy nerv sistemasi qo‘zg‘atuvchilarga javob beradi (Sh.Shexter). Sezgilar hosil bo‘lishi uchun quyidagi shartlar bo'lishi kerak: Birinchidan, sezgi a’zolarimizdan biron-tasiga ta’sir etadigan narsa yoki hodisa bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, sezuvchi apparat soz bo‘lishi kerak.


Sezgi turlari. 1.Eshitish 2.Korish 3.Ta’m bilish 4.Hid bilish 5.Teri sezgisi.

Bu apparat quyidagi qismlardan iborat:


1.Sezuvchi organ (retseptor).
2.O‘tkazuvchi yo‘l (afferent nerv).
3. Bosh miya po‘stlog‘idagi markazi.
4.Miyadan javob impulslarini uzatuvchi yo‘l (efferent nerv).
Bitta sezgi apparatini tashkil qiladigan qismlarni I.P.Pavlov umumlashtirgan nom ostida analizator deb atagan. Sezgi mohiyatiga ko‘ra obyektiv olamning subyektiv siymosidir.Lekin sezgilarning hosil bo‘lishi uchun organizm moddiy qo‘zg‘atuchining tegishli ta’sirga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o‘zi ham qandaydir ish bajarishi darkor.Sezgilar muayyan davr mobaynida retseptorga ta’sir o‘tkazayotgan qo‘zg‘atuvchining o‘ziga xos quvvatini nerv jarayonlari quvvatiga aylanishi natijasida hosil bo'ladi.Sezgilarning hosil bo‘lishiga kuchli ta’sir qiladigan jarayonlaming ishtirokini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab va ko‘p qirrali tadqiqotlar olib borilgan.Sezgi a’zolari faqat moslashuvchanlik, ijro qilish funksiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki axborot olish jarayonlariga bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan mustahkam bog‘langandir.Analizator uch qismdan tarkib topadi:1)tashqi quwatni nerv jarayoniga aylantiradigan maxsus transformator hisoblangan periferik bo‘lim (retseptor).
2)analizatoming periferik bo‘limini markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarini ochadigan afferent nerv (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar.
3) Analizatoming periferik bo'limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning o‘zi bilan tugaydigan) bo‘limlari.Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li manbayi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan, ta’simi miyaga olib boruvchi afferent nerv yo‘llari va efferent nervlardan tarkib topgandir. Reflektor yo‘li elementlarining o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak-atrofdagi olamda to‘g‘ri mo‘ljal olishining, organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatning negizini ta’minlaydi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling