Reja: «Sezgi» va «idrok» tushunchlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqligi


Download 16.29 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi16.29 Kb.
#1542525
1   2   3   4   5
Bog'liq
falsafa mustaqil ish

Psixofiziologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, idrok tahliliy ishlarni olib borishni talab etuvchi juda murakkab jarayondir. Idrok qilish jarayoniga muntazam ravishda harakatli tarkibiy qismlar ( aniq jismlarni idrok qilishda jismlarni ushlab ko‘rish va ko‘zlar harakati; nutqni idrok qilishda mos kelgan tovushlarni kuylash va talaffuz qilish) kiritilgan bo‘ladi. SHuning uchun idrokni sub’ektning perseptiv (idrok qilinuvchi) faoliyati sifatida belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu faoliyatning natijasi bo‘lib, real hayotimizda to‘qnashishimiz mumkin bo‘lgan jism haqidagi yaxlit tasavvur etish hisoblanadi. Zamonaviy G‘arb estetikasida ta’kidlanadiki: “Estetika bu insonlar uchun suv va havodek zarur bo‘lgan bizni fikrlashga undaydigan mahorat, did, saviya va fahmimizni oshiradigan fandir. Agar insonda estetik salohiyat did farosat bo‘lmasa u dunyo go‘zalliklarini ko‘ra olmaydi.

Estetika nima o’zi?


ESTETIKA (yunoncha aisthetikos - hissiy idrok, sezgi) – 1) voqyelikni hissiy ta'sirchan, emotsional o‘zlashtirish; 2) estetik faoliyat qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan, nafosatshunoslik. Estetikaga oid dastlabki ta'limotlar miloddan avvalgi 2-3 ming yil muqaddam Qadimgi Misr, Hindiston, Xitoyda vujudga kelib, Qadimgi Yunonistonda Aflotun, Arastu, rimlik Lukretsiy, Goratsiy singari mutafakkirlarning asarlarida har tomonlama rivojlandi. O‘rta asrlarda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda ham o‘ziga xos estetik g‘oyalar vu-judga keldi. Nizomiy, Sa'diy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy, Behzod kabi san'atkorlar ijodida go‘zallik va ezgulikning uyg‘unligini tarannum etuvchi estetik tasavvurlar tarkib topdi. Shuningdek, tasavvufona qarashlar keng yoyildi. O‘rta asrlar Yevropasida "ilohiy go‘zallik" (Avreliy Avgustin, Foma Akvinskiy) haqidagi tasavvurlar keng yoyildi. Uyg‘onish davri arboblari (Leonardo da Vinchi, L.Alberti, M.Monten, V.Shekspir, M.Servantes) tabiat bilan jamiyat mohiyatan go‘zaldir, san'atkor esa, tabiat va insonning go‘zalligini kuylashi kerak, degan estetik tamoyilni qo‘llab-quvvatladilar. Nemis mutafakkirlaridan Lessing, Gerder, shuningdek, Gyote, Shiller san'atda haqqoniylik g‘oyasini ilgari surdilar; Kant, Fixte, Shelling, Gegel kabi donishmandlar estetik tafakkur taraqqiyotiga samarali hissa qo‘shdilar.

Download 16.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling