Reja: «Sezgi» va «idrok» tushunchlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqligi


Download 16.29 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi16.29 Kb.
#1542525
1   2   3   4   5
Bog'liq
falsafa mustaqil ish

Chunonchi, Gegel estetika predmeti nafis san'atdagi go‘zallikdan iboratdir, degan g‘oyani ilgari surdi. XVIII asr o‘rtalarida nemis ma'rifatparvari Aleksandr Gotlib Baumgarten (1714-1762) "Poetik asarga doir ba'zi masalalar xususida falsafiy mulohazalar" (1735) asarida estetikani alohida fan deb hisobladi va uning san'atda yorqin namoyon bo‘lishini ko’rsatdi. ESTETIK ONG - olamni estetik anglash, dunyoga inson munosabatining sub’yektiv tomoni. U ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida axloqiy ong, siyosiy ong, huquqiy ong, diniy ong, falsafiy ong kabi ijtimoiy hodisalar bilan bir qatorda turadi. Estetik ong ma'naviy-ruhiy voqyea-hodisalar majmui bo‘lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan estetik his, estetik did, fikr, orzu-qarash nazariy tizimini anglatadi. Estetik ong axloqiy ong bilan barobar tarzda, ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan oldinroq vujudga kelgan. Dastlabki paytlarda estetik his-tuig‘u, kechinmalar olamlarning bevosita moddiy va ma'naviy faoliyatiga chirmashib ketgan bo‘lib, tabiatni ijtimoiy taraqqiyyotning bu pallasida estetik his-tuyg‘u, kechinma va mulohazalar vujudga kelishi hamda rivojlanishi moddiy asoslar bilan chambarchas bog‘lanib ketganida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tarixiy rivojlanish estetik his-tuyg‘ular shakllanishi, ularning amal qilish sur'atlariga estetik qarashlar va g‘oyalar mazmuniga kuchli ta'sir o‘tkazib borgan. Shuningdek, estetik ong rivojiga san'at ta'sir kuchining tobora ortib borishini ham ta'kidlash kerak. Estetik ong ijtimoiy ongning maxsus shakli sifatida estetik faoliyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, estetik faoliyat jarayonida shakllanadi va qaror topadi. Estetik ong badiiy ong bilan ham chambarchas bog‘liq. Ular bir-biriga yaqin tushunchalar bo‘lsa-da, aynan bir ma'noni anglatmaydi.

Estetik idrok - Idrok mazmunan kengqamrovli tushuncha bo`lib, mavjud barcha sohalarga dahldor sanaladi. U narsalarning o`ziga xos xususiyatlarini tafakkur orqali talqin etishda hamda turli xil munosabatlarni o`rganishda insonga ko`mak beradi. Shuningdek, idrok jarayonining to`g’ri shakllanishi aqliy taraqqiyotning asosiy omili hamdir. Bir so`z bilan aytganda, idrok narsa-hodisalarning yaxlit qiyofasini aks ettiradi, voqelikni inson sezgi a’zolarining ta’siri orqali belgilovchilik va boshqaruvchilik imkoniyatlarini namoyon qiladi. Badiiy ijodni idrok etish etish moddiy narsalarni idrok etishdan farqlanadi. Holbuki, moddiy predmet aksariyat hollarda o`zgarmas va ayni paytda kishida doimo bir xil taassurot qoldiradi. Badiiy asarni idrok etish natijasida inson voqelikka teran ko`z bilan nazar tashlashga, mavjud muammolarni nozik tuyg’ular yordamida hal etishga harakat qiladi. Shuningdek, badiiy idrok favqulodda o`zgaruvchan xususiyatga ega bo`lib, u hech qachon bir joyda to`xtab qolmaydi. Bunday holatni badiiy asarni qayta o`qish jarayonida kuzatish mumkin. Masalan, Tohir Malikning “ Shaytanat” asarini oladigan bo`lsak, undagi Asadbek obrazi kishilar tasavvurida ham ijobiy, ham salbiy qahramon sifatida gavdalanadi. Shunga ko`ra, ayrim toifa o`quvchilar Asadbekning qilmishlarini qoralasalar, boshqa bir kitobxonlar uning “marhamatini” yaxshililikka yo`yadilar.Eng ajablanarlisi shundaki, u qahramonlarni salbiy yoki ijobiylikka ajratishga hech kim to`sqinlik qilmaydi, aksincha, kitobxon ularni badiiy idrok qobiliyatlariga ko`ra farqlaydi. .


Download 16.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling