Reja shaharlar va boshqa aholi punktlariga transport xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari


SHaharlarning majmuaviy transport sxemalarini loyihalash


Download 33.01 Kb.
bet3/5
Sana07.11.2023
Hajmi33.01 Kb.
#1753157
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja shaharlar va boshqa aholi punktlariga transport xizmatlari -fayllar.org

3. SHaharlarning majmuaviy transport sxemalarini loyihalash
Majmuaviy transport sxemasi (tarmog‘i) — bu marshrutlashtirilgan shahar yo‘lovchi transportining ular bo‘ylab ommaviy jamoat transportining harakati tashkil qilingan liniyalaridir.
Tarmoqning konfiguratsiyasi shaharning planirovkasi, ko‘cha tarmog‘ining tuzilishi, asosiy yo‘lovchi oqimlarining tavsiflariga bog‘liq bo‘ladi. Transport tarmog‘ida har xil transport turlarining qo‘llanilishi tashishlarning ekologikligi, xavfsizligi, shinamligi va muntazamligi, tashish imkoniyatlari, shuningdek bog‘lanishga ketadigan vaqtning minimal bo‘lishi bilan belgilanadi. Transport tarmog‘ini loyihalash shaharning planirovkasi bilan chambarchas bog‘lanadi. Transport tarmog‘i mehnat qilish joylari va transport inshootlarini joylashtirishga, transport tugunlarining ish rejimlariga, shuningdek shaharni rejalashtirish va qurishning boshqa omillariga ta’sir ko‘rsatadi. SHaharning o‘zaro transport bog‘lanishlariga muhtoj bo‘ladigan asosiy zonalari (tortadigan joylar) – bu odamlar yashaydigan kvartallar, shahar markazi, ommaviy sport va dam olish inshootlari, magistral transport turlarining asosiy yuk va yo‘lovchi stansiyalari, o‘quv muassasalari, savdo korxonalari va hokazolardir.
Transport tarmog‘i, qoidaga ko‘ra, shahar va shahar atrofidagi zonalarni rivojlantirish bosh rejasini, tarkib topgan transport tarmog‘ining konfiguratsiyasini, transport tarmog‘ining shaharning kelajagiga faol ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish bilan loyihalanadi. Quyidagilar loyihalash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lib hisoblanadi: tortadigan joylarning (sanoat korxonalari va madaniy-maishiy korxonalar) va aholining joylashishining tavsiflari, yuk va yo‘lovchi korrespondensiyalarining matritsasi, shaharda mavjud bo‘lgan transport turlarining tavsifi va tarkibi, yo‘l harakati va piyodalar harakatining tashkil qilinish sxemasi, aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha tahlil natijalari va takliflar, shahar ichidagi tezkor transport trassalari va shahar atrofidagi zonalar bilan transport bog‘lanishlarini muqobil variantla bilan texnik-iqtisodiy taqqoslash bilan asoslash natijalari.
SHahar bog‘lanish yo‘llari tarmog‘ining tuzilishi ko‘p jihatdan yashash va sanoat zonalarining o‘zaro joylashuviga bog‘liq bo‘ladi, chunki qatnashlarning asosiy qismini aholining ishga qatnashi tashkil qiladi. SHundan kelib chiqqan holda, ma’lum bir joylashish planirovkasi va sxemasiga ega bo‘lgan shaharga berilgan konkret shart-sharoitlar uchun optimal ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan ma’lum bir transport tizimi mos keladi.
Transport tarmog‘ini loyihalash quyidagi izchillikda olib boriladi: asosiy yo‘lovchi va yuk hosil qiladigan punktlar o‘rtasida eng qisqa bog‘lanishlarni ta’minlaydigan magistrallarning prinsipial sxemasini oldindan qurish; magistral yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchi va yuk oqimlarining kartogrammalarini hisoblash va qurish; magistrallarning prinsipial sxemasini mahalliy shart-sharoitlar va hisoblangan yuklamalarga muvofiq korrektirovka qilish; yo‘lovchi oqimlarining quvvatlariga muvofiq zaruriy texnik transport inshootlari va harakatlanuvchi tarkib parkining tarkibini aniqlash.
Transport tarmog‘i transportning asosiy vazifasi - piyoda yurish, kutish, borish va almashib o‘tirish vaqtini o‘z ichiga oladigan ko‘chishga ketadigan to‘liq vaqt sarfini qisqartirish vazifasini hal qilishga ko‘maklashishi lozim. SHu sababli transportga erishiluvchanlik – yo‘lovchilarni tashishlar uchun juda muhim ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. bu yo‘lovchining ma’lum bir tortadigan punktga borishga ketadign o‘rtacha vaqt sarfiga teskari kattalikdir. Transport erishiluvchanligiga nisbatan qo‘yiladigan talablar quyidagilardir. O‘ta yirik va yirik shaharlarda 80% gacha ishga bog‘liq ko‘chishlar 1 soat davomida, katta va o‘rtacha shaharlarda — 40 minut (ko‘pi bilan) davomida amalga oshishi lozim; dam olish zonalariga borishda bu vaqt yirik shaharlar uchun 120 minutdan, katta va o‘rtacha shaharlar uchun 90 minutdan oshmasligi lozim.
Majmuaviy transport sxemalarini loyihalashda ishonchli ma’lumotlarni olish uchun magistrallarning yuklanish intensivligini va yo‘l harakatini qayta tashkil qilish, xususan, ommaviy yo‘lovchi transportining tezliklarini oshirish maqsadida yo‘lovchi oqimlari va avtomobil harakaktini davriy ravishda to‘liq va qisman tadqiq qilish o‘tkaziladi.
Transport tarmog‘iga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi: ishga qatnashlar va barcha yashash rayonlarining asosiy tortadigan rayonlar bilan bog‘lanishining me’yoriy vaqtini ta’minlash; tig‘iz paytlarda tashish qobiliyatining hisoblangan yo‘lovchi oqimiga mos kelishi; transportning to‘xtashlarini taxminan 500 m qilib, tezkor transport turlari bo‘lganda esa — bekatlar o‘rtasidagi masofani oshirish bilan (1—2 km) loyihalash; kesishmalarni murakkab tugundan chekkaga olib chiqish.
Transport xizmatlari ko‘rsatishning sifati va darajasi ko‘p jihatdan marshrut tizimi bilan, ya’ni barcha transport turlari marshrutlarining jamlanmasi bilan belgilanadi. Marshrut tarmog‘ini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar bog‘lanish yo‘llari tarmog‘ining zichligi, bog‘lanishning to‘g‘ri chiziqliligi, tugunning murakkablik darajasi, shoxchalanganlik darajasi va hokazolar hisoblanadi.
Bog‘lanish yo‘llari tarmog‘ining zichligi (yo‘llarning umumiy uzunligining shaharning maydoniga nisbati) transport bekatlariga piyoda kelish masofalarini qisqartirish uchun etarli bo‘lishi, biroq zaruriy bog‘lanish tezliklarini ta’minlash uchun juda katta bo‘lmasligi lozim. Tarmoqning 2,0—3,5 km/km2 zichligi optimal deb hisoblanadi.
SHahar uchun va umuman olganda bog‘lanishlarning to‘g‘ri chiziqlilik koeffitsienti 1,2 dan, markaz bilan bog‘lanishlar uchun esa — 1,15 dan oshiq bo‘lmasligi lozim (ushbu koeffitsientning eng chekka qiymati 1,8). To‘g‘ri chiziqlilik koeffitsientining katta bo‘lishi qatnash uzoqligining va shunga mos ravishda ko‘chish vaqtining sun’iy ravishda ortishiga olib keladi.
Transport tugunlari ikkita yoki undan oshiq magistral ko‘chalarning kesishimalari va tutashmalarida hosil bo‘ladi va transport oqimlarini yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlash uchun xizmat qiladi. Turlicha darajadagi echimlarni qurish, qatnov qismini kengaytirish va hokazolar vositasida murakkab tugunlardan qochish maqsalga muvofiq bo‘ladi.
SHoxchalanganlik darajasi avvalambor avtobus harakati uchun xarakterli bo‘ladi. Relsli (kontaktli) transport turlarining oshiqcha shoxchalanishi tugunlarda (kesishmalarda) tezlik va o‘tkazish qobiliyatini pasaytiradi. Yo‘lovchilarga qulay bo‘lishi uchun yo‘lovchi oqimining 60% transportdan transportga almashib o‘tirmasdan tashilishi lozim.
Ko‘rib chiqilgan shahar majmuaviy transport tarmog‘idan tashqari yana ikkita — shahar atrofi-shahar va shahar atrofi tarmoqlari mavjud. Birinchisi shahar transporti marshrutlaridan shahar bilan shahar atrofidagi aholi punktlari o‘rtasida foydalanishni ko‘zda tutadi, ikkinchisi esa shahar atrofi-shahar tizimiga qo‘shimcha qilib loyihalanadi. Har xil transport turlarining majmuaviy transport tarmog‘ini rivojlantirish yagona muvofiqlashtiruvchi boshqarish markazini (yagona dispetcherlik tizimini) yaratishni ko‘zda tutadi.

Download 33.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling