Reja shaharlar va boshqa aholi punktlariga transport xizmatlari ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari
SHahar va shahar atrofi transportining har xil turlaridan ratsional foydalanish sohalari
Download 33.01 Kb.
|
Reja shaharlar va boshqa aholi punktlariga transport xizmatlari -fayllar.org
2. SHahar va shahar atrofi transportining har xil turlaridan ratsional foydalanish sohalari
Elektrlashtirilgan temir yo‘llardan shahar atrofidagi yo‘lovchilar va ularning shahar bilan korrespondensiyalarini tashishni amalga oshiradigan asosiy transport turi sifatida foydalaniladi. Mamlakat va xorijdagi yirik shaharlarda temir yo‘l liniyalarining boshlang‘ich uchastkalaridan shahar transporti sifatida keng foydalaniladi. Elektropoezdlar yo‘lovchilarni shahar atrofida tashishlarning katta hajmini bajaradi. Transportning bu turi nisbatan past tannarxi, katta o‘tkazish qobiliyati va yuqori bog‘lanish tezliklari bilan ajralib turadi. Metropoliten odatda ko‘chada bo‘lmagan transport bo‘lib hisoblanadi, u tezkor, xavfsiz va shinam bog‘lanishni ta’minlaydi (Moskva va Tokioda barcha yo‘llarning 80— 90% i, London, Parij va Nyu-Yorkda — 50—60% i er ostida joylashgan). Ba’zi bir liniyalarda poezdlarni avtomatik boshqarish va tezlikni tartibga solish mumkin. Xorijda (Angliya, SHveysariya, AQSH va boshqa mamlakatlarda) yuk metropoliteni faoliyat ko‘rsatadi (Londonda 10,5 km li metropoliten liniyasi ikkita pochtamtni yirik aloqa korxonalari bilan bog‘laydi, 100 km uzunlikdagi CHikago yuk metropoliteni uchta ko‘mir yuklaydigan stansiya va 96 ta vertikal ko‘targichlarni o‘z ichiga oladi, u omborlar, tovar bazalari, temir yo‘l stansiyalari bilan bog‘langan). Moskva, Berlin, Varshava, Sofiya, Syurix va boshqa shaharlarda yuklar va pochta uchun er osti tonnellarining mahalliy tizimlari mavjud, bu er usti transportiga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli darajada qisqartiradi. Ba’zi bir mamlakatlarda uzoqdagi rayonlar bilan, masalan Parijda RER, San-Fransiskoda BART rayoni bilan tezkor bog‘lanish uchun (ba’zan ulardagi yuklamani kamaytirish uchun amaldagi liniyalarga parallel qilib) tezkor metropoliten qurilgan. Sanoat zonasi asosiy hududdan uzoq bo‘lganda va etarlicha qudratli va barqaror oqimlar mavjud bo‘lganda tezkor tramvaydan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi, shaharning markaziy qismlarida uning marshrutlari er ostidan o‘tishi mumkin (masalan, Venada). Tezkor tramvaydan yo‘lovchi oqimlari pasaygan soatlarda metropolitenga muqobillik sifatida ham foydalanish mumkin (xuddi o‘sha yo‘llarning o‘zida). Trolleybus aholisining soni 300 mingdan oshiq bo‘lgan va 6—9 ming yo‘lovchi/soat yo‘lovchi oqimiga ega bo‘lgan shaharlarda qo‘llaniladi. Kattaroq tashuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan transport turlari bo‘lmaganda u asosiy, qolgan hollarda — etkazib beruvchi bo‘lishi mumkin. Trolleybus tramvay va avtobusning yutuqlarini birlashtiradi. Kurort zonalarda trolleybus harakati ekologik toza transport sifatida maqsadga muvofiq bo‘ladi. Trolleybus shuningdek tashqi liniyalarda ham ishlashi mumkin, masalan, Avtobus aholisining soni 250 ming kishigacha bo‘lgan shaharlar uchun asosiy, ba’zi bir shaharlarda esa birdn-bir transport turi bo‘lib hisoblanadi. Avtobus shahar bilan qishloq o‘rtasidagi asosiy bog‘lanish vositasi bo‘lib hisoblanadi. uning ulushiga shahar atrofi zonalarida yo‘lovchi oqimlarini o‘zlashtirish bo‘yicha ishlarning asosiy hajmi to‘g‘ri keladi. Avtobus er usti transportining eng oddiy, keng tarqalgan va manevrchan turi bo‘lib hisoblanadi. o‘zining manevrchanligi va marshrutni almashtirish bilan shoshilinch tashishlarni tashkil qilish imkoniyati tufayli avtobusdan relsli elektr transport buzilgan (ishdan chiqqan) hollarda foydalaniladi. SHu sababli dunyoning ko‘pgina shaharlari shahar transportining ikkita turi — metropoliten va avtobusni ekspluatatsiya qiladi. Maxsus ajratilgan polosada (Vashington, Bryussel, Parij va boshqalar) yoki tonnelda (Boston) tezkor avtobus bog‘lanishlari qo‘llaniladi. Ekspress tashishlar texnologiyasi tufayli tezliklar 50—60 km/soatgacha oshadi. (Los-Anjelesda 20 kilometrli trassada avtobus bog‘lanishining tezligi 80 km/soatni tashkil qiladi). Xorijda avtobuslarni “yashil to‘lqinda o‘tkazish” tizimi qo‘llaniladi. YUqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlar avtobus bog‘lanishlarining o‘tkazish qobiliyatini 25 ming yo‘lovchi/soatgacha oshirish imkonini beradi, shu tariqa uning qo‘llanilish soxasini kengaytiradi. Marshrutli taksi, avtobusli bog‘lanishning bir turi bo‘lib hisoblanish bilan, shahar transportining stansiyalarini shaharning mikrorayonlari, madaniy-maishiy korxonalari (stadionlar, yirik supermarketlar, bozorlar va boshqalar) bilan bog‘lash uchun mahalliy hududlarning belgilangan marshrutlarida ishlaydi. Monorelsli transport yirik yashash massivlarini ulardan uzoqda joylashgan sanoat zonalari bilan, aholi punktlarini mehnat qilish joylari bilan bog‘lash uchun, shuningdek shahar transportining oxirgi stansiyalarini shahar atrofi, aeroportlar, dam olish zonalari, yo‘ldosh shaharchalar biln tutashtiradigan tashqi liniyalarni tashkil qilishda maqsadga muvofiq bo‘ladi. SHaharning qurilgan qismlarida ularga balka-monorels minadigan ulkan tayanchlar, katta burilish radiuslari, vibratsiya va shovqin ta’siri tufayli uni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi (ba’zan buning iloji bo‘lmaydi). Ko‘pgina mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, kelgusida monoredsni sof holda qo‘llashning maqsadga muvofiq bo‘lishi dargumon. Biroq hozirgi kunda uning g‘oyasidan yangi shahar transport tizimlarida keng foydalanilmoqda. Osma-kanatli transport— transportning eng qadimiy turlaridan biri (XIV asrdan boshlab paydo bo‘lgan). Evropada birinchi kanatli yo‘l 1866 yilda qurilgan. Funikulerlar (relsli transport turi) va osma-kanatli yo‘llar tog‘ va adirliklarda joylashgan shaharlarda dam olish zonalari, yashash rayonlari, sport majmualari bilan bog‘lanish uchun qo‘llaniladi. Ularning tashish qobiliyati unchalik katta emas, shu sababli ular mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yordamchi transport bo‘lib hisoblanadi. Suv transporti mavsumiyligi sababli shaharda yo‘lovchilarni tashishda unchalik katta rol o‘ynamaydi va undan shaharni dam olish zonalari bilan (shahardagi yoki shahar tashqarisidagi) bog‘lash uchun foydalaniladi. Havo transporti (vertolet) o‘ta cheklangan ahamiyatga ega. U rayonlarni aeroportlar, mehnat qilish joylari bilan (masalan, vaxta uslubida ishlashda neft konlari bilan) bog‘lash uchun qo‘llaniladi. SHahar sharoitlarida shovqin kamaytirilsa va parvozlarning xavfsizligi oshirilsa, kelajakda vertoletli bog‘lanishlarning roli tezkor transport sifatida ortishi mumkin. Velosiped sharq mamlakatlarida yo‘lovchi va yuklarning kichik partiyalari uchun yuk transporti (taksi-rikshalar) sifatida keng tarqalgan. Evropada ham individual transport sifatida qo‘llaniladi (shahar va shahar atrofida). Masalan, Germaniyada 100 ta aholi jon boshiga 650 ta, AQSH da — 430 ta, SHveysariyada — 350, SHarqiy Evropa mamlakatlarida — 150— 200 ta velosiped to‘g‘ri keladi. Taksomotor transportning faoliyat soxasi yuqori bog‘lanish tezliklari, shinamlik, yo‘lovchilarni “eshikdan-eshikkacha” etkazib qo‘yish bilan belgilanadi. U shoshilinch qatnashlar, bagajli yo‘lovchilarni tashish uchun, favqulotda holatlarda, jamoat transportining tanaffus soatlarida qo‘llaniladi. Taksida o‘rtacha yurish uzoqligi shaharda 3—8 km, shahar tashqarisida — 15—20 km ni tashkil qiladi. Avtomobil-taksi uchun ekspluatatsiya qilishning yuqori intensivligi xarakterli bo‘ladi (300-400 km yo‘l bosish bilan sutkasiga 13-14 soat). Keyingi yillarda O‘zbekistonda litsenziyalar bo‘yicha ishlayotgan xususiy taksilar soni ko‘paymoqda. Download 33.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling