Reja: Sharqda ilm­-fan va til, nutq masalalari talqini


Download 87 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi87 Kb.
#1020094
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu

MUSTAQIL ISH


Mavzu : Sharq mutafakkirlarining til haqidagi qarashlari
Reja:
1.Sharqda ilm­-fan va til, nutq masalalari talqini
2.Yusuf Xos Hojibning
3.Mahmud Koshg’ariy va tilshonoslik
4. Alisher Navoiyning til va nutq haqidagi qarashlari

Mahmud Koshgʻariy Markaziy Osiyoda ilk oʻrta asr madaniyatining buyuk arboblaridan boʻlib, tilshunoslik sohasida, xususan turkiy tillarni oʻrganish sohasida mashhur boʻldi va tarihda oʻchmas iz qoddirdi.


Mahmudning otasini ismi Husayn, bobosi Muhammad boʻlib, kelib chiqishiga va tiliga koʻra Koshgʻariy nisbatini olgan. U XI asrda tugʻilib, yashab ijod etdi. Bu davrda Movarounnahrda Somoniylar oʻrnini Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada keng urf boʻla boshlagan edi. Hatto Abbosiylar xalifaligi markazlarida, azaldan arab va boshqa somoniy xalqlar yashab kelgan oʻlkalarda turkiy elatlar namoyondalari koʻpayib, turkiy tilga eʼtibor oshgan edi. Mahmud Koshgʻariy ham oʻzining uzoq yillar davomida bunyod etgan “Devonu lugʻatit turk” kitobini hijriy 469 (1074/75) yilda tugallab, abbosiy xalifalar avlodidan boʻlgan baland mavqeli Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bagʻishlagan. Asarning asosiy matni oʻsha davrda keng mintaqa musulmon Sharqida, butun Yaqin va Oʻrta Sharqda din, fan tiliga aylangan arab tilida yozilgan boʻlib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang-barangligini tushuntirish uchun yozilgan, deb taxmin qilish mumkin.
Mahmud Koshgʻariy Balasogʻunda tugʻilib, shu yerda yigitlik chogʻlarini kechirgan boʻlsa ham, uzoq yillar “Yuqori Chindan boshlab butun Movarounnahr, Xorazm, Fargʻona, Buxoro, hozirgi Shimoliy Afgʻonistonga qadar choʻzilgan” turkiy oʻlkalarni, turkmanlar, oʻgʻuzlar, chigillar, yagʻmolar, qirgʻizlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini kezib chiqdi, turli sheva va lahja xususiyatlarini oʻrgandi, ularni adabiiy til bilan chogʻishtirdi, oʻz ishi uchun nihoyatda boy material toʻpladi. Lugʻat tuzishda arab tilshunoslari yaratgan aʼanadan unumli foydalangan holda, ishga ijodiy yondashdi, turkiy til qonuniyatlarini birinchi navbatda inobatga olib kitobiga tartib berdi.
Koshgʻariy asari, oʻzi taʼkidlashicha, “oldin hech kim tuzmagan va hech kimga maʼlum boʻlmagan alohida bir tartibda” tuzilgan. Unda koʻp shevashunoslikka oid qiyosiy qoidalar, grammatik, morfologik, leksik, semantik alomatlar koʻrsatilgan. Asar foydalanuvchilarga osonlik tugʻdirish uchun sodda va loʻnda yozilgan. Unda qadim turk alifbosi, fonetik qonuniyatlar, orfoepik va orfografik qoidalar puxta tushuntirib berilgan. Lugʻatda turkiy soʻz tuzilishi anʼanalari, jumladan soʻz tartibi, feʼl shakllari, soʻz etimologiyasiga oid fikrlar bayon etilgan. Muallif koʻrsatishicha, kitob 8 boʻlimdan, muqaddima va xulosadan iborat. Har bir boʻlimda ot-ism soʻzlar, feʼllar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. “Devon” da 7500 dan oshiq turkiy soʻz va iboralar izohlangan. “De-vonu lugʻatit turk” ham adabiy til, ham asosiy turkiy shevalarni qamrab olgan boʻlib, undagi adabiy til, sheva unsurlari nisbati oʻrtacha adabiy tildagi 10–12 soʻzga, shevaga oid bir soʻzga toʻgʻri ke-ladi, yaʼni umumturkiy adabiy tilga ayricha ahamiyat ajratilgan. Bu holat oʻsha davr islom mintaqasida turkiy adabiy til qancha keng tarqalgani va mustahkam mavqega ega boʻlganini tasdiqlovchi qatiy dalildir. Lugʻatda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, oʻlka nomlari, daryo, togʻ, yaylov, vodiy, dara, yoʻl, dovon, koʻl, soy kabi joʻgʻrofiy atamalar, turli qabila, urugʻ, elat, sayyora, yudduzlar, fasllar tilga olinadi. Unda izohlangan grammatik koʻrsatkichlar morfemalar hisobi ham mingga yaqin.
Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli soʻzlar, 700 satrdan oshiq sheʼriy parchalar ushbu asar sahifalaridan oʻrin olgan. Sheʼriy parchalarning qoʻp qismi turkiy xalqlar ogʻzaki ijodiga xos toʻrtliklardan iborat. Ammo “Devon”da keltirilgan sheʼriy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri sheʼriyatiga xos boʻlgan “bayt” tipidagi masnaviy, qasida, gʻazal, qitʼa parchalari boʻlib, ularni Koshgʻariy oʻzi ham koʻpincha “bayt” deb ataydi. Kitobda 7 ta epik dos-ton, ishqiy qoʻshiqlar, pandnomalar, koinot yaratilishiga oid asotir, sheʼrlar, tabiat manzaralari tasviri, madhiyalar, falsafiy mushohadalar uchraydi. Koshgʻariy devonida keltirilgan VIII – XI asrlarga oid turkiy sheʼriyat namunalarida u yoki bu darajada aruz vazniga oʻtish moyilligi seziladi. Aruzning rajaz, ramal, munsarih, hajaz, basit, qarib, mutaqarib vaznlari turkiy sheʼriyat na-munalarida ishlatilgan boʻlib, ayniqsa rajaz bahridan keng foydalanilgan (44 parcha). Bunday sheʼrlarni muallif oʻzi alohida urjuzalar deb nomlaydi. Ular turkiy xalq sheʼriyatida keng tarqalgan boʻlib, bu bahr ohangi turkiy sheʼriyat tabiatiga mos kelishidan boʻlsa kerak.
“Devon”dagi epik doston-qoʻshiqlar koʻproq jangnoma xarakterida boʻlib, baʼzi yirik parchalarga shartli ravishda “Tangutlar bilan jangnoma”, “Oʻygʻurlar bilan jangnoma”, Yabaku bilan jangnoma” deb nom qoʻyilgan.
O‘rta Osiyoda nutq madaniyati va notiqlik san’ati tarixini o‘rganishda Alisher Navoiyning ilmiy-badiiy merosi muhim o‘rin tutadi. Bu masalalar ona tiliga bo‘lgan buyuk muhabbati va ehtiromini o‘zining badiiy ijodi bilan amalda isbot qilgan va o‘zbek adabiy tiliga asos solgan mutafakkirning doimiy e’tiborida bo‘lganiga shubha yo‘q.
Alloma yashagan davrlarda hozir qo‘llanilib kelinayotgan nutq madaniyati, notiqlik san’ati, notiqlik, notiq, nutq tushunchalari nutq odobi, voizlik san’ati, voizlik, voiz, va’z tarzida iste’molda bo‘lgan va ular shoir asarlari matnida ham qo‘llanilgan. Shoirning «Badoyi’ ul-bidoya», «Navodir un-nihoya», «Xazoyin ul-maoniy», «Xamsa», «Lison ut-tayr» asarlari matnini ko‘zdan kechirishdan va’z so‘zining asosan pand, nasihat ma’nolarida, voiz esa pand-nasihat qiluvchi ma’nosida qo‘llanganini ko‘rish mumkin:
Yig‘layin forig‘ debon va’z ichra aylarmen maqom,
O‘z fig‘onidin sog‘inur voizi damsard ani
(«Badoyi’ ul bidoya»).
Navoiy o‘lsa kerak piri dayr bazmida xos,
Ne desa desun ani va’z ichindagi oma
(«Navodir un-nihoya»).
So‘rmog‘img‘a kelsa Majnun netti, ey ahli junun,

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling